Shaxs dinamikasi – kishining ontogenetik rivojlanishini o’z ichiga olgan
holda subyektning xususiyatlari va sifatining vaqtga nisbatan o’zgarish jarayoni.
Shaxsiy fazilat – shaxs tomonidan o’zining axloqiy-ruhiy va ishchanlik
qobiliyatining ijtimoiy ahamiyatini, jamiyatdagi o’rnini anglay olishi.
E’tiqod – shaxs amal qiladigan bilim, tamoyil va ideallarning haqqoniyligiga
qalban va asosli ishonch bilan bog’langan, uning atrof-muhitga hamda o’zining xatti-
harakatlariga bo’lgan subyektiv munosabati.
Evristika – ilmiy tadqiqotning mantiqiy usullari va metodik qoidalari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |