O’z-o’zini baholash – kishining o’z psixologik sifatlari, xulqi, yutuqlari va
muvaffaqiyatsizliklari, qadr-qimmati, kamchiliklarini baholay olishi.
O’z-o’zini tarbiyalash – 1) shaxsga xos bo’lgan madaniyatning shakllanishi
va rivojlanishiga qaratilgan izchil va ongli faoliyati; 2) shaxsning o’z jismoniy, ruhiy
va axloqiy sifatlarini tinmay amalga oshirish.
O’qitish - ta’lim oluvchining bilish faoliyatini boshqarishga qaratilgan
o’qituvchining faoliyati.
O’qitish – 1) ta’limning o’ziga xos usuli bo’lib, shaxsga nazariy va amaliy
bilimlar berish jarayonida uning rivojlanishi ta’minlanadi; 2) o’quvchi va o’qituvchi,
o’quvchining boshqa o’quvchilar bilan aloqasi natijasi o’laroq atrof-muhit, uning
qonuniyatlari, taraqqiyot tarixi va ularning o’rganilish usullarini bilishning muntazam
boshqarilish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |