50
shaklida ham ifodalash mumkin. O’qitish natijalarining bunday ro’yxatini tuzish,
o’qituvchiga o’quv jarayonini yuqori didaktik maqsadlarga yo’naltirgan
holda ongli
va uzviy ravishda tashkil etish imkoniyatini beradi. Buni anchagina murakkab
bo’lgan quyidagi maqsadni ifodalashda ko’rish mumkin.
«Talaba matnni o’qishda tanqidiy fikrlash malakasini qo’llaydi» shaklidagi
umumiy maqsadni quyidagi tarzda aniqlashtirish mumkin. Talaba: 1)
mavjud
ma’lumotlar va xulosalarni bir-biridan farqlaydi; 2) dalillar va taxminlarni bir-biridan
farqlaydi; 3) sabab-oqibat aloqalarni ajratib ko’rsatadi; 4)
mulohazalardagi
xatoliklarni aniqlaydi; 5) hodisa mohiyatiga bog’liq bo’lmagan ayrim muhim fikrlarni
ajratadi; 6) asoslangan va asoslanmay berilgan
baholar chegarasini aniqlaydi; 7) matn
bo’yicha asoslangan xulosa yozadi; 8) xulosalarning haqqoniyligini asoslaydigan
belgilarni ko’rsatadi.
O’quv maqsadlarini
aniqlashtirishga oid bu misol, uni aynan shunday
harakatlar tiliga aylantirishda har doim ham qo’llash mumkin, degan xulosani
bermaydi. Har bir o’qituvchi o’zining shaxsiy tajribasi
va fikrlash madaniyatidan
kelib chiqqan holda, sanab o’tilgan harakatni anglatuvchi belgilardan mosini tanlashi
mumkin.
Umumiy o’quv maqsadlarini ifodalovchi fe’llarning namunaviy ro’yxati:
tahlil qilish,
hisoblash, fikrni aytish, namoyish qilish, bilish,
interpretasiya qilish,
baholash, tushunish, o’zgartirish (bir shakldan ikkinchi shaklga), foydalanish,
yaratish va x.k.
3. Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini fe’llar yordamida ifodalanishi.
Aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarining bir necha turlari bo’yicha fe’llar ro’yxatini
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: