Microsoft Word Yangi texn doc
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash mezoni va usuli
Kutiladigan natija: 1) tarixiy va zamonaviy o’xshashligi va farq qiluvchi
tomonlarini ko’rsatish; 2) zamonaviy voqyealar oqibatini taxminini oldindan tushuntirish va oldindan aytib berishni ilgari surish: 3) bularni tarixiy voqyealardan foydalangan holda asoslash. Baholash mezoni va usuli: - 60 foiz javobni haqiqatga yoki o’qituvchi fikriga mos kelishi, qolgan (40 foiz) hollarda esa o’qituvchi fikriga binoan o’rtacha baholanadi. Maqsadlarni hamkorlikda, o’qituvchi, uslubchi va fan bo’yicha mutaxassisdan iborat ekspertlar guruxi yordamida ishlab chiqishga ham murojaat qilish mumkin. Lekin maqsadlarni bu usulda aniqlashda har bir maqsad ko’p tortishuvlar natijasida shakllanadi va bu anchagina vaqtni talab qiladi. Har bir ekspertning individual fikrlarini umumlashtirish ham anchagina kuch va vaqt sarfiga sabab bo’ladi. Bu o’rinda pedagog olimlar R. Meydjer (AQSH) va A. Romishovski (Buyuk Britaniya) g’oyalariga asoslangan maqsadlarga aniqlik kiritish tartibi foydali bo’lishi mumkin. Bu g’oya Amerika va Angliya uslubchi o’qituvchilarining ish tajribalarini ham aks ettiradi. 4. Identifikasiyalanuvchi maqsadlarni o’qituvchilar tomonidan ishlab chiqishi. Biz quyida ana shu sxemaning M.V.Klarin tomonidan bir oz takomillashtirilgan variantini tavsiya etamiz. Bunda R. Meydjer va A. Romishovskiylar foydalangan - o’lchanadigan hulq (kuzatiladigan harakat, hulq-atvor turi) iborasi o’rniga, unga nisbatan kengroq ma’noga ega bo’lgan «identifikasiyalanuvchi maqsad» iborasi ishlatilgan. Shunday qilib, o’quv jarayonini pedagogik texnologiya bo’yicha loyihalashda aniqlashtirilgan, iloji boricha identifikasiyalanuvchi o’quv maqsadlarni belgilash juda muhimdir. Bunda ularning har bir mavzu, bo’lim yoki umuman fan bo’yicha soni qancha bo’lishiga alohida e’tibor berish kerak. AQSH va Buyuk Britaniyada o’qituvchi va talaba uchun alohida o’quv maqsadlari belgilanadi. Bu juda muhimdir, chunki pedagogik jarayon ikki tomonlama xarakterga ega bo’lib, u o’qitish va o’qishdan iborat. Bu jarayon ishtirokchilarining har biri uchun alohida maqsadlar belgilanishi mantqan to’g’ri bo’ladi. Bunda maqsadlar o’qituvchi faoliyatiga (o’rgatish, tushuntirish, namoyish qilish, og’zaki bayon qilish), o’qitishdan ko’zlangan, talaba hatti-harakati orqali ifodalangan natijani esa topshiriq deb yuritiladi. Ya’ni bu holda, talaba darsdan oldin xabardor bo’lmagan va dars oxirida egallashi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar topshiriq deb ataladi. Bizda aynan shunga e’tibor berilmaydi, ya’ni dars jarayoni bir tomonlama (o’qituvchi o’zi uchun) rejalashtiriladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling