Microsoft Word Yangi texn doc


O’quv topshiriqlari tashhislanuvchi, o’quv jarayoni esa


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/162
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#262775
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
Bog'liq
yangi pedagogik texnologiyalar (1)

O’quv topshiriqlari tashhislanuvchi, o’quv jarayoni esa 
takrorlanuvchan tavsifga ega bo’lishi uchun har bir maqsad, unga 
erishilganlikni aniq va qat’iy bir ma’noda o’lchash mumkin bo’ladigan 
darajada belgilanishi zarur. 
O’quv maqsadlarining tashhislanuvchi ekanligi talabalarda shakllanayotgan 
ma’lum sifat yoki xususiyatlarni o’lchash va baholash mumkinligi bilan belgilanadi. 


 
53
Buning uchun o’quv maqsadlari aniq va ravshan shaklda ifodalanishi, ularni o’lchash 
usullari va baholash mezonining mavjud bo’lishi zarur. 
Respublikamizda ta’lim standartlariga amal qilayotgan xozirgi davrda barcha 
o’qituvchilar bu standart talablariga mos bo’lgan yagona o’quv natijalariga 
erishishlari, ya’ni o’quv jarayoni ham ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchan 
xarakterga ega bo’lishi zarur. Buning uchun eng avvalo, o’quv maqsadlarini 
aniqlashtirish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik texnologiya tarafdorlari har bir 
mashg’ulotning maqsadlari, undagi yangi o’quv birliklarining soniga mos bo’lishi va 
ularni talabalarning tashqaridan kuzatiladigan hatti-harakatlari orqali ifodalashni 
taklif qiladilar. Bunday o’quv birliklar soni har bir mashg’ulotda 6-7 ta bo’lishi 
maqsadga muvofiq deb hisoblanadi, chunki bundan ortiq yangi axborotlarni talabalar 
to’la idrok qila olmasliklari va xotirada saqlab qola olmasliklari aniqlangan. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling