Microsoft Word Yangi texn doc
Psixomotor (harakatga oid) sohada
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
Psixomotor (harakatga oid) sohada: - kichik mexanizmlarni qismlarga ajratish va yig’ishni uddalaydi. Affektiv (hissiyotga oid) sohada: - mashina va kichik mexanizmlarni qurilishdagi ahamiyatini his etadi; - qurilishda mashina va kichik mexanizmlardan samarali va maqsadga muvofiq holda foydalanish zarurligini anglaydi. O’quv maqsadlari bunday ko’rinishda aniqlanganda, birinchidan, ularga erishilganlikni aniq o’lchash imkoniyatiga ega bo’linadi, ikkinchidan, test yoki boshqa shakldagi nazorat topshiriqlari bu maqsadlarga muvofiq holda tuzilganda o’quv materialining mazmunini to’la qamrab olishga erishiladi, uchinchidan esa, aynan bir mashg’ulot o’quv maqsadlarining bir xil va aniq bo’lishi barcha fan o’qituvchilarining bir xil natijaga erishishlarini kafolatlaydi va bu bo’lajak o’quv jarayonining loyihalashda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ya’ni o’qitish natijalariga qarab, o’quv maqsadlari (nazorat topshiriqlari) mazmuniga hamda o’quv jarayoni didaktik konstruksiyalari mazmuniga tuzatishlar kiritib boriladi. Bu esa o’quv jarayonini doimo rivojlanib va takomillashib boruvchi pedagogik tizim ekanligini ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyada aniqlashtirilgan o’quv maqsadlarini talabalarni 54 tashqaridan kuzatiladigan hatti-harakatini anglatuvchi fe’llarda ifodalash qabul qilinganligini yuqorida ta’kidlab o’tilgan edi. O’quv maqsadlarini aniqlashtirishga juda ko’p vaqt sarflanadi, lekin bu o’qituvchi faoliyatining muhim tomonlarini-o’quv jarayonini rejalash,nazorat qilish va baholashni qamrab olganligi esa, uning ahamiyatini yanada oshiradi. Shuningdek, o’quv maqsadlarini aniqlashtirishning yana bir ahamiyati, ularni bevosita test topshiriqlariga aylantirish mumkinligidadir. Aniq o’quv maqsadlarini bevosita test topshiriqlariga aylantirishga misollar 7-jadvalda keltirilgan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling