Microsoft Word Yangi texn doc
Ikkita javobli yopiq topshiriqlarga misol
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
yangi pedagogik texnologiyalar (1)
Ikkita javobli yopiq topshiriqlarga misol:
1. Bilimlarni test bilan nazorat qilish adolatliligi an’anaviy shakllar bilan taqqoslanganda: A ) ortadi. B ) pasayadi. 2. Bilimlarni har qanday vaqt oraligida oshishiga baho berish imkonini beradigan nazorat turi: A ) odatdagi B ) testli. 62 «Ha» va «yo’q» degan ikkita javobli yopiq test topshiriqlari ustida alohida to’xtalib o’tish lozim. Ba’zi bir topshiriqlar ularning javoblari ikki xil ma’noni bildiradigan qilib bayon etilishi mumkin. Masalan: Siz testlar qo’llanishini xush ko’rasizmi? - Ha (xush ko’raman). Yo’q (xush ko’rmayman). Bunday xollarda javoblar uchun «to’g’ri» va «noto’g’ri» so’zlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Misol: Yopiq test topshiriqlari bilimlarni kompyuterdan foydalanib nazorat qilishga qulay. A ) To’g’ri. B ) Noto’g’ri. Ikkita javobi bo’lgan yopiq shakldagi topshiriqlar qo’llanishning asosiy vazifasi - shu fandan sinovdan o’tuvchining birinchi test topshiriqlaridayoq bilim darajasini tezda tekshirib ko’rishdan iborat. Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlarida (AO’T) bunday topshiriqlar boshlang’ich bosqichning o’zidayoq talabaning umumiy tayyorgarligini taxminiy baholash va nazoratning keyingi yo’nalishi - murakkab yoki osonlashtirilgan dastur bo’yicha olib borish masalasini hal qilishga imkon beradi. Test topshirig’ida javoblar qancha ko’p bo’lsa, to’g’ri javobni tasodifan topish ehtimoli shunchalik kam bo’ladi. Amaliyotda beshta javobi bo’lgan topshiriqlarga ega bo’lish yetarli hisoblanadi (bu holda bitta topshiriqqa to’g’ri javob berish ehtimoli 0,2 ni tashkil etadi.) Javobi beshta bo’lgan test topshiriqlariga quyidagi misolni keltirish mumkin. «To’rtinchi o’lchov» degan fizika-matematika atamasi qaysi tushunchaga taalluqli: A ) Og’irlikka. B ) Hajmga. V ) Vaqtga. G ) Tezlikka Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling