Microsoft Word янги урта масофа
QAYTA TIKLANISH VOSITALARIDAN
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
3.5. QAYTA TIKLANISH VOSITALARIDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI Zamonaviy sportda mashg’ulotlar yuklamalari darajasi shunchalik ortdiki, sportchi organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun maxsus vositalardan foydalanmasdan turib, sport faoliyatida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin bo’lmay qoldi. Undan tashqari, oshiqcha ruhiy va jismoniy toliqishlar faqatgina ishchanlik qobiliyatini pasaytiribgina qolmasdan, har xil kasalliklarga chalinishga mayillikni ham kuchaytiradi. Qayta tiklanish jarayoni unga tizimli yondoshuvni talab qiladi va butun mashg’ulotlar jarayoni mobaynida keng qamrovli tadbir choralar ishlab chiqish extiyojini tug’diradi. Sport fiziologiyasidan ma’lumki, ish faoliyati va qayta tiklanish jarayoni sport mashg’ulotlari jarayonining ikki tomonidan bugungi kunga kelib sportchining funksional imkoniyatlarini qayta tiklash uchun zaruriy vosita va usullar to’plamini tanlash va tashkil qilish birinchi darajali zaruratga aylandi, chunki u nafaqat yuqori ko’rsatkichlar namoyish qilish omili, balki sportchi sog’ligini asrash va u uzoq muddat o’z sport faoliyatini O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 67 ~ davom ettirishi garovi bo’lib ham xizmat qiladi. Qayta tiklanishning asosini golistaz, ya’ni organizm ichki muhitini asrash jarayoni tashkil qiladi. Organizm qanchalik yaxshi rivojlangan bo’lsa, uning o’z a’zolari faoliyatini boshqara olish xususiyati ham shunchalik mukammal bo’ladi. Ma’lumki tayyorgarlik darajasining oshib borishi bilan organizmning yuklamalarga moslashish darajasi ham oshadi va u bo’sh vaqtlarda funksiyalarni (vazifalarini) tejash imkonini beradi. Musobaqalardan so’ng qayta tiklanish muhlati biokimyoviy ko’rsatkichlarga asosan turlicha bo’lishi mumkin. Masalan 800-1500 metrga yuguruvchilarda organizmining qayta tiklanishi uchun odatda 16-20 soat kerak bo’ladi. Mutaxassislar A.V. Korobkov va L.I. Ioffe qayta tiklanishning quyidagi jarayonlarini sanab o’tadilar: 1) faoliyat oldi; 2) joriy; 3) faoliyatdan keyingi; 4) mavsumiy. Tayyorgarlik darajasining rivojlanishi va ishchanlikning oshishi faqatgina qayta tiklanish jarayoni organizmda energiya manbalari to’plami yuzaga kelsagina ro’y berishi mumkin. Biroq organizmning ishchanligini va faoliyat darajasini ijobiy oshirish maqsadida ma’lum bir bosqichlarda qayta tiklanish oxirigacha etmasdan turib ham mashg’ulot yuklamalarini bajarishga kirishish amaliyoti qo’llaniladi. Qayta tiklanish manbalari tasnifi 3 guruhga bo’linadi: 1) pedagogik manbalar; 2) tibbiy-biologik manbalar; 3) passiv va faol ruhiy manbalar. Bu manbalarni birgalikda qo’llash mashg’ulotlar davomiyligidan, yuklamalar darajasidan, sportchining individual imkoniyatlaridan va shuningdek murabbiyning malakasidan hamma pedagogik mahoratidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Pedagogik usul va vositalar qayta tiklanish jarayonining asosini tashkil qilib ular bevosita mashg’ulotlar yordamida va kun tartibiga qat’iy rioya qilish hisobiga amalga oshiriladi. Pedagogik qayta tiklanish qonuniyatlarini buzish esa tibbiy- biologik va ruhiy manbalar yordamida olib borilgan faoliyatni ham yo’qqa chiqaradi. Qayta tiklanishning pedagogik usul va manbalarini qo’llash tadbirlarini O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 68 ~ tuzayotib va amalga oshirayotib murabbiy quyidagi 2 guruhga bo’linuvchi omillarga e’tiborni qaratishi lozim. Birinchi guruhga mashg’ulotlarni individual yondoshuv asosida olib borish, ularni aralash tarzda o’tkazish (oson-qiyin va ko’p-kam), mashg’ulotlar o’rni va sharoitlari xilma-xilligini ta’minlash, yugurish yo’lagi qoplamasini va joy relefini to’g’ri tanlay bilish kabilar kiradi. Bu guruhga shuningdek, maxsus tiklanish kichik oraliqlardan foydalanish, profilaktik dam olish kunlarini tashkil qilish, ku tartibini qayta tiklanishga moslab tuzib chiqish kabilar ham kiradi. Ikkinchi guruhga alohida mashg’ulot mashqlari tadbirlarini tashkil qilish, chigalyozdi mashqlarini individuallashtirish, mashqlarni bajarishning tejamkor ketma-ketligiga rioya qilish, faol dam olish, mashg’ulot yuklamalari orasidagi dam olishni tashkil qilish, ijobiy xissiyotlar muhitini yaratish, uqalashlar va o’z-o’zini uqalashlardan foydalanish, tana fiziologik o’zgarishlari jarayonini hisobga olishlar kiradi. Sanab o’tilgan omillarning istalgan birining buzilishi ortiqcha toliqishlarga va yuklamalar ta’sirining pasayishiga hatto kasalliklarga ham olib keladi. Ta’kidlash lozimki, ko’pincha kasalliklarning manbasi bo’lib zo’riqishlar xizmat qiladi. Shuning uchun sport tibbiyoti bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar ortiqcha jismoniy va ruhiy yuklamalarning organizmga salbiy ta’sirining ikki xolatiga e’tibor qaratishni ta’kidlaydilar. Birinchidan umumiy toliqish va uning oqibatida sportchilarda sog’ligiga arz qilishdan tashqari organizm umumiy funksional holatining pasayishi, kasalliklarga qarshilik ko’rsatish qobiliyatining kamayishi kuzatiladi. Bu pasayishlarning darajasi turlicha. Ikkinchidan zo’riqish va uning ta’sirida nafaqat ayrim a’zolar balki butun tana tizimida paydo bo’ladigan salbiy o’zgarishlar. Zo’riqishlarga markaziy asab tizimi toliqishiga olib keluvchi ortiqcha mashg’ulotlarga qatnashishni misol keltirish mumkin. Mashg’ulotlarni o’tkazish o’rniga ham alohida e’tibor berish talab qilinadi. Kross tayyorgarligi o’tkazish yo’lagi diqqat bilan o’rganilib chiqilishi kerak, ayniqsa asfalt va sun’iy qoplamali yo’laklar xavfli bo’lib hisoblanadi. Shuningdek qattiq qoplamali yo’laklardan qum qoplamali yo’laklarga o’tish va aksincha bo’lganda ham extiyot bo’lish talab qilinadi. Mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida birin- ketinlik individual yondoshuv qonuniyatlariga amal qilish maqsadga O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 69 ~ muvofiq sanaladi. Bu qonuniyatlarning buzilishi suyak usti qoplamasi va axil tovoni qismining kasallanishiga olib kelishi mumkin. Qayta tiklash vositalariga mashg’ulotlarning turli bosqichlarida uqalash, turli vannalar qabul qilish, kvarst, nuralash yordamida va turli fizioterapevtik muolajalar ko’magida davolash kiradi. Samarali tiklash vositasi sifatida bug’li hammomlar qabul qilishni ham sanab o’tish mumkin. Murabbiylar tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda jarohat va kasalliklarni doimiy ravishda aniqlash, bartaraf qilish va kelib chiqish sabablarini taxlil qilishni amalga oshirib borishlari lozim. Umuman olganda tibbiy-biologik vositalar organizmning mashg’ulot yuklamalariga moslashishi, ishchanlik faoliyatining yaxshilanishi, energiya zaxiralari bilan boyitilishi, yalpi toliqishning bartaraf qilish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy mashg’ulotlar jarayonida ruhiy va ruhiy- gigienik usul va vositalar ham ruhiy toliqishni bartaraf qilish asab nerv tizimi faoliyatini tinchlantirish sohasida muhim ahamiyat kasb qiladi. Barcha turdagi qayta tiklanish usul va vositalarning samarasini aniqlash maqsadida alohida mashg’ulot o’tkazilib, unda ko’rsatilgan natijalar tahlil qilinib ko’riladi va tegishli xulosalar qabul qilinadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak qayta tiklanish jarayonini boshqarish uchun murabbiylr quyidagilarga rioya qilishlari kerak. 1. Sport mashulotlaridan keyin butun qayta tiklanish jarayonini rejalashtirib olishlari. 2. Yengil atletikachining individual xususiyatlaridan kelib chiqib pedagogik, tibbiy- biologik va ruhiy qayta tiklanish, usul va vositalaridan birgalikda foydalanishlari. 3. Doimiy ravishda muddatli, bosqichli va chuqurlashtirilgan tekshiruvlar o’tkazib, qayta tiklanish usul va vositalarining mashg’ulotlar jarayonida ijobiy natijalar berayotganlik darajasini aniqlash. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling