Microsoft Word янги урта масофа


 MURABBIYNING TARBIYAVIY ISHLARDAGI O’RNI


Download 1.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/48
Sana23.04.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1382830
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

1.9. MURABBIYNING TARBIYAVIY ISHLARDAGI O’RNI 
 
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bolalikdan 
boshlaboq jimoniy va ruhiy jihatdan baquvvat, har tomonlama kamol 
topgan, kelajakda shu vatanga sadoqat bilan xizmat qiluvchi yosh 
avlodni tarbiyalashdan iborat. 
Tarbiyaviy ishlarning samarasi murabbiy tomonidan sportchi 
tarbiyasiga keng kamrovli yondashuviy, ya’ni siyosiy –g’oyaviy, 
ma’naviy va mehnat tarbiyasining yaxlitligini ta’minlay olishiga 
bevosita bog’liqdir. 
Sadoqat, burch, halollik, el-yurtga xizmat qilish hisi, Prezidentga 
hurmat kabi muqqadas tushunchalar dastlabki mashg’ulotlardan 
boshlab sportchi ongi va shuuriga singdirib borilishi shart. 
Hozirgi davrda jamiyatdagi ijtimoiy –iqtisodiy va siyosiy 
sharoitlar xalqimizning turmuz tarzi, atrof muhit tomonidan insonga 
o’tkazilayotgan ta’sir kabi omillar har tomonlama kamol topgan 
insonni tarbiyalashda hal qiluvchi o’rin tutmoqda. Inson, jumladan 
sportchi ham, o’z xatti-xarakatlar yurish –turishi jamiyat oldida 
nechog’li muhim va foydali ekanligini chuqur anglab etishi lozim. O’z 
oldiga aniq va yuksak maqsadlar qo’yib, unga etishishda sobitlik va 
matonat bilan intiluvchi avlodni tarbiyalash uchun esa uning shaxsini 
chuqur o’rganmoq va unga yaqinlashmoq kerak. Uning kayfiyati, 
qiziqishlari, dunyoqarashi, bilim saviyasini bilish, uning ishonchini 
qozonish va shu yo’llar bilan uning ijtimoiy faolligini oshirish 
zarurdir. 
Mashg’ulotlar jarayonida murabbiy va sportchi o’rtasida doimiy 
muloqot o’rnatiladi va sportchi tarbiya berish uchun keng 
imkoniyatlar yaratiladi. 
Murabbiy g’oya va qadriyatlarning tashuvchisi sifatida yuzaga 
kelgan har bir holatda sportchiga tarbiya berib, unga ijobiy ta’sir 
o’tkazish uchun o’z fikr va qarashlarini namoyon etilishi zarurdir. 
Murabbiy oldiga qo’yilgan bu shartdan esa mantiqa boshqalari 
kelib chiqadi. Ulardan saosiylari sifatida o’z oldiga aniq maqsadlar 
qo’ya olish, yuqori kasbiy – pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lishi, 
fan va madaniyatning turli sohalariga oid bilim va ko’nikmalariga ega 
bo’lishi kabilarni sanab o’tishi mumkin. Murabbiy faoliyati uning 
vatanparvarlik sifatlari bilan yo’g’irilgan bo’lishi va u o’zidagi bu 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 38 ~ 
sifatni shogirdlariga tarbiyalab borishi zaruriy hisoblanadi. Vatanimiz 
sportchilari chet ellarda o’tkaziladigan katta sport anjumanlarida 
qatnasha turib doimo o’zlarining yuksak ma’naviy xususiyatlarini, 
mustaqil irodalarini, vatanga sadoqatlarini, vatanimiz va xalqimiz 
oldidagi burchlarini namoyish etib kelganlar. Shogirdlarga ma’naviy 
ko’nikmalarini shakllantirish uchun pirovardida jamiyat ahamiyatiga 
molik maqsadlarni shaxsiy ahamiyatga molik maqsadga aylantirishga 
mo’ljallangan xilma-xil pedagogik ta’sirlar jamg’armasiga ega bo’lish 
talab etiladi. 
Sportchilarni 
tarbiyalashda 
murabbiy 
oldida 
muayyan 
qiyinchiliklar uchrab turadi: sport jamoasi, maktab oiladagi 
tarbiyaning bir-biriga moslashtirilmagani; atrofdagilarning salbiy 
ta’siri va boshqalar. Odatda murabbiy har xil yoshdagi va tafakkur 
darajasi turli darajadagi sportchilar bilan shug’ullanishiga to’g’ri 
keladi, shuning uchun tarbiyaviy ishlar etarli samara berishi uchun 
ularning har biriga alohida yondashuv talab qilinadi. Ma’lumki 
murabbiy sportchi bilan u uchun sevimli va qiziqarli bo’lgan sport 
faoliyati vaqtida ko’proq muloqot qiladi. Bu paytda sportchining xulq 
– atvori va o’zini tutishi boshqacha bo’ladi. Faqat, sportdagi 
muvaffaqiyatsizliklargina murabbiyga qiyin hollarda o’zini qanday 
tutishi va uning xulq – atvoriga baho berish imkoniyatini yuzaga 
keltiradi. 
Shuning 
uchun 
murabbiy 
uchun 
sportchi 
bilan 
mashg’ulotlaridan tashqari kundalik hayotda ham muloqotda bo’lib 
turish ham muhimdir. 
Murabbiy shogirdlarida har bir O’zbekistonlikka xos bo’lgan 
samimiylik, 
o’zaro 
hurmat, 
ezgulik, 
birodarlik, 
millatlararo 
munosabatlarda o’zaro, iliqlik, kabi sifatlarni rivojlantirib borishga 
majburdir. 
U shogirdining nafaqat sport ko’rsatkichlari, balki o’qishi, 
mehnatga munosabati, o’rtoqlari bilan muloqati va ma’naviy darajasi 
bilan ham qiziqishi talab qiladi. 
Murabbiy shogirdlarida qat’iy intizomni tarbiyalay olishi kerak. 
Intizom kishilarni jamoaga birlashishga, ularning jipslashuviga, 
maqsad sari intilishga yordam beradi. Sportchi intizomi unga o’z 
burchini chuqur anglab etishida, murabbiy tomonidan berilgan 
topshiriqlarni o’z vaqtida va bekamu-ko’st bajarishiga zamin yaratadi. 
Taniqli pedagog A.S. Makarenko intizom faol xususiyat bo’lib, u 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 39 ~ 
qiyinchiliklarni sabat bilan engib o’tishga va oldinga intilishga 
ko’maklashadi deb hisoblaydi. Shu bilan birga u intizomning muhim 
jihatlaridan biri chidamlilik deb atagan. Sportchida ongli va 
mustahkam intizom bo’lmasa, u hech qachon yuqori natijalarga erisha 
olmaydi. Sport ko’rsatgichlari darajasi mehnatsevarlikka ham bog’liq 
bo’ladi. Ma’lumki har bir insonda qobiliyat mavjud bo’lib, u amaliy 
faoliyat natijasida maqsadga etish yo’lida faol kuchga aylanuvchi 
vositadir. Sport yordamida mehnatsevarlikni tarbiyalash bugungi 
kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan dolzarb 
muammodir. 
Murabbiy sportchilar bilan ishlashda tarbiyaning yana bir 
ko’rinishi bo’lgaan shogirdlarining sport mashg’ulotlari sohasidagi 
bilim va ko’nikmalarini oshirishga ham alohida e’tibor qaratishi 
lozim. O’z navbatida, sport mahorati rivojlanib borgan sari, 
sportchilarda iroda va ijobiy xususiyatlar rivoji o’ziga xos o’rin kasb 
etadi. 
Yuqori 
sport 
ko’rsatkichlariga 
erishmoqchi 
bo’lgan 
sportchilarda irodaning ko’rinishlari bo’lib hisoblangan maqsadga 
intiluvchanlik, faollik, intizom va chidamlilik kabi xislatlar mujassam 
bo’lishi zaruriy shartdir. 
Yengil atletikachilarni tarbiyalashda mashg’ulotlarni to’g’ri 
tashkil qilish, sportchilar harakatlarini haqqoniy baholash va 
murabbiyning shaxsiy iborat ko’rsatishi ham alohida ahamiyat kasb 
qiladi. Har bir sportchining mahorati o’sib borishida, mashg’ulotlarga 
bo’lgan qiziqishi pasaymasligida murabbiy tomonidan mohirllik bilan 
boshqarilishi 
ko’zda 
tutilgan 
jamoada 
jipslashib 
ishlashga 
o’rganishning roli ham muhimdir. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 40 ~ 

Download 1.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling