Microsoft Word янги урта масофа
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 23 avgustdagi 335 – sonli buyrug’iga asosan
- KIRISH ۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞
Ma’sul muharrir: p.f.n M.S. Olimov Taqrizchilar: Buxoro Davlat Universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti dekani p.f.n B.B.Mamurov Buxoro viloyat yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Sh.K.Sharipov O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 23 avgustdagi 335 – sonli buyrug’iga asosan o’quv qo’llanma sifatida nashrga tavsiya etildi. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 3 ~ KIRISH ۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞۩۞ Yosh avlodni jismonan sog’lom aqlan etuk bo’lib o’sishlarida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Bu borada qabul qilingan qonunlar jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga keng yo’l ochib bermoqda. Xususan “Ta’lim to’g’risidagi” 1 qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 2 , “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonun 3 , O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning «O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tashkil qilish to’g’risida»gi 4 farmoni va boshqa bir qancha qonun va farmonlar ta’lim muassasalari va boshqa turdagi sport jamiyatlarida sport turlari bo’yicha to’garaklarni tashkil etish, bolalarni jismoniy, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini ishlab chiqish, murabbiylar va o’qituvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish talab qilmoqda. Murabbiylik kasbi-inson faoliyatining eng murakkab jabhalaridan biridir. Bu kasbni tanlagan inson avvalo pedagog bo’lishi lozim, sportni yaxshi tushunishi, mashg’ulotlar jarayonini mohirona boshqarishni uddalashi, sinov-ta’qiqodlar o’tkazishlardan cho’chimasligi, shuningdek turli sohalardagi maxsus bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi. Jamiyat taraqqiyoti va ilm-fan rivoji millionlab insonlarning sport bilan shug’ullanishlarni taqozo qiladi. Bugungi kunga kelib sport insonni tarbiyalash omili va uning qobiliyatlarini yuzaga chiqaruvchi manba hisoblanadi. Zamonaviy sport, ilmiy-uslubiy bilimlarning yuqori darajasi, rekord natijalarning kundan-kun o’sib borganligi – o’quv mashg’ulot va tarbiya jarayonida markaziy shaxs hisoblanuvchi murabbiy faoliyatiga yuqori talablar qo’ymoqda. Zamonaviy mutaxassis bu ilmiylikka asoslangan ish faoliyatini amaliyotda qo’llay 1 O’zbekiston Respublikasi “Ta'lim tog’risidagi” qonuni. T.. Xalq so’zi, 1997 yil 30 avgust 2 O’zbekiston Respublikasi “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi”. T.. Xalq so’zi, 1997yil 30 avgust 3 O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport” to’g’risidagi qonuni (yangi tahriri) T.. Xalq so’zi, 2000 yil 28 may 4 “O’zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. T.. Xalq so’zi, 2002 yil.25 oktyabr O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 4 ~ oladigan mohir tashkilotchidir. U odamlar bilan ishlay olishi, jamoaviy tajribalarni qadirlash, hamkasblari fikrlarini inobatga olish va o’z faoliyatiga tanqidiy nazar bilan qarashi kerak bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda zamonaviy mutaxassis keng bilimga ega yuksak ma’naviyatli insondir. Bu qayd etilgan fikrlar murabbiy shaxsiga taalluqli hisoblanadi. Agar biz yuqori malakaga ega bo’lgan va o’z sohasining bilimdoni bo’lgan murabbiy haqida gapirmoqchi bo’lsak, avvalo uning shaxsiy ijodkorligi, pedagogik mahorati, chuqur va har tomonlama bilim va ko’nikmalarga ega va faol turmush tarzi yurituvchi yuksak ma’naviyatli insonni nazarda tutishimiz kerak bo’ladi. Tinimsiz kundalik mehnat va ilmiy izlanish murabbiy faoliyati samarali kechishining asosiy shartidir. Har bir murabbiy uchun muhim sanaluvchi yillar davomida shakillanadi murabbiy faoliyatining samarali bo’lishi uchun esa mehnat sevarlik, yosh avlod bilan ishlashga bo’lgan ishtiyoq, o’z bilim va malakalarini kun sayn oshirib borish birdan bir yo’l bo’lib hisoblanadi. Sportchini avvalo shaxs sifatida tarbiyalash, uni samarali tejamkor texnikaga ega bo’lishni ta’minlash, o’z harakatlarini boshqarishga o’rgatish, jismoniy tayyorgarligini oshirib borish – murabbiy ish faoliyatining asosini tashkil etishi lozim. Murabbiy sportchining ruhiy tayyorgarligiga ham alohida e’tibor qaratish talab etiladi. U shogirdlarida o’z kuch va mahoratlariga ishonchni singdira olishi va bu kuchni uzoq yillik faoliyat davomida to’g’ri taqsimlab tejamkorlik bilan foydalanishini o’rgatishi, mehnatsevarlik va uning natijasida shakillanib rivojlanib boruvchi iroda, tirishqoqlik va intiluvchanlik kabi xislatlarni tarbiyalashga jiddiy e’tibor qaratishi talab etiladi. Bugungi kun murabbiyi faqat o’zi shug’ulanayotgan sport turinigina bilishi emas, balki fiziologiya, psixologiya, anatomiya, sotsiologiya, singari fanlar bo’yicha ham fundamental bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Mashg’ulotlar jarayoniga ilmiy asoslangan holda kompleks yondashuv, pirovardida murabbiy o’z faoliyatida yuqori natijalarni qo’lga kiritishiga olib keladi. Amaliy faoliyatda murabbiyga vrach, ilmiy tekshiruv oliygihlari, oily va o’rta maxsus bilim yurtlari yordam berishadi. Lekin malakali sprotchini tayyorlashda asosiy rol baribir murabbiyga bog’liq ekanligi hech O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 5 ~ kimga sir emas. Shundan kelib chiqib murabbiy faoliyatini o’rganishi, jumladan o’rta va uzoq masofalarga yugurish bo’yicha murabbiy faoliyatini o’rganish ko’pchilikda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Ushbu o’quv qo’llanma orqali biz amaliy tajribalar, hamda maxsus uslubiy adabiyotlarga tayangan holda, sport murabiyi faoliyatini asosiy qirralarini ochib berishga va mashg’ulotlar jarayonining qoida va prinstiplarini kitobxonlar hukmiga havola etishga harakat qilib ko’rdik. O’quv qo’llanma Oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, sport maktablari, kasb-hunar kollej murabbiy va talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib. O’quv qo’llanmada o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar mashg’uloti jarayonini boshqarish, mashg’ulotlarni qonuniyatlari, murabbiy faoliyatining asosiy yo’nalishlari, musobaqa oldi tayyorgarlik jarayonlarida murabbiy va o’qituvchilarni kasbiy pedagogik faoliyatini shakllantirishda, mashg’ulotlar jarayonini tashkil qilish hamda o’tkazishning zamonaviy uslublari ko’rsatilgan. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling