Microsoft Word янги урта масофа
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati
Rejalashtirish - samarali mashg’ulotlar jarayoning zaruriy
shartlaridan biri hisoblanib unga mos ravishda quyidagilar kiradi: maqsad va vazifalarni aniqlashtirish; natijalarni tahlil qilish; ularga erishishi uchun uslub va manbalarni tanlash; pedagogik nazorat.Yillar davomida va uzluksiz o’tkaziladigan mashg’ulotlarni rejalashtirishda sportchining yoshi, malaka va mahorati, tayyorgarlik etap va bo’limlari inobatga olinishi kerak. Shu bilan birgalikda sport mashg’ulotlarini o’tkazish uchun uslub va vositalar tanlanayotganda yengil atletikachi shaxsiga induvidual yondashishni talab qiladi. Mashg’ulotlar jarayonining dasturlanishida va yuklamalar rejimini baholashda sportchilarga qo’yiladigan talablar muhim ahamiyat kasb qiladi. Bunday talablar qo’yishda quyidagi ko’rsatkichlar asos sifatida qabul qilinadi: bajariladigan yuklamalar davomida kuzatiladigan ishchanlik darajasi, maksimal yuklamalar davridagi moslashuv imkoniyati va mashg’ulotlar davomida O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 10 ~ organizmda ro’y beradigan o’zgarishlar, yosh sportchining salomatligi va tanasida ro’y berishi mumkin bo’lgan fukstional holatlar va o’sish dinamikasi. Ilmiy manbalarga ko’ra, o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchi 17-18 yashar sportchilarning musoboqalar davridagi oylik yuklamalari hajmi 400-600 km.ni tashkil etadi, shuning 38-40% i intensiv yugurishni tashkil etishi kerak. Bu aerob o’zgarishlarni muvofiqlashtirishda va organizmning kislorod yetishmasligini yengishdagi barqarorligini oshirishda ko’maklashadi. Bu yoshdagi o’smirlar organizmi o’ta yuqori (submaksimal) yuklamalar vaqtida harakatni amalga oshirayotganda kislorod iste’mol qilish hajmi 4600- 5500 ml/min (74-80ml/kg)ni tashkil etishi aniqlangan. Bir minutda harakatlanadigan qon hajmi 30 l/min va undan ortiqroqni tashkil qilsa, yurak qisqarishlar soni minutiga 120-200, ayrim hollarda esa 210 va undan ortiqni tashkil etganligi kuzatilgan. Bunday ko’rsatkichlar yosh yengil atletikachining yuqori ishchanlik qobilyatiga ega ekanligi va ular organizmining bunday harakatni ta’minlash uchun yetarli fiziologik imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi. Lekin bunda, ko’rsatilayotgan natijalarning muhimiyligi faktori, yuklamalar to’g’ri taqsimlanishi va sportchi tanasining genetik imkoniyatlari izdan chiqmasligiga va unga putur yetkazmasligiga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ma’lumki, sportchi iqtidorini namoyish qilishi uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan mashaqqatli mehnat etadi. Sportda bunday mehnat – maqsadga yo’naltirilgan va to’g’ri rejalashtirilgan mashg’ulotdir. Bu esa boshlangich tayyorgarlikdan toki yuksak sport mahoratiga erishguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oluvchi ko’p yillik jarayondir. Murabbiy tanlov jarayonida o’rta va uzoq masofaga yuguruvchi atletning salomatligiga, fiziologik tana o’zgarishlari sur’atiga, organizmining energiya bilan ta’minlanish va funksional tejamkorligi, genetik xususiyatlariga, ruhiy barqarorlik darajasi kabi muhim sanaluvchi belgilarni inobatga olgan holda uni to’garakka jalb qilish muhim bo’lib hisoblanadi. Bularning barchasi o’rta va uzoq masofaga yuguruvchi yengil atletikachilarni tayyorlovchi murabbiy oldiga o’quv mashg’ulot jarayonini boshqarish va dasturlashni tashkil qilishda murakkab kasbiy vazifa va maqsadlar qo’yishini taqozo qiladi. O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI ~ 11 ~ Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling