Shamsiy nazariya
Paleolingvistika va qiyosiy filologiya metodlaridan unumli foydalangan M.Myuller miflar mohiyatini osmon yoritqichlarining ilohiylashtirilishi an’anasi bilan bog‘lab talqin qilish asosida qadimgi mifologiyani o'rganishga kirishdi. Natijada “mifologik maktab” tarixida “solyar nazariya”, ya’ni “shamsiy nazariya” deb nomlangan yo‘nalish yuzaga keldi.
Astral-mifologik nazariya
Bu yo‘nalish tarafdorlari mifni tabiat hodisalari haqidagi qadimgi tasavvurlar majmui, deb tushunadilar. Ba'zan “astral-mifologik nazariya” deb ham yuritiladigan bu ilmiy qarashga ko‘ra, qadimgi odamning tabiat haqidagi ibtidoiy inonchlari dastlabki mifologik tasawurlar tizimining asosini tashkil etgan.
Demonologik nazariya
“Meteorologik nazariya”ni Shimoliy Germaniya aholisining afsona, ertak, urf-odat va tasawurlarini tadqiq etish asnosida rivojlantirgan etnograf va folklorshunos V.Shvars (1821-1899) “mifologik maktab” tarixida “demonologik nazariya” nomi bilan yuritiladigan konsepsiyani asoslab berdi. U “Mifologiyaning kelib chiqishi” (1849) asarida yovuz kuchlar bilan bog‘liq xalq qarashlari va irim-sirimlarga aloqador asotirlarni “quyi mifologiya” deb atadi va bu atama folklorshunoslik amaliyotidan o‘rin oldi.
“Mifologik maktab”ning rivojlanishi natijasida XIX asrning o'rtalariga kelib folklorshunoslikda bir qator yangi nazariyalar yuzaga keldi.
Miflarni astronomik yoxud tabiiy hodisalarning allegoriyasi tarzida tasavvur qilishga asoslangan “solyar-meteorologik nazariya” yoki “shamsiy-meteorologik nazariya” (nemis olimlari - A.Kun, M.Myuller va rus olimlari - F.N.Buslayev, L.F.Voyevodskiy, O.F.Milier)
Miflarni xalqning yovuz kuchlar va ruhlar olami to‘g‘risidagi tasavvurlari tizimi sifatida tushuntiruvchi “quvi mifologiya” yoki “demonologik nazariya” (nemis olimlari - V.Shvars, V.Minxart)
Ruh haqidagi qarashlarni tabiatga tatbiq etish asosida yuzaga kelgan “animistik nazariya” (ingliz olimlari - E.Taylor, G.Spenser, E.Lang, nemis olimi - L.Frobenus, rus olimi - V.Klinger)
Miflarni tadqiq etishda adabiyotshunoslik va tilshunoslik metodlarini qoilashga asoslangan “tarixiy-filologik nazariya” (nemis olimlari - G.Uzener, U.Viiamovits-Myollendorf, rus olimlari - F.F.Zelinskiy, YE.G.Kagarov, S.AJebelev, N.I.Novosadskiy, I.I.Tolstoy)
Thank you for listening
Do'stlaringiz bilan baham: |