Migratsiya va qochoqlar muammosi
Download 34.17 Kb.
|
1 2
Bog'liqMIGRATSIYA VA QOCHOQLAR MUAMMOSI
MIGRATSIYA VA QOCHOQLAR MUAMMOSI REJA: 1.Migratsiya 2.Aholi migratsiyasi 3.Migratsiya muammolari Migratsiya Migratsiya (lotincha: migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman): 1) Aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (qarang Aholi migratsiyasi); 2) Hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (qarang Hayvonlar migratsiyasi); 3) Kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (qarang Elementlar migratsiyasi); 4) Energiyaning bir zarrachadan boshqasiga oʻtishi (qarang Energiya migratsiyasi); 5) Kapitalning qoʻshimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi Aholi migratsiyasi Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda. Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin. Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin: Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya; Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi BMTning statistik ma`lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050 yilga borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln., Rossiya – 33 mln. kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi. BMT Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo`lsa, 30 yildan so`ng bu ko`rsatkich, ya`ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko`pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo`lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko`pgina muammolarni keltirib chiqaradi. Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur`atlar bilan rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy Yevropaning iqtisodiy turg`un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha AQSHga ko`chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko`rish uchun ketgan ingliz, nemis va frantsuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko`plab uchratish mumkin edi. Bu vaqtda N`yu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro`yxatidan o`tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi Hozirgi sharoitlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsion oqimlar deyarli nazoratsiz yuz berayotganini hisobga olgan holda har qanday donor mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi kamayishi kuzatilishi mumkinligini tahmin qilish mumkin Bunga sabablar - Mehnat migratsiyasi sohasida qabul qiluvchi va yuboruvchi mamlakatlar qonunchiligining nomukammalligi. Mavjud qonunlarni amalga oshirishning aniq mexanizmi, ularni bajarilishi ustidan nazoratning mavjud emasligi. - Mehnat migrantlarining faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun huquqiy asos sifatidagi ta`sirchan ikki tomonlama bitimlarning mavjud emasligi. - Mehnat migrantlarini qabul qiluvchi mamlakatlarda undan foydalanish manfaatli bo`lganligi sababli noqonuniy ishchi kuchiga bo`lgan yuqori talab hamda ish beruvchi uchun xorijiy ishchi kuchini yollash tartibining murakkabligi. - Fuqarolarni xorijda qonuniy ishga joylashtirish bo`yicha Tojikistondagi xizmatlar va infratuzilmalarning rivojlanmaganligi. - Qog`ozbozlikning keng tarqalganligi. Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog`iston bundan mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir. • Markaziy Osiyo hududi mamlakatlaridagi migratsiya darajasini yuqoriligi iqtisodiy asosi iqtisodiy taraqqiyot darajasi va turli mamlakatlardagi daromadlar darajasidagi farqdir. Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun (Qozog`iston bundan mustasno) Rossiya mehnat migrantlari uchun iqtisodiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa omillar tufayli eng maqbul mamlakatdir. • Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, mamlakatdan chiqib ketayotgan ishchi kuchi oqimining iqtisodiy zarari o`ta katta, degan uzil-kesil xulosaga kelish mumkin. Migratsiya natijasida mintaqa mamlakatlarining eng malakali mehnat zahiralari qatlamlarining yo`qotilishi mlliy iqtisodiyotlarning uzoq muddatli jonlanish istiqbollariga putur etkazadi va ham ichki, ham xorijiy investitsiyalarning mehnat talab qiluvchi sohalarga kiritilishini kamaytirib yuboradi. Ular o`tmishda raqobatli afzalliklarga ega bo`lgan va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy iqtisodiy tizimi uchun yo`l boshlovchi bo`lishi mumkin edi. Bu ham, iqtisodiy xavfsizlikning o`sishiga imkon bermaydi. Qochoqlar va koʻchirilgan shaxslar — biron-bir ijtimoiy holat (mas, urush, milliy ozodlik harakati) oqibatida oʻzining doimiy yashash joyini tashlab chiqishga majbur boʻlgan shaxslar. "Qochoqlar" atamasi xalqaro huquqda 1-marta 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlib, urush davrida dushman bosib olishi xavfi boʻlgan yoki egallab olgan hududlarni tashlab chiqqan, yo boʻlmasa bu hududlardan harbiy, fuqaroviy hukumat farmoyishi asosida joʻna-tib yuborilgan shaxslarni anglatish uchun ishlatilgan. 1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi. 1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi. Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda. Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda. Mehnat miratsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot jarayonlariga taʼsiri Bizningcha, mehnat migratsiyasini ‒ Oʻzbekiston uchun iqtisodiy jihatdan zararli, mamlakat ravnaqi yoʻlidagi eng katta toʻsiqlardan biri sifatida baholash lozim. Maʼnaviy jihatdan esa boy tarixga, ibratli anʼanalarga, xalqlar oʻrtasida oʻziga xos obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan xalqimizning shon-shuhrati va shaʼniga tamoman mos kelmaydigan voqelik sifatida qarash lozim. Shu sababli mehnat migratsiyasida yurganlarni oʻz yurtiga qaytarishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqib, ularni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq. Nazrimizda, ushbu strategiyani amalga oshirish juda ogʻir jarayon boʻlib, katta safarbarlikni va albatta uzoq vaqtni talab qiladi. Mustaqillikning dastlabki yillarida mehnat migratsiyasining keng quloch yoyishini mamlakatda favqulodda yuz bergan ogʻir vaziyat, nochor holat, ilojsizlikdan koʻra koʻrilgan tezkor iloj sifatida qabul qilish mumkin. Lekin keyingi oʻtgan davrdan bugunggacha butun bir avlod tugʻilib voyaga yetdi. Agar davlatni mustaqillikning dastlabki benihoya ogʻir, mashaqqatli yillarida va favqulodda vaziyatlarda iqtisodiy nochor aholi qatlamlariga yordam koʻrsatishdan koʻra mehnat migratsiyasi uchun eshiklarini keng ochib berganlikda ayblashga haqli boʻlmasakda, oradan shuncha yillar oʻtib, mehnat migratsiyasi muammosini hanuzgacha hal etmaganlikda, hozirgi kunda ham son-sanoqsiz yurtdoshlarimiz begona yurtlarda ish izlab yurganligi sabablarini bartaraf eta olmaganlikda ayblashga tom maʼnoda haqlimiz. Oʻzbekistonda hamon davom etayotgan ushbu voqelikning eng katta aybdorlaridan biri olimlar, ayniqsa iqtisodiy soha ilmi ahlidir. Aynan ular iqtisodiy jabhaning bepoyon kengliklarida Oʻzbekiston uchun eng katta samara berishga qodir tayanch nuqtalari-yu “oʻsish qutb"lari”ni izlab topishlari, mamlakatni taraqqiyotning ravon yoʻliga olib chiqishda xalqimizga, davlatimizga yaqindan yordam berishlari, yangi iqtisodiy jarayonlarning haqiqiy tashabbuskori va harakatga keltiruvchi lokomotivi boʻlmoqlari shart. Albatta, jamiyat iqtisodchi olimlarning maslahatlariga, ilmiy gʻoyalariga ehtiyoj sezmagan, oʻz fikrini erkin bayon etish imkoniyatidan mahrum boʻlgan oʻtgan davr muammolar uchun zamonamiz olimlarni ayblash adolat tamoyillariga mos kelmaydi. Lekin hozirgi oshkoralik davrida, oʻz gʻoyalarini va ilmiy taklif hamda tavsiyalarini erkin bayon qilishga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan zamonda olimlarimizga nima xalaqit berayapti, degan savol tugʻiladi? Mehnat migratsiyasi muammolarini bartarf etish yoʻllari Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasi muammosini hal etishning ikkita asosiy yoʻli bor. Birinchisi – mehnat migratsiyasini Oʻzbekiston mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga boʻlgan talab oʻrtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, mehnat migrantlari ishlab topgan daromad hisobidan milliy iqtisodiyotga qoʻshimcha madad berish vositasi sifatida qarash siyosatini davom ettirish. Bu mamlakatda bandlik muammosini hal etishning eng oson va kamchiqim yoʻli. Ikkinchisi – mehnat migratsiyasidan va undan kelayotgan barcha daromadlardan butkul voz kechish, mehnat migratsiyasini respublika manfaatlariga mos kelmaydigan faoliyat turi sifatida batamom tugatilishiga erishish. Bu ancha murakkab va mashaqqatli yoʻl boʻlib, juda katta saʼy-harakatlarni va qatʼiy choralar koʻrishni taqozo etadi. Bu vaqtincha qiyinchiliklar va iqtisodiy yoʻqotishlar evaziga amalga oshadi. Lekin mehnat migratsiyasiga qarshi siyosat doirasida iqtisodiy mexanizmlar yaratilib, ular harakatga keltirilishi oradan 5-6 yil oʻtar-oʻtmas makrodarajada oʻzining ijobiy natijalarini bera boshlaydi. Mamlakatda mehnat migratsiyasidan batamom voz kechish va asta-sekin uni xalqimiz uchun yurt xazinasini toʻldirish turi sifatidagi ahamiyatini tugatish siyosati tanlangan va u muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda, ushbu siyosat yangi Oʻzbekistonga toʻrt tomonlama manfaat keltiradi. Bu: Birinchidan, iqtisodiy oʻsish surʼatlarini jadalashtirish va milliy boylikni koʻpaytirishga koʻmak beradi. Ikkinchidan, Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini, imijini oshirishga katta ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uchinchidan, oʻz xalqi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilgan, uni musofirchilik qiynoqlaridan xolos etgan davlatga nisbatan xalqning hurmati, undan roziligi ortadi. Toʻrtinchidan, juda katta maʼnaviy samaraga erishiladi. Begona yurtlarda musofirchilikda turli xil nohaqliklarga, kamsitishlarga duchor boʻlayotgan yurtdoshlarimiz migratsiya azob-uqubatlaridan xolos boʻladilar, oʻz ona yurtlarida erkin-emin hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Rasmiy statistik maʼlumotlarga koʻra, 2019-yilda Oʻzbekiston aholisining 2,5 million nafari yoki 7% i mehnat migrantlari hisoblanadi. Shundan 2 million atrofida fuqarolar Rossiyada mehnat qiladi. Mehnat migrantlari tomonidan joʻnatilgan pul mablagʻlari 5,1 mlrd AQSH dollari, yoki mamlakat YAIM taxminan 10% ni tashkil qilgan. Bunda har bir muhojir oyiga oʻrtacha 166,7 AQSH dollari miqdorida mablagʻ ishlab topgan. Bu juda katta raqamlar. Boshqacha soʻzlar bilan ifodalaganda, mehnat migrantlari ishlab topayotgan daromadlar Oʻzbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan taxminan 20 foizni tashkil qiladi. Tabiiyki, Oʻzbekiston buncha miqdordagi mehnat migrantlarini ish bilan ham, arzigulik daromad bilan taʼminlashga qurbi yetmaydi. Demak, mehnat migrantlari muammosini hal etishda ikkinchi yoʻl tanlangan taqdirda ham, uni muayyan ketma-ketlikda turli xil yuqori samarali tashkiliy va iqtisodiy (zarurat taqozo etganda maʼmuriy) vositalar yordamida bosqichma-bosqich, lekin izchil va qatʼiyat bilan amalga oshirish lozim. Mehnat migratsiyasi muammosini uzil-kesil hal qilish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarimizning va takliflarimizning ayrimlarini bayon etishni lozim topdik. Birinchi taklif. Mehnat migratsiyasini cheklangan miqdorda faqat malakali ishchi kuchini eksport qilish evaziga amalga oshirish siyosatini olib borish. Shunisi quvonarliki, keyingi vaqtlarda mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq masalalarga davlatimiz, shaxsan davlat rahbari, katta eʼtibor qaratmoqda. Yaqinda mamlakat Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorning imzolanishi fikrimning yorqin dalilidir. Ushbu qaror, Prezident rahbarligida davlatimiz tomonidan xalq farovonligini oshirish, davlatimizning xalqaro nufuzini koʻtarish, mamlakatni notoʻgʻri shakllantirilgan va bizga yaxshi samara bermayotgan mehnat migratsiyasi illat va kamchiliklaridan xolos etishga qaratilgan dadil qadam. Bizning nazarimizda, mehnat migratsiyasini tartibga solish uchun Oʻzbekiston “Bandlik va mehnat munosabatlari” vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma, malakali ishchi va mutaxassislarni tayyorlash mexanizmini yaratish lozim. Bunda kasbiy malaka va koʻnikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi, muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim boʻlgan mamlakatning tili, tarixi, urf-odatlari, anʼanalari oʻrgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar boʻyicha zaruriy malaka va koʻnikmalar shakllantiriladiki, toki migrant oʻzi tashrif buyurgan mamlakat yoki korxona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega boʻlsin. Ishchi kuchi eksportini ilmiy asosda yoʻlga qoʻyilishi respublikaga juda katta manfaat keltiradi: Birinchidan, ishchi kuchi eksportidan keladigan daromad miqdori keskin oshadi; Ikinchidan, yoshlarda malakali ishchi yoki malakali mutaxassis boʻlishga, yaʼni yaxshi oʻqishga qiziqishi ortadi; Uchinchidan, yoshlarda xirijiy tillarni oʻrganishga moyillik va tajriba ortadi; Toʻrtinchidan, xorijda malakali ishlarni bajargan yoshlarimiz, oʻz yurtiga qaytganda, milliy iqtisod ravnaqiga munosib hissa qoʻshish imkoniyatiga ega boʻladi. Xulosa Prezidentimiz koʻtarib chiqqan Oʻzbekistonni yana-da rivojlantirish, uni rivojlangan 50 ta mamlakat qatoridan oʻrin olishiga erishish, xalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, taʼlim sifatini takomillashtirish, kambagʻallikka barham berish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarining hayotga tadbiq etishning faol ishtirokchilari boʻlaylik. Ana shundagina hamyurtlarimizning oʻzining jonajon vataniga qaytishiga koʻmaklashishda hissamizni qoʻshgan boʻlamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan birjon boʻlib harakat qilsak, Oʻzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yoʻliga boshlab chiqishimiz muqarrar. Oʻzbekiston 2030-yilga borib nafaqat taraqqiy etgan 50 ta mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli 20 talik mamlakat safidan munosib oʻrin egallashi mumkin boʻladi. Shundagina biz oʻtmishda Movarunnahrdek qudratli davlatni shakllantirgan buyuk avlod-ajdodlarimizning shaʼniga munosib ish tutgan boʻlamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish baxtiga erishamiz. Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan oʻz yechimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogʻi lozim. Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilmu-fan ahlining, keng jamoatchilik va oʻz-oʻzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida boʻlmogʻi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yoʻnaltirilgan harakatlar strategiyasi va “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmogʻi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim. Download 34.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling