Migratsiya va qochoqlar muammosi
Download 1.58 Mb.
|
Migratsiya va qochoqlar muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholi migratsiyasi
- Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi
- Noqonuniy migratsiya Noqonuniy migratsiya
- Qochoq
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Migratsiya va qochoqlar muammosiMasharipov OybekMigratsiyaMigratsiya (lotincha: migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman):
Aholi migratsiyasiAholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadiTashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik) Ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.Noqonuniy migratsiya
Noqonuniy migratsiya omillariNoqonuniy migrantlar taʼrifiga quyidagi toifalar kiradi:
QochoqQochoqlar va koʻchirilgan shaxslarQochoqlar va koʻchirilgan shaxslar — biron-bir ijtimoiy holat (mas, urush, milliy ozodlik harakati) oqibatida oʻzining doimiy yashash joyini tashlab chiqishga majbur boʻlgan shaxslar. "Qochoqlar" atamasi xalqaro huquqda 1-marta 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlib, urush davrida dushman bosib olishi xavfi boʻlgan yoki egallab olgan hududlarni tashlab chiqqan, yo boʻlmasa bu hududlardan harbiy, fuqaroviy hukumat farmoyishi asosida joʻna-tib yuborilgan shaxslarni anglatish uchun ishlatilgan.1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi.1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi.Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda.Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda.E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling