Migratsiya va qochoqlar muammosi

Download 1.58 Mb.
Sana05.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1428595
Bog'liq
Migratsiya va qochoqlar muammosi

Migratsiya va qochoqlar muammosi

Masharipov Oybek

Migratsiya

Migratsiya (lotincha: migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman):

  • aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (qarang Aholi migratsiyasi);
  • hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (qarang Hayvonlar migratsiyasi);
  • kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (qarang Elementlar migratsiyasi);
  • energiyaning bir zarrachadan boshqasiga oʻtishi (qarang Energiya migratsiyasi);
  • kapitalning qoʻshimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi.[1]

Aholi migratsiyasi

Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.

Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi

Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik)
Ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. 

Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar – migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud – migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud – migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi.

Noqonuniy migratsiya

  • Noqonuniy migratsiya — bu mamlakatning migratsiya qonunchiligini buzgan holda migratsiya qilishdir.

Noqonuniy migratsiya omillari

Noqonuniy migrantlar taʼrifiga quyidagi toifalar kiradi:

  • Chet el fuqarolari mamlakatga kirish yoki uning hududida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki qalbaki hujjatlar bilan boʻlish.
  • Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan muhojirlar, shuningdek kirish huquqi uydirma boʻlganlar.
  • Davlat hududida muddati o‘tgan vizasi bilan bo‘lgan chet el fuqarolari, shuningdek, o‘qish muddati tugaganidan keyin mamlakatni tark etmagan chet ellik talabalar va mehnat shartnomasi muddati o‘tgan ishchilar.
  • Davlat hududida chet el fuqarolari tomonidan tugʻilgan bolalar (mamlakat qonunchiligiga bogʻliq: xususan, Rossiyada, agar ota-onadan kamida bittasi rus boʻlsa yoki ikkala ota-onasi chet ellik boʻlsa, lekin ularning farzandi boʻlsa, bola fuqaro deb tan olinadi).

Qochoq

Qochoqlar va koʻchirilgan shaxslar

Qochoqlar va koʻchirilgan shaxslar — biron-bir ijtimoiy holat (mas, urush, milliy ozodlik harakati) oqibatida oʻzining doimiy yashash joyini tashlab chiqishga majbur boʻlgan shaxslar. "Qochoqlar" atamasi xalqaro huquqda 1-marta 1914—18 yillardagi Birinchi jahon urushidan keyin paydo boʻlib, urush davrida dushman bosib olishi xavfi boʻlgan yoki egallab olgan hududlarni tashlab chiqqan, yo boʻlmasa bu hududlardan harbiy, fuqaroviy hukumat farmoyishi asosida joʻna-tib yuborilgan shaxslarni anglatish uchun ishlatilgan.

1939—45 yillardagi Ikkinchi jahon urushi davrida gitlerchilar tomonidan bosib olingan hududlardan turli ishlarda foydalanish uchun millionlab kishilarning boshqa mamlakatlarga majburlab olib ketilishi natijasida koʻchirilgan shaxslar deb atalgan odamlar toifasi vujudga keldi. Urushdan keyin Qochoqlar muammosi keskin boʻlib qoldi, chunki ularni tezlik bilan vataniga qaytarish kerak edi. Oʻtgan asrning 50 — 70-yillarida Afrikada ham qochoqlar bilan bogʻliq masalalar kelib chiqdi.

Qochoqning yuridik ta’rifiga keladigan bo‘lsak, u 1951 yilda Jenevada qabul qilingan xalqaro konvensiya doirasida qabul qilingan. Mazkur konvensiyaga binoan «Qochoq — irqi, dini, millati, biron-bir ijtimoiy guruhga tegishliligi yoki siyosiy qarashlari uchun ta’qib qilinayotgan insondir». Ya’ni insonga qochoq maqomi berilishi uchun yuqorida sanab o‘tilgan ta’qiblar mavjud bo‘lishi kerak. Lekin hozir yana bir holat yuzaga kelganki, uning o‘ziga xosligi rasmiylarni va olimlarni o‘ylantirmoqda.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling