Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi
Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi
Download 28.01 Kb.
|
Mijozlarning boshqa depozit hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar hisobi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval.
Mijozlarning hisobvaraqlarini yuritish tartibi.Mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlardagi mablag‘lari bank uchun mablag‘larining manbalari hisoblanadi. Ulardagi mablag‘lar bank balansining passiv qismida hisobga olib boriladi. Mijozlarning depozitlari bo‘yicha hisobvaraqlari mazmunan passiv hisobvaraqdir. Shuning uchun hisobvaraqning saldosi (qoldig‘i) uning kredit tomonida bo‘lib, mablag‘larning kelib tushishi ham kreditda, mablag‘larning kamayishi hisobvaraqning debet tomonida aks ettiriladi. Mijozlarning depozit bo‘yicha hisobvaraqlaridan to‘lovlar shu hisobvaraq qoldig‘i chegarasida o‘tkazilishi lozim. Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlari orqali quyidagi operatsiyalar o‘tkazilishi mumkin: 5-jadval.Talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i orqali o‘tkaziladigan operatsiyalar
Bank amaliyotida hisobvaraqlardan turli operatsiyalarning o‘tkazilishi doimiy jarayon bo‘lib, to‘xtovsiz davom etib turadi. Mijozning hisobvarag‘ini yurituvchi mas’ul ijrochi doimo mijozning hisobvarag‘ida operatsiyalarning o‘tkazilishi uchun pul mablag‘larining yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilib, mablag‘larning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni ushbu hisobvaraqdagi mablag‘lar chegarasida o‘tkazishi lozim. Yuqorida mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlarini ochish, uni nomerlash va yuritish tartibi bilan tanishtirdik. Korxonaning barcha asosiy operatsiyalari ushbu hisobvaraqlardan o‘tkaziladi. Lekin korxona va tashkilotlar o‘z hoxishlariga ko‘ra talab qilinguncha saqlanadigan depozitlardan tashqari jamg‘armali va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari hamda ularda o‘zlarining ortiqcha pul mablag‘larini saqlashlari mumkin. Jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlari ochish uchun yuridik shaxslar tomonidan bankka alohida, jismoniy shaxslar tomonidan alohida belgilangan hujjatlar taqdim etiladi. Yuridik shaxslar jamg‘arma yoki muddatli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlarini taqdim etishlari lozim: hisobvaraq ochish uchun ariza; davlat ro‘xatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki litsenziya; imzolar va muhr izi qo‘yilib, notarius tasdiqlagan varaqcha. Agar yuridik shaxs shu bankda ilgari hisobvaraq ochgan bo‘lsa, u holda jamg‘arma yoki muddatli hisobvaraq ochish uchun faqat ariza taqdim etadilar. Ariza asosida mijoz bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va shartnomada ochilayotgan depozit turi bo‘yicha shartlar belgilab qo‘yiladi. Jamg‘arma yoki muddatli depozit ochish uchun jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni rasmiylashtirib bankka topshiradilar: hisobvaraq ochish to‘g‘risida ariza; shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma); imzo namunasi qo‘yilgan varaqcha. Ariza asosida jismoniy shaxs bilan bank o‘rtasida shartnoma tuziladi va unda depozit shartlari belgilab qo‘yiladi. Shartnomada depozitorlarning hisobvaraq ochilayotganda jamg‘arma yoki muddatli depozit shartlari bilan tanishtirilishi ko‘zda tutiladi hamda bu haqda depozitor belgilangan shakldagi dastlabki hujjatlarga tegishli yozuv kiritib imzo qo‘yadi. Budjet tashkilotlari ham jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlarini ochishlari mumkin, lekin ularning talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga budjetdan o‘tkazilgan mablag‘lari hisobidan jamg‘arma va muddatli depozit hisobvarag‘i ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Budjet tashkilotlari uchun jamg‘arma va muddatli depozit hisobvaraqlari faqat ularning budjetdan tashqari mablag‘lari uchun ochiladi. Buning uchun budjet tashkilotlari tomonidan bankka tegishli hisobvaraq ochish uchun ariza taqdim etiladi. Download 28.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling