Mikro dasturlarni doimiy saqlash qurilmasi


Mikroprotsessorning tuzilishi, arifmetik-mantiqiy qurilmalar, registrlar


Download 128 Kb.
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi128 Kb.
#1406762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mikro dasturlarni doimiy saqlash qurilmasi

Mikroprotsessorning tuzilishi, arifmetik-mantiqiy qurilmalar, registrlar
Mikroprotsessorlar haqida gapirar ekanmiz asosiy muhim tushinchalarga to‘xtalib utishimiz lozim bo‘ladi. Mirkoprotsessorga nisbatan amal bajaruvchi har qanday tashqi qurilma periferiya deb atash mumkin.
Registr- qurilmalarning o‘ziga xos tengliklar birlashmasini anglatadi, ularning vazifasi ma‘lumotlarni saqlash hamda ma‘lumotlarga tezkor murojat qilish imkoniyatini beradi. Ushbu qurilmalar integral sxemada triggerlarda foydalaniladi. Trigger o‘z navbatida tranzistor o‘tkazgichlarda amalga oshiriladi (ya‘ni elektron kalitlar). N trigger registrda N bit ma‘lumotni tushinish mumkin.
Port –shunday sxemaki odatda o‘ziga bir qancha registrlarni qamrab oluvchi hamda ulanish imkoniyatini beruvchi vositadir, masalan pereferiya qurilmasi mirkoprotsessorni tashqi shinasiga ulanishida ko‘rishimiz mumkin. Amalda xar mikrsxema har xil maqsadlar uchun ishlatiladi. SHaxsiy kompyuterda har bir port o‘ziga xos unikal raqamiga ega bo‘ladi. SHuni aytib o‘tish joyizki portlarni raqami mohiyatan registrlarning kiritib chiqarish manzili bo‘lib xizmat qiladi. SHuningdek manzil kengligi asosiy xotira va kiritib chiqarish porti bilan kesishmaydi.
Uzliksizlik – tushinchasi asinxron jarayonning xabarini anglatadi (ya‘ni protsessor qandaydir asinxron jarayonni tushinadi). Ushbu holatda buyruqlarning ketma-ketligi to‘xtatiladi. Uning o‘rniga esa boshqa bir ketma- ketlik amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorning tuzilishini biz asosan birinchi mavzuda ko‘rib o‘tilgan bo‘lsa-da, ayrim qurilmalari ishi bilan kengroq tanishamiz.
Buyruqlar registri — eslab qoluvchi registr bo‘lib, unda buyruq kodi: bajariladigan amal kodi (BAK) va amalda qatnashuvchi operandlar adreslari saqlanadi. Buyruqlar registri MP ning interfeysli qismida, buyruqlar registrlari blokida joylashgan.
Amallar deshifratori — mantiqiy blok bo‘lib, u buyruqlar registridan kelayotgan amalning kodiga (BAK) mos ravishda unda mavjud bo‘lgan chiqishlardan bitgasini tanlaydi.
Mikrodasturlarni doimiy eslab qoluvchi qurilma (DEQQ) o‘zining yacheykalarida boshqaruvchi signallarni (impulslarni) saqlaydi, ular SHK bloklarida ma‘lumotlarni qayta ishlash amallari jarayonini bajarish uchun kerak. Impuls amallar deshifratori tanlagani bo‘yicha amallar kodiga mos ravishda mikroprogrammalarni DEQQ, dan boshqaruvchi signallarning kerakli ketma-ketligini o‘qiydi. Adresni shakllantirish uzeli (MP ning interfeysli qismida joylashgan) buyruqlar registridan va MPX registrlaridan keluvchi rekvizitlar bo‘yicha xotira yacheykasining (registrining) to‘liq adresini hisoblovchi qurilmadir.
Ma’lumotlarning, adreslarning va ko’rsatmalarning kodli shinalari — mikroprotsessor ichki interfeysli shinasining qismi.
Umumiy holatda BQ, quyidagi asosiy jarayonlarni bajarish uchun boshqaruvchi signallarni shakllantiradi:
• MPX ning buyruqlar adresining registr-hisoblagichidan dasturning navbatdagi buyrug‘i saqlanayotgan TEQQ, yacheykasining adresini tanlab olish;
• TEQQ yacheykalaridan navbatdagi buyruqlar kodini tanlab olish va o‘qilgan buyruqni buyruqlar registriga qabul qilish;
• amallar kodini va tanlangan buyruqlar belgilarining nimaligini aytib berish (shifrini ochish);

Download 128 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling