Mikro matn va makro matn
Download 49.51 Kb.
|
6- Машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa.
6 - MAVZU: Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn.Matn va uning turlari: Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi hisoblangan nutq, nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy, badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi. Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr- axborot almashinuvidan iborat. Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Kop kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tashlangan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi. Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi. Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari. Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi. An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin. Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘ra chegaralangan so‘zlar kasb- hunarga oid so‘zlar hisobalanadi. Bunday so‘zlar qaysi hududda yashashidan qat’i nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masalan, doska (kulollar xom idishlar ichini dasmollashda suv quyib ishlatadigan sopol idish), jo‘sha (tog‘dan olinadigan qizil kesak), volash (loyni ochib-yorib tozalash) kabi so‘zlar kulollargagina tushunarlidir. Kasb-hunarga xos so‘zlarning asosiy qismini shu sohaga oid atama (termin)lar tashkil etadi. Atamalar fan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘z va so‘z birikmalaridir. Atamalar qo‘shimcha ma’no jilolariga ega emas. Atamalarning ko‘pchiligi boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Masalan, advokat, argon, diolog, debitor, grant, modul, metr, test, tormoz, marketing kabilar. Xulosa.o‘rganilayotgan tilda muloqot malakasi egallandi. talabalarda so‘z ma’nolari yuzasidan o‘rta umumiy ta`limdan olgan bilimlarini mustahkamladik. Topshiriqlar1 - topshiriq: Matnni o‘qing. Sohaga oid atamalar qo‘llangan gaplarni ko‘chirib oling, qavs ichidagi atamaning ma’nosini yozing. Bir xil ma’noli ifodalarni nutqda ortiqcha kiritish mantiqiylikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Bir xil ma’noli birdan ortiq ifodalar pleonazm deb yuritiladi: men, o‘zim, shu bugun, bugundan boshlab kabi. Mantiqiy aloqalar va munosabatlarni ifodalashning muhim vositalari bo‘lib kirish so‘z, kirish birikmalar, yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar, yuklamalar hisoblanadi. Ulardan to‘g‘ri foydalanish yaxshi nutq yaratishning garovi hisoblanadi. 2-topshiriq: O‘zbek va rus tilidagi so‘zlarni oqing va taqqoslang. Согласный звук «Q’» - более глубокий, чем русский «г». «Q’» скользит между основанием языка и нёба: g‘uncha- бутон g‘or-пещера g‘alla-зерно g‘am-горе g‘azal-газель g‘oya-идея Согласный звук «H»- мягко скользящий. hayot-жизнь haqiqat-правда havo- воздух haykal-монумент hosil-урожай baho-оценка В узбекском языке есть один носовой звук, который в орфографии передается сечением звук букв-«нг». ong-разум ming-тысяча bong-колокол teng-равный tong-рассвет keng-широкий Согласный звук «J» орфоэпия этого звука мягче чем в русском языке: jahon-мир Jahongir-имя собств. jon-душа jonajon-родной Произношение звука «J» в заимствованных словах не изменяется: abajur-абажур jurnal-журнал jargon-жаргон injener-инженер Download 49.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling