Mikrobiologiya fani va uning vazifasi mikrobiologiya fanining qishloq xòjaligidagi ahamiyati
Download 0.75 Mb.
|
kuch birlikda
Viruslar
Viruslarning boshqa tirik organizmlar bilan o'xshashligi va farqlari bor. Viruslarning tirik moddaga mansubligini ko'rsatadigan xususiyatlaridan biri bu ularning ko'payish va nasl yaratish ehtiyojidir. Ammo, boshqa tirik organizmlardan farqli o'laroq, virus o'z-o'zidan omon qololmaydi. U mezbonning resurslari va ozuqaviy elementlaridan foydalangan holda, xujayra hujayrasida takrorlangandagina faollashadi. Virus hujayraga kirgandan so'ng, uning maqsadi boshqa hujayralarni yuqtirish uchun o'zining ko'p nusxalarini olishdir. U qilayotgan har bir narsa jismoniy tayyorgarlikni va nasl sonini ko'paytirishga qaratilgan. Gripp virusi misolida yuqtirilgan xost hujayrasida virusni ko'paytirishning sxematik tasviri Shunday qilib, virus butunlay mezbon hujayraga bog'liq [1]. Ko'pgina viruslar turlarga xos bo'lib, faqat tor doiradagi xostlarni - o'simliklar, hayvonlar, qo'ziqorinlar yoki bakteriyalarni yuqtiradi Avvaldan viruslar mikrodunyosini o‘rganish virusologiya soxasidada ishlaydigan olimlarnigina emas, balki viruslar umumbiologiya muammolarni echishda ham eng qulay ob’ekt bo‘lib kelmoqdalar. Ular yuqorida aytilgandek, mikroskopik hujayrasiz zarrachalar bo‘lib, faqat tirik organizmlarnigina kasallantiradigan, hujayradan tashqarida ko‘paya olmaydigan obligat parazitlardir. O‘tgan asrdayoq o‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalarda ko‘payadigan viruslar ma’lum bo‘ldi. Virus zarralari muhofazalovchi oqsil qobiq (kapsid) bilan o‘ralgan nuklein kislotalardir (DNK yoki RNK). Kapsidning bo‘lishi viruslarni boshqa infeksion agentlardan, masalan, viroidlardan farqlaydi. Viruslarning tabiati to‘g‘risida bir qancha gipotezalar bor. Birinchi gipotezaga muvofiq, viruslar hujayraviy tuzilishga ega bo‘lmagan sodda formalardan kelib chiqqan deyiladi. Ikkinchi gipotezaga muvofiq, viruslar degeneratsiyaga uchragan mikroorgaiizmlardir deyiladi. Uchinchi gipotezaga muvofiq, viruslar hujayra komponentlarining hosilasidir deb tushuntiriladi. Viruslar boshqa organizmlar singari bir xil tipdagi molekulalardan tashkil topganligi bioximiyaviy tekshirishlarda isbotlangan. Boshqa organizmlarga qaraganda viruslarning genetik jihatdan moslanishi yuqori turadi, ehtimol genomi kichik, replikatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi uchun shundaydir. Hayvonlar virusi ham yuqori darajadagi genetik moslanish xususiyatiga ega, ularda komplementatsiya, rekombinatsiya, psevdorekombinatsiya, satelitizm uchraydi. SHunday qilib, viruslar hujayrasiz organizmlar bo‘lib, boshqa organizmlardan shakli, xususiyatlarining turli - tumanligi, bu virusning har xil organizmlarda turli kasallik alomatlarini namoyon qilishi va ular tarkibida faqatgina bir xil nuklein kislotasi uchrashi bilan farq qiladi. U o‘zida modda va tirik organizm xususiyatlarini namoyon etadigan va faqat tirik to‘qimadagina ko‘payadigan hayot formasidir. Viruslarni bioterrorizm maqsadlarida ishlatish mumkinligi ustida olimlarda har hil fikrlar mavjud. Masalan, Butun dunyo taniqli olimlari Taras SHevchenko nomidagi Kiev shahridagi Milliy universitetida NATO ilmiy fondining qo‘llab quvvatlashigatayangan xolda bu masalani atroflicha muhokama qilindi va bu muammoning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatib o‘tildi. Fransiya o‘simliklarni himoya qilish institutining professori Erve Lekok o‘simlik viruslarini biologik qurol sifatida ishlatish ancha mushkul ish bo‘lsa kerak, degan fikrni bildirdi. CHunki o‘simlik viruslari hasharotlar vositasida tarqalib butun er sharini aylanib yana o‘sha virus tarqatilgan xududga qaytib kelishi va o‘ziga zarar keltirishi mumkin. Lekin bioqurol sifatida toksin ishlab chiqadigan qilib “o‘rgatilgan” virusni (genetik modifikatsiya qilingan) virusnigina ishlatish mumkin. Ammo bunday ishlar birnecha yillardangina keyin amalga oshishi mumkin. Chunki hozircha virus genetik apparatiga sun’iy ravishda kiritilgan gen virus genomida uzoq vaqt saqlanib qolmayabti, har bir keyingi reproduksiyada virus toksini sintezlash qobiliyati yo‘qolib borayapti. Valensiya shahri universitetining professori Mariano Kambra virusdan tashqari ham o‘simliklarga zarar keltirishni boshqa yo‘llari borligini, ya’ni masalan, sug‘orish sistemasida zararli kimyoviy moddalarni qo‘llash mumkin, viruslar esa shundoq ham hasharotlar va urug‘ orqali tarqalib faqat qishloq ho‘jalik o‘simliklaridagina emas balki ularni yovvoyi turlarida ham epidemiyaga sabab bo‘lishi mumkin. “YAxshi” virus xuddi qishloq ho‘jaligida ishlatiladigan har xil toksinlar kabi yoki insektitsidlardek ta’sir qilishi mumkin. Oregon universitetining professori Valerian Dolya zararli viruslarni foydali viruslarga aylantirish ustida ish olib borayotganliklari haqida fikr bildirdi. Viruslar hujayraga kirgandan so‘ng hujayrani yangi virus zarralarini sintez qilishga majbur qiladi. Ammo biz uni boshqatdan tarbiyalaymiz. M., papilloma virusi so‘gal hosil qiladi. Ayollarda esa rak hosil qiladi. Biz bu virusdan bitta gen olib o‘simlik virusinig geniga joylashtiramiz va bu yangi virus bilan o‘simliklarni kasalllantiramiz. Natijada bizga kerakli virus ko‘payadi va o‘simlikda papilloma virusining oqsili to‘planaboshlaydi. Bu oqsilni tozalab vaksina tayyorlash mumkin. Demak, o‘simlik vaksina ishlab chiqaradigan fabrikaga aylanadi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling