Anaerob bakteriyalarni undirish. Anaerob bakteriyalarni undirish uchun
tegishli oziqli muhitlar va harorat optimumidan tashqari, kislorodsiz sharoit
tug’dirish kerak, buning uchun turli usullar tatbiq etiladi.
1. Oziqli muhitga havo kirishini mexanik yo’l bilan to’xtatish. Bulьon
yoki 1 % li yarim suyuq qandli agar baland ustun shaklida quyiladi va mikrob
ekilgandan keyin ustidan steril moy (vazelin) quyiladi, shu bilan muhitga kislorod
kirishi tamomila to’xtaydi. Bunda mikroblar oziqli muhitning ichkarisida
ko’payadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |