Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriologik tekshirish quyidagi bosqichlardan iborat
- Ikkinchi kun.
- Uchinchi kuni.
Bakteriologik
tekshirish. Mikrobiologiya amaliyotida infeksion kasalliklarni aniqlash, suvni, oziq-ovqat mahsulotlarini va boshqa manbalarni tekshirish uchun mikroskopik tekshirish bilan bir qatorda bakteriologik tekshirish usuli keng qo’llaniladi. Bakteriologik tekshirishning vazifasi-mikroorganizmning sof kulьturasini ajratib olish, uning xossalarini aniqlashdir, shuning natijasida infeksion kasalliklarning aniq diagnozi qo’yiladi va ayrim muhitlarga shu mikrob yuqqanligi bilib olinadi.
1) tekshiriladigan manbani ekish; 2) oziqli muhitlarda mikroblarning o’sish xususiyatlarini o’rganish; 3) toza kulьturani ajratib olish; 4) toza kulьturaning xossalarini o’rganish va uning qaysi turga mansub ekanligini aniqlash. Tekshirishning birinchi kunida tekshiriladigan manba agarli 2-3 likopchaga ketma-ket ekiladi. Bir qancha hollarda tekshirilayotgan manba bevosita suyuq muhitlarga ekiladi, masalan, venadan steril sharoitda olingan qon bulьonga ekiladi. Manba ekilgan muhitlar termostatda 18-24 soat saqlanadi. Manba ekilgan vaqt, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com bemorning familiyasi, laboratoriya jurnalidagi analiz nomeri likobchaning tubiga mum qalam bilan yozib qo’yiladi. Ikkinchi kun. Ekilgan mikroblar termostatda undirilgach tekshirila boshlaydi. Mikroblar qalan o’sib chiqqan dastlabki likobchalar tekshirishga yaramaydi, mikroblar ayrim-ayrim koloniya holida o’sgan likobcha esa tekshiriladi. Koloniyalarni lupada yoki mikroskopning kichik ob’ektivi bilan sinchiklab tekshiriladi. Koloniyalarning tashqi ko’rinishi, kattaligi, shakli, konsistensiyasi, chetlarining xarakteri, tiniqligi, pigmenti-bu belgilarning hammasi mikroblarning ayrim turlarini ta’riflash uchun diagnostika nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir. Belgilangan shubhali koloniyalardan surtmalar tayyorlab, Gramm usulida
bo’yaladi. Mikroblarning morfologik xususiyatlarini, harakatchanligini o’rganiladi. Boshqa koloniyalarga tegib ketmaslik uchun ehtiyot bo’lib, ma’lum bir tur mikroblarning toza kulьturasini ajratib olish maqsadida .qiyshiq agarga shubhali koloniyadan qovuzloq bilan olib ekiladi. Ekilgan mikroblarni yana termostatga qo’yiladi. Uchinchi kuni. Qiyshiq agardagi mikroblar termostatda undirilgandan keyin ularning toza kulьturadagi o’sish xususiyatlarini o’rganiladi va ajratib olingan kulьturada begona mikroblar bor-yo’qligini tekshirib ko’riladi, buniig uchun surtma tayyorlab, Gramm usulida bo’yaladi. Download 141.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling