Mikrobiologiya qismidan r e f e r a t
Viruslarni va rekketsiyalarni undirish
Download 141.07 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5415779513432804527
Viruslarni va rekketsiyalarni undirish. YUqorida aytilganidek, viruslar
bakteriyalar bilan zamburug’lardan farq qilib, odatdagi oziqli muhitlarda o’smaydi, balki tirik yoki yoshini yashab bo’layotgan to’qima hujayralaridagina ko’payadi. Viruslarni to’qima kulьturalarida undirish usuli ko’proq qo’llaniladi. SHu maqsadda turli-tuman to’qimalar, yaxshisi-tez o’sadigan, embrional to’qimalar, masalan, odam yoki hayvonlar embrionining qo’shuvchi to’qima hujayralari (fibroblastlari), o’pka, buyrakning epiteliy to’qimasi, shuningdek xavfli o’smalarning hujayralari qo’llaniladi. Tuzlar tarkibi organizmning tuzlar tarkibiga yaqin keladigan, muayyan rN, vitaminlar va oziq moddalar bo’lgan maxsus suyuq oziqli muhitda to’qimalar in vitro (organizmdan tashqarida) o’sadi.
Probirkalarning ichki
devoriga biriktiriladigan yoki matraslar tubiga joylashtiriladigan bir qavatli to’qima kulьturalarini tayyorlash usuli keng rasm bo’ldi. Virus shu kulьturalarda ko’payganligi mikroskopning kichik ob’ektivi yordamida, virus ko’paygan hujayralarda ro’y bergan o’zgarishlarga qarab aniqlanadi (virusning sitopatogen ta’sirida hujayralar degenerasiyasi ro’y beradi, ularning devorlari ko’chadi va hokazo). Virusning turi virusni immun zardob bilan neytrallash reaksiyasini qo’yish yo’li bilan aniqlanadi. Viruslarni tovuq embrionining pardalarida undirish usuli ham ko’p qo’llaniladi. SHu maqsadda urug’langan tuxumlarni inkubatorga qo’yiladi va 6-7 kun o’tib, embrion baralla ko’rinib qolgach (tuxum po’chog’idan ko’rinib turadi) embrionli tuxumlar (7-rasm) tanlab olinib, yanada ochiriladi (inkubasiya). Virusning turiga qarab, inkubasiyaiing 7-14-kuni yuqumli manbani qat’iy aseptik sharoitda tuxum po’chog’ining ostiga-allantons bo’shlig’iga yokn xorion-allontons pardasiga, sarig’likka yoki amnion bo’shlig’iga igna sanchish yo’li bilan yuboriladi, teshikni berkitiladi va tuxumni yana inkubatorga ko’yiladi. Virus PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com embrion pardalari va to’qimalarida ko’payadi. Virus borligi mikroskopik yo’l bilan (elementar tanachalar), laboratoriya hayvonlariga yuqtirish yo’li bilan yoki neytrallash, gemagglyutinasiya va boshqa reaksiyalarni qo’yish yo’li bilan tekshiriladi.
7 – rasm. Tovuq embrioni. 1 – xorion – allantons; 2 – allantons bo’shlig’i; 3 – amnion bo’shlig’i; 4 – sariqlik xaltasi; 5 – havo xaltasi; 6 – po’choq ostidagi pardasi.
Download 141.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling