Mikrobiologiya sanoati


Download 54.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.11.2021
Hajmi54.93 Kb.
#169761
Bog'liq
Mikrobiologiya sanoati - Vikipediya



Mikrobiologiya sanoati

Mikrobiologiya sanoati - sanoat tarmogʻi; ishlab chiqarish jarayonida turli nooziq-ovqat xom

ashyo turlari (neft va gaz uglevodorodlari, gidrolizatlar, yogʻoch)dan va qand lavlagi,

makkajoʻxori, moyli va yormabop ekinlar va boshqalarning donini sanoatda kayta ishlash

chiqitlaridan qimmatli mahsulotlarni mikrobiologik sintez qilib olishga asoslanadi.

Oqsilvitaminli konsentratlar, aminokislotalar, vitaminlar, ferment preparatlari, antibiotiklar,

oʻsimliklarni zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishda qoʻllaniladigan bakteriyali va

virusli lre-paratlar, bakteriyali oʻgʻitlar, shunin-gdek, oʻsimlik xom ashyosini kompleks qayta

ishlash mahsulotlari — furfurol, ksilit va boshqa ishlab chiqaradi. Mikrobiologiya sanoati

fantexnika taraqqiyoti yutuqlari negizida vujudga kelgan va mikrobiologiya texnikasi, kimyo,

fizika, kimyoviy texnologiya, biotexnologiya va boshqalarning eng yangi yutuqlariga

tayanadi. Mikroorganizmlarga xos boʻlgan moddalarning fermentlar taʼsirida oʻzgarishlarida

yuzaga keladigan ulkan energiyadan qishloq xoʻjaligi va sanoat uchun zarur mahsulotlarni

maqsadga muvofiq sintez qiladigan mukam mal muhandislikbiologik sistemalar barpo

etilgan. Mikrobiologiya sanoati mahsulotlarining katta qismi biologik jihatdan yuqori sifatli

aralash yem ishlab chiqarishda ishlatiladi. Yemga qoʻshilgan 1 t yem achitqi tirik vaznda

qoʻshimcha 1,5—2 t parranda goʻshti yoki 15—25 ming dona tuxum olishni taʼminlaydi va 3,5

—5 t donni tejash imkoniyatini beradi. Yem achitqilari bilan birga ratsionda yetishmaydigan

vitaminlar va aminokislotalar, yem antibiotiklari, fermentli preparatlar mollarning ozuqa

ratsioniga qoʻshiladi.

Mikrobli va virusli insektitsidlar odamlar, foydali hayvonlar va hasharotlar uchun xavfsiz

hisoblanadi. Fermentli preparatlar qishloq xoʻjaligi xom ashyolariga ishlov berishda bir

qator texnologik jarayonlarni ancha tezlashtiradi, oziq-ovqat, goʻsht, sut sanoati, yengil

sanoatda mahsulot chiqishini oshiradi va sifatini yaxshilaydi. Fermentli preparatlar,

shuningdek, kimyo va qora metallurgiya sanoatida, sanoat va kommunal oqova suvlarini

tozalash tizimlarida qoʻllaniladi. Mikrobiologiya sanoati mahsuloti boʻlgan lizin, fermentli va

oqsilli preparatlar non va non mahsulotlarini, oziq-ovqat kotsentratlarini oqsil bilan boyitish,

ularning ozuqalik qimmatini oshirishda foydalaniladi. Oʻzbekistonda Mikrobiologiya sanoati

mahsulotlari "Qoʻqon spirt zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1989; don (bugʻdoy)dan

rektifikatsiya qilingan etil spirti), "Andijon biokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati (1953;



  Soʻnggi tahrir 2 yillar avval PlanespotterA320 tomonidan amalga oshirildi

 

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).

furfurol, spirt, etil spirti, quruq xlorella va boshqa mikrobiologiya mahsulotlari); Yangiyoʻl

"Biokimyo" aksiyadorlik jamiyati (1949; etil spirti, oʻsimlik xom ashyosidan texnik spirt, yem-

xashak achitqisi, quruq yem-xashak qoʻshimchasi), Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi

(1946; chigit shulxasi, sholi qipigʻi, paxta lin-ti va boshqalardan furfurin, etil, texnik

spirtlar)da ishlab chiqariladi. Mikrobiologiya sanoatining ayrim mahsulotlari

"Oʻzfarmsanoat" kompaniyasi korxonalarida tayyorlanadi.

Rixsivoy Yoqubov.

[1]


1. 

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy

ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index.php?



title=Mikrobiologiya_sanoati&oldid=1994094

" dan olindi 



Manbalar

Download 54.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling