Mikrobiologiya va farmakologiya silga, zaxmga va viruslarga qarshi dori vositalari
Download 166.5 Kb.
|
Силга, захмга ва вирусларга қарши
SILGA QARSHI REZERV PREPARATLAR
(II- qator preparatlari) PASK - paraaminosalitsilat natriy - sil tayoqchasiga kuchli bakteriostatik ta'sir korsatadi, boshqa mikroorganizmlarga ta'sir etmaydi. Ta'sir mexanizmi: PASK molekulasining tuzilishi sil tayoqchasining rivojlanishi uchun zarur bolgan PABK (paraaminobenzoy kislotasi)ga oxshash bolganligi tufayli, mikroorganizmlar protoplazmasidagi tashqi muhitdan PABKni xujayra ichkarisiga olib otuvchi funktsional faol guruhlarni bloklaydi. Tuberkulostatik faolligi boyicha PASK izoniazid va streptomtsindan kuchsizroq. Shu tufayli preparatni unga nisbatan kuchliroq bolgan preparatlar (izoniazid, sikloserin, kanamitsin va boshqalar) bilan birlikda qollaniladi. MIT dan PASK yaxshi soriladi. Ichilganda qonda maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin hosil boladi , 6 coatdan song esa qonda preparatning juda oz miqdori saqlanadi. Preparat 50% qon zardobi oqsillari bilan boglanadi. Seroz boshliqlarda kerakli miqdorlarda toplanadi. Organizmdan ozgarmagan va atsetillangan metabolitlar holatida peshob tarkibida (filtratsiya, aktiv sekretsiya) ajraladi. PASKning samarador bakteriostatik kontsentratsiyasini saqlab turish uchun, uni kuniga 4 mahal 2-4 gramdan qabul qilish kerak. Preparatning klinik ta'siri odatda kamida 300 gramm qabul qilingandan keyin rivojlanadi, davolashning bir kursiga odatda 1000 gramm (1kg) preparat sarflanadi. Sil mikobakteriyalarining PASKga chidamliligi sterptomitsinga nisbatan sekin rivojlanadi. Sterptomitsinga rezistent bolgan sil tayoqchalari PASKga sezgir boladi. PASKni odatda enteral yol bilan kiritiladi, ba'zan t/i ga in'ektsiya qilinadi va mahalliy qollaniladi. PASK kamzaharli birikma, lekin noxush ta'siri mavjud: - dispepsiya (kongil aynshi, ishtahaning yoqolishi, kamdan-kam qusish) preparatning shilliq qavatlarni ta'sirlash xususiyati bilan bogliq; - allergik reaktsiyalar (eshak emi, tumov, konyunktivit, isitmalash); - kamda-kam hollarda jigar yoki buyrakning shikastlanishi, agranulotsitoz boladi; - antitireoid ta'sir (boqoq) - qalqonsimon be'z gormonlari sintezining buzilishi bogliq; - tomirga kiritilganda flebitlar, tez kiritilganda toksiko-allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. BEPASK (kaltsiyli benzil paraaminosalitsilat kislotasi ) - ichilgandan song organizmda preparatdan sekin-asta PASK ajraladi va u bakteriostatik ta'sir korsatadi. Bepask qollanilganda qonda PASKning koproq turgun kontsentratsiyasi hosil boladi. PASKga korsatmalar boyicha enteral yol bilan qabul qilinadi . ETIONAMID - sil mikobakteriyasi va moxov qozgatuvchisiga ta'sir korsatuvchi sintetik preparat. Bakteriostatik ta'sir kuchi streptomitsin va izonikotin kislotasi gidrazidi unumlarinikidan pastroq bolsada, sil tayoqchasining ularga chidamliligi rivojlangan xolatlarida ham etionamid yaxshi ta'sir korsatadi. Lekin etionamidning oziga mikobakteriyalar tez rezistentlik orttiradi, shuning uchun bu preparatni boshqa prepatlar bilan birga qollaniladi. MITdan yaxshi soriladi, GEBdan oson otadi. Jigarda tez metabolitlar hosil qiladi va asosan metabolit shaklida buyrak orqali ajraladi. Etionamidni enteral (rektal) va t/iga qollash mumkin. Etionamid tez-tez noxush asoratlar chaqiradi: - dispepsiya (50% bemorlarda), ba'zan u ogir kechadi; - allergik reaktsiyalar,gepatotoksik, MNS va periferik nerv siste-masining buzilishlari, ortostatik kollaps. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling