Mikrobiologiya va farmakologiya silga, zaxmga va viruslarga qarshi dori vositalari
Download 166.5 Kb.
|
Силга, захмга ва вирусларга қарши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noxush tasiri
Ta'sir mexanizmi: bakteriyalarda oqsil sintezini susaytiradi, bakteriostatik va bakteritsid ta'sir etadi. Kanamitsin MITdan yomon soriladi, shu tufayli uni parenteral yol bilan kiritiladi (mG`i). Antibakterial ta'siri bir soatdan keyin boshlanib 6-12 soat davom etadi. Seroz pardalardan otib, plevral, peritonial, sinovial suyuqliklarda, bronxlarning shilliq qavati sekretlari va safroga yaxshi otadi. Odatda GEBdan otmaydi, lekin meningitda oson otadi, platsentar barerdan ham otadi. Asosan peshob tarkibida ajraladi (24-48 soat), buyrak xastaliklarida ajralishi sekinlashadi. Kanamitsinni asosan opka va boshqa a'zolar silini davolashda sil tayoqchasi boshqa silga qarshi I va II qator preparatlariga chidamli bolsa, qollaniladi. Ichakdan yomon sorilganligi uchun najas tarkibida ozgarmagan holda ajraladi. Aerozol sifatida ingalyatsiya qilinsa, yuqori nafas yollarida katta kontsentratsiya hosil qiladi. Lekin u erdan yomon soriladi. Preparatni haftada 6 kun qollab bir kun dam beriladi. Shu sikl bir oy boladi. Plevra va bogim boshliqlariga 0,25% suvli eritmasi kiritiladi. Qollanilishi: opka sili (ingalyatsiya), buyrak sili va boshqalar.
Noxush ta'siri: eshitish nervining yalligllanishi (karlik) -ototoksik ta'sir belgisi, quloqning shangillashi. Nefrotoksik: silindruriya, albuminuriya, mikrogematuriya. Kuraresimon ta'sir (nerv mushak blokadasi), allergik reaktsiyalar, paresteziyalar, jigarning jarohatlanishi, dispepsiya. Noxush ta'sir rivojlansa - kaltsiy pantotenat, ATF qollash kerak. Boshqa ototoksik ta'sirga ega antibiotiklar bilan kanamitsinni qollash ma'n etiladi (streptomitsin, monomitsin, neomitsin), 10-12 kundan keyin qollash mumkin. FLORIMITSIN - nursimon zamburuglar ishlab chiqaruvchi antibiotik, ximioterapevtik xossalari boyicha kanamitsinga oxshash. Sil tayoqchasi hamda grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga bakteriostatik ta'sir korsatadi, rezerv preparatlardan hisoblanadi. Florimitsinni asosan bir qator preparatlari samarasiz bolganda (chidamlilik rivojlangan yoki preparatni qollash mumkin bolmagan hol larda) qollaniladi. MITdan sorilmaydi, parenteral yol bilan kiritiladi (m/i). florimitsinni 1 va 2 qator preparatlari bilan (PASK, sikloserin) birga qollaniladi. Davolash odatda 5 kun bolib, 2 kun dam beriladi. Noxush ta'siri: ototoksiklik (eshitish nervining yalliglanishi), bosh ogrigi, allergik dermatitlar, proteinuriya. Buyrak xastaligida florimitsin organizimda toplanib qoladi va zaxarli ta'sir korsatadi. Neyrotoksiklik va ototoksiklik xossalarini yoqotish uchun kaltsiy patotenat qollaniladi. Florimitsinni ototoksik xossaga ega bolgan boshqa antibiotiklar bilan birga qollash mumkin emas. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling