Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet133/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Ekspress - diagnostika
Bilvosita to'g'ridan-to'g'ri immunoflyuoressensiya (Kuns) reaksiyasi B1FR (RIF) juda spetsifik bo'lib. bunda zararlangan hujayralardan virus antigelarini nishonlangan flyuoressentli antitelalar yordamida aniqlash mexanizimi yotadi. Tekshirish uchun material bo'lib. bemorning tomoq.


251




burun halqum chayindilari va shu chayindilar bilan yuqtirilgan hujayra kulturalari xizmat qiladi. Preparat tayyorlash uchun olingan chayindi sentrifugada bir daqiqa da 2000-3000 marta 10 daqiqa aylantiriladi. Cho‘kmadan bir nechta buyum oynachalariga surtmalar tay-yorlanadi va quritilib 5 daqiqa davomida toza atsetonda fiksatsiya qilinadi. Keyin xuddi shu preparatlar nishonlangan flyuoressentli antitelalar (maxsus chiqarilgan: grippning A1,A2; paragrippning 2 va 3 tip viruslari; respirator sinsitial virusga qarshi, adenoviruslarga qarshi ko'p valentli zardob) bilan ishlanadi.
Agar bilvosita usul qo‘llanilsa, surtmaga oldin yuqorida keltirilgan viruslarga qarshi spetsifik AT qo*shilib, keyin yuvib tashlanadi va nishonlangan flyuoressentli odam antiglobulinli qon zardoblari bilan ishlov beriladi va preparatlarni lyuminitsent mikroskopda ko‘zdan kechiriladi. Preparatda viruslar bo‘lsa, lyuminitsent mikroskopda maxsus nur sochayotgan virus zarrachalariga e’tibor beriladi: yog‘dulanayotgan adenoviruslar hujayraning yadrosida ko‘rinsa; gripp va paragripp viruslari sitoplazmada yig‘ilib qolgan bo*ladi. Hujayralardagi virus zarralari va ularning soniga qarab reaksiya javobi o‘qiladi.
Virusologik tekshiruv. 0‘tkir respirator virusli kasalliklarda tekshirish uchun material burun halqum chayindisi, balg4am va boshqalar boMishi mumkin. Patologik material hujayra yoki tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo‘qotish uchun antibiotiklar bilan ishlov berilib (pensillin, streptomitsin 1000 ТВ ml) sentrifuga qilinadi. Virusologik ishlar hammasi bokslarda o‘ta steril sharoitlarda olib boriladi.
Cho kma ustidagi suyuqlik pipetka yordamida so‘rib olinib, har bir viruslar uchun mos bo'lgan hujayra kulturalari ga (gripp virusi tovuq embrionining amniotik va allantois bo‘shlig‘iga, inaymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; paragripp virusi maymun, odam embrionining buyragidan va odam embrionining fibroblastlaridan tayyorlangan to‘qima kulturalariga; paratit tepki virusi tovuq embrionining amniotik bo‘shlig‘iga va yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; qizamiq virusi odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga) yuqtiriladi, bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalariga (Hela, KB, Vero va boshqalar); RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan


252


birlamchi hujayra va undiriluvchi o‘sma hujayra kulturalariga (Hela, HeP'2, KB); adenoviruslar esa odam embrioni buyragidan tayyorlangan birlamchi va undiriluvchi Hela, Hep-2 hujayra kulturalaridan ham foydalaniladi. Virus yuqtirilgan tovuq embrionlari va hujayra kulturalari j7° da termostatda saqlanadi.


O* tkir respirator kasallik keltirib chiqaruvchi viruslarni indikatsiya va identifikatsiya qilish usullari. 0‘tkir respirator kasallik keltirib chiqaruvchi viruslarni indikatsiya (indikatsiya-virus borligini aniqlash) qilishda NR, gemadsorbsiya, GAR va immunoflyuoressensiya usullaridan foydalaniladi. Immunoflyuoressent usul boshqa usullardan farq qilib (NR, gemadsorbsiya, GAR) viruslar materialda juda kam miqdorda bo‘lsa ham uIarni aniqlash imkonini berishi mumkin. Immunoflyuoressent usul bilan faqat viruslarni topish emas, balki paragripp viruslari, RSV, adenovirus va mikoplazmalar yuqtirilgan hujayra kulturalarida viruslarni identifikatsiya qilish mumkin. Bundan tashqari, viruslar hujayra kulturalarida yig‘ilib 4°lgandan so‘ng, KBR da adenoviruslarni, GATR, KBR va spetsifik zardoblar bilan neytrallash reaksiyalarida paragripp, tepki, qizamiq 'viruslarini bir-biridan farqlash mumkin.
Gripp viruslarini ajratish, passaj qilish va titrlash uchun ular nvojlanayotgan tovuq embrionlarida o‘stiriladi.
Gripp virusining amniotik yoki allantois suyuqlig‘ida bor yoki mavjud emasligini taxminiy GAR yordamida aniqlanadi. Gripp A virusi tovuq, dengiz cho‘chqachasi, odamning I (O) qon guruhi eritrotsitlari bilan, В viruslari esa faqat tovuq eritrotsitlari bilan agglyutinatsiya beradi.
Gemagglyutinatsiya reaksiyasi bilan viruslarni titrlash uchun eritrotsitlarning I foizli suspenziyasi olinadi. Virus titri ++ (1 ta ABB- bitta agglyutinatsiya beruvchi birlik) dan kam bo‘lmagan eritrotsitlarning agglyutinatsiyasini beruvchi eng ko‘p suyultirilgan eritmasiga aytiladi.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling