Mikrobiologiya va
Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash
Download 1.89 Mb.
|
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа
Rikketsiyalarni Zdrodovskiy usuli bilan bo‘yash
Surtmasuyultirilgan Sil fuksini bilan (10-15 tomchi 10 ml distillangan suvga tomiziladi) 5 daqiqa davomida bo‘yaladi. Suv bilan yuviladi. Surtmaga 0,5% li limon kislota yoki 0,01% li vodorod xiorid kislota eritmasi tomiziladi. Suv bilan yuviladi. 40 Metilen ko'ki bilan 1 daqiqa davomida bo'yaladi. Preparat suv bilan yuviladi va quritiladi. Rikketsiyalar Zdrodovskiy usuli bilan qizil rangga bo'valadi. i>hida Xlamidiyalar. Chlamydias tipiga Chlamydiae sinfiga va bularga 2 ta avlod Chlamydia, Chlamvdophila kiradi. Xlamidiyalar grammanfiy sharsimon obligat hujayra ichida у ashovchi parazit bakteriyalar bo'lib, faqat tirfk hujayralardagina hayot kechiradi. Xlamidiyalar energetik parazitlar sitatida qaraladi, chunki ular o’zlari hujayra uchun zarur energiya boTgan adenozintrifosfat (ATF) va guanozintrifosfat (GTF) sintez qila olmaydi. bu energiyani xo'jayin hujavrasidan o‘zlashtiradi. Xlamidiyalarning 2 ta biologik shakli tafovut qilinadi: elementar tanacha (ET), sferik shaklda, metabolitik aktiv emas (0,3 mkm) hujayradan tashqarida uchraydi.J infekston, sezgir hujayralarga kira oladi. ET epitelial hujayralarga endotsitoz yo'li bilan kiradi va hujayra ichida vakuolada shakllanadi, kattalashib aktiv bo'limivchan retikulyar tanachaga (RT) aylanadi. RT ko'payib ET aylanadi va hujayradan chiqadi, yangi sikl takrorlanadi. Xlamidiyalar Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo'yaladi, grammanfiy, fazokontrast mikroskop ostida, tirik holda tayyorlangan preparatlarda juda yaxshi ko'rinadi. Mikoplazmalar. Fermicutes tipiga, Mollicutes sinfiga va bularga ta avlod Mycoplasma, Ureaplasma kiradi. Mikoplazmalami hujayra devori bo'lmaydi, osmotik sezgir, lekin sitoplazmatik membranasi yaxshi rivojlangan, uch qatlamli lipoproteidlardan tarkib topgan. Ko‘plab morfologik shakllari uchraydi: kokksimon, ipsimnp, 1^п1Ья.«;1топ. Mikoplazmalarning o'lchami 125-250 mkm atrofida, grammanfiy, spora kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz. Mikoplazmalar odamlarda atipik pnevmoniya va siydik tanosil yoTlari kasalliklarini keltirib chiqaradi. Aktinomitsetlar. Actinobacteria tipiga, Actinobacteria sinfiga va Actinomyces avlodiga kiritilgan. Aktinomitset hujayralari uzun va shoxlangan ipsimon. tayoqchasimon grammusbat bakteriyalar bo'lib, zamburug' lar singari mitsgUya hosil qiladi, lekmuTav&m farq qilib substratli mitseliy hosil qiladi. Substratli mitseliyasi hujayrani oziq muhitlarga o'sib kirishini ta’minlaydi. Boshqa bakteriyalar singari aktinomitsetlar anilin bo'yoqlari bilan bo'yaladi. Odatda, ular oddiy yoki Gram usuli bilan bo'yaladi. Mitseliya iplarining uzunligi 100-600 mkm, eni 0,2-1,2 mkm. Aktinomitsetlar 41 sporalar hosil qilib ko‘ndalangiga bo‘linib, kurtaklanib ko‘payadi. Ular kapsula, xivchin hosil qilmaydi. Aktinomitsetlar 0*2 nomini to*qima shakliga qiyoslab olgan, ya’ni jarohatlangan to'qimalarda aktinomitsetlar druzshaklida(19-rasm), bir-birigachirmashib ketgan iplar (nur sochuvchi) ko‘rinishida bo‘lib, markazdan boshlanib kolbasimon yo‘g*onlashib tugaydi (yunoncha “actis” - nur, “mykes” — zamburug*). 19-rasm. Aktinomiset druzasi Aktinomitsetalar asosan tuproqda uchraydi. Aerob nafas oluvchi, Grammusbat bo'yaladi. aktinomikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Oddiy oziq muhitlarda ham yaxshi o'sadi. Streptomiyces avlodiga streptomitsetlar kiradi, bularning mitseliyalari har doim saqlanib qoladi. Ba’zi avlodga kiruvchi aktinomitsetlarning mitseliyalari parchalanib tayoqchasimon hujayralarga aylanib qoladi. Streptomitsetlardan streptomitsin antibiotiki olinadi. To‘qimada yiringli oqma yara hosil qiladi. Kontakt уоЧ bilan va og'iz orqali oziq-ovqatlardan yuqadi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling