Mikrobiologiya va


- -Q Ik*0- * 54 4 « OJ T


Download 1.89 Mb.
bet17/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

- -Q
Ik*0-
* 54 4 « OJ T


44




3-MASHG‘ULOT.
Mavzu. Umumiy virusologiya. Viruslarning reproduksiyasi.
Virusli yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish. Bakteriofaglar
Mashg4ulot rejasi

  1. Turli viruslar va faglaming morfologiyasi, struktura tuzilishini o‘rganish.

  2. Viruslarning hujayra kulturasi, tovuq embrioni va laboratoriya hayvonlari organizmida o‘stirish.

  3. Viruslarni hujayra kulturasi va tovuq embrionida aniqlash (indikatsiya) usullari.

  4. Viruslarni identifikatsiya qilish usullari

  5. Faglarai aniqlash (indikatsiya) usullari

Namoyish qilish

  1. Virusologik amaliyotda ishlatiladigan idishlar, asboblar (hujayra kulturasini o4stirish uchun shisha idishlar, matras, ovoskop, avtomatik titrlashda qo‘llaniladigan pipetkalar, planshetkalar).

  2. Viruslar morfologiyasini Morozov usuli bilan bo‘yalgan tayyor preparati ari.

  3. Viruslarni saqlanishini ta'minlaydigan va ko‘paytirishda qoTlaniladigan oziq (199, Igla, Xenks, gidrolizat va bosh.) muhitlar.

  4. Oddiy va murakkab virionlar tuzilishini sxema va elektron- mikroskopik fotosuratlari, rangli rasmlar.

  5. Birlamchi hujayra kulturasi va ularning tayyorlash bosqichlarining sxemasi.

  6. 10-12 kunlik tovuq embrioni va unga patologik materiallami yuqtirish usullari.

  7. Viruslarni indikatsiya va identifikatsiya qilish usullari.

Viruslar morfologiyasi va ulturastruktura tuzilishi
Mikroblar olamiga hujayra tuzilishiga ega bo‘lgan prokariot va eukariotlardan tashqari hujayra tuzilish shakliga ega boMmagan patogen agentlar ham kiritilgan. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. Prionlar.


45


i


  1. Virioidlar.

  2. Viruslar.

Prionlar (ing.so'z proeinaceous infectious partial — oqsilsimon yuqumli boMakcha). Hujayrada normal prion oqsil strukturasi bo'lib (PrP- -celluar prion protein) tarkibida nuklein kislota tutmaydi. Norma) prion oqsili nukleazalarga rezistent bo'ladi. lekin proteaza fermentlar ta'sirida inaktivatsiyaga uchraydi. Ularni issiq qonli organizimlardagi (odamda)

  1. xromosoma tarkibidagi prion genomi tomonidan kodlashtirilib. boshqarilib turadi. Uzoq davom etuvchi mutatsiya ta'sirida PrR ■ gen va Pr RScishtirokida transshakltsiyalanib (PrR c) normal prion oqsilidan proteaza fermentlarga chidamli PrR (screpie prion protein) patogen agentga aylanadi. Prion oqsillari boshlang'ich yuqumli agent sifaticla (skrepi) tovuqlardan. (Kroytsfeldt-Yakob kasalligi). katta shoxli qoramollardan (spongik ко* rinishdagi ensefalopatiya - sigirlar qutirishi kasalligi) a j rat i b olingan.

Viruslar esa hozirgi kundagi tasnifsiga asosan vira (Vira) podisholigiga kiritilgan. Viruslar o'ta mayda organizimlar boiib, ularda hujayra tuzilishi va oqsil sintez qiluvchi sistemasi shakillanmagan. Tarkibida bitta tipdagi nuklein kislotasi tutadi (RNK yoki DNK).
Qa’tiy obligat hujayra ichida ko'payuvchi parazitlar hisoblanib, parazitligini genetik darajada amalga oshiradi. Shuning uchun viruslarni genetik parazitlar ham deb atashadi.
Viruslar avtonom genetik strukturalar bo'lib, faqat viruslarga xos bo‘lgan bir-biridan ajralgan (disyunktiv) usul bilan ko‘payadi, ya’ni virusning nuklein kislotasi hujayrada alohida sintez bo'Isa, uning oqsillari boshqa joyda sintez bo'ladi, key in ular har bir virus tiplariga xos boMgan joyda (yadroda, yadro membranasida, sitoplazma strukturalarida yoki sitoplazmatik membranada) yig'iladi. Ularning уig' iI ishida nuklein kislota oqsilni tanishi, oqsil-oqsilni tanishi prinsiplari yotadi. Viruslarning hujayradan tashqarisidagi shaklini virion deb, hujayra ichidagi shaklini esa virus deb yuritiladi.
Viruslarning morfologik va ultra strukturasini elektron mikroskop yordamida o'rganiladi.
Virionlar o‘lchami jihatdan mayda (22-30 nm poliomielit), o'rta (80-120 nm gripp), katta o'lchamda (200-350 nm chin chechak)bo'lishi mumkin.


46
















Rabdovinis


Х«еч





Т - kolifag
Ф


Dumli ins


Adenovirus


Gripp virusi


Polemvinis Pikomavinis X 174 fag Tubulovirus

  1. rasm. Viruslar qiyosiy o4cliamlari

Virionlarning shakli ham (21-rasm) turli ko'rinishlarda uchraydi. Shakli tayoqchasimon (tamaki bargi virusi). o'qsimon (qutirish virusi), sharsimon (gripp. paragripp, gepatit В viruslari), ipsimon (fiaviviruslai*), kubsimon (chin chechak, ospa vaksina) spermatozoidsimon (bakteriofaglar) boiishi mumkin.
Viruslar genomi gaploid ko‘rinishda bo4lib. bir tipdagi nuklein kislotadan DNK yoki RNKdan iborat. lekin retroviruslarda diploidli genom uchraydi. Virus genomi oltitadan bir necha yuz genlar tutishi mumkin va ularning nuklein kislotalari - ikki ipli. bir ipli, chiziqli, halqasimon va fragmentlangan boMishi mumkin.
RNK saqlovchi viruslarda faqat musbat ipli (+RNK) genom tutuvchi viruslar uchrab, infeksion virus deb ham ataladLBu viruslarda transkripsiya kuzatilmaydi, virusning RNK si bir vaqtning o'zida inshakltsion (iRNK) vazifasini ham bajaradi.
Manfiy ipli RNK tutuvchi viruslarda esa RNK genomi faqat nasliy funksiyani bajaradi.
Virionlar tuzilishi jihatdan oddiy (yalang'och) va murakkab (keyingan) viruslarga boiinadi. Oddiy viruslarga (shol. gepatit A), murakkab viruslarga (qizamiq. OITV, gepatit B) kiradi.
Oddiy virionlar nuklein kislota va uni zich o‘rab turgan oqsil qobig‘i -kapsiddan iborat (capsa- lotincha '*g41of‘ demakdir). Virionlarning


47




kapsidlari o*z navbatida ketma-ket keluvchi subbirliklardan iborat bo * 1 i b. ularni kapsomerlar deb ataladi (22-rasm).





22-rasm. Viruslarning tuzilishi va simmetriya.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling