Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet20/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

\ -serologik reaksiyalar, an’anaviy serologik reaksiyalar (KBR, PR, NR) ЪПап bir qatorda zamonaviy (IFA, RIU, immunbloting) usullar;
-molekulyar-genetik tekshirish usullari-molekulyar gibridizatsiya (MG) va polimeraza zanjirli reaksiya (PZR).
Asosan viruslarni laboratoriya sharoitida ajratib olishda quyidagi usullardan foydalaniladi: sezgir laboratoriya hayvonlarga yuqtirish, rivojlanuvchi tovuq embrionida va hujayra kulturasida o'stirish.
Viruslami undirib olishda hujayra kulturalari muhim ahamiyatga egadir. Hujayra kulturasi—sun’iy sharoitda o‘sish va ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, odam va hayvonlaming to‘qima hujayralaridir.
Hujayra kulturalarini olish, qo‘llashda4 ta muhim bo‘lgan muommalarni hal qilishga to‘g‘ri keladi, bularga quyidagilar kiradi:

  1. Bir-biridan chegaralanib yotgan, miqdoriy jihatdan yetarli hujayralami olish.

  2. Bu hujayralami saqlash vako‘payishini ta’minlovchi oziq muhitlarni qo‘llash.

  3. Hujayra kulturalarida bakteriyalarning ko‘payib ketmasligi uchun chora- tadbirlar qo‘llash.

  4. Viruslami hujayra kulturalarida ko‘payotganligini (indikatsiya) aniqlash va ularni bir-birdan (identifikatsiya) saralash.


52




Virusologik amaliyotda qo‘llaniladigan oziq muhitlar. Hujayra kulturasini saqlash va ko‘paytirishda murakkab tarkibga ega bo‘lgan muhitlar qo‘lianiladi. Bu muhitlar tarkibiga aminokislotalar, vitaminlar, odam yoki hayvon qon zardobi, mineral tuzlar kiradi va ularning pH buferli eritmalar stabil saqlaydi.
Hujayra kulturalari uchun tayyorlangan ko‘pgina oziqli muhitlar tarkibi tuzli eritmalardan iborat. Virusologik amaliyotda turli eritmalar hujayra kulturalami organizimdan tashqarida yashashini ta’minlaydi va ularni tayyorlash jarayonida to‘qima hamda hujayralami yuvishda qo‘llaniIadi va virusologik oziq muhitlarni tayyorlashda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Amaliyotda eng ko‘p Xenks va Erl tuzli eritmalari ishladiladi.
Virusologik amaliyotda qo'llaniladigan oziqli muhitlar kelib chiqishiga qarab farqlanadi:

  1. Tabiiy oziq muhitlar (kam qo‘llaniladi).

  2. Oqsil moddalarning fermentativ gidrolizatlari.

  3. Sun’iy oziq muhitlar.

Tabiiy oziq muhitlar asosan tuzli eritmalar asosida tayyorlaniladi va ularga odam va hayvonlar zardobi, amniotik suyuqlik va embrional ekstrakt qo‘shiladi.
Zardoblarsog‘lom odam, ot, sigir, buzoq, tovuq, quyon va boshqalarning qon zardoblari ishlatiladi. Zardoblar olingandan keyin ularni hujayra kulturalariga toksik ta’sirga ega emasligi aniqlanadi va uzoq muddat sovutkichlarda saqlanishi mumkh.
Amnion suyuqligi homilador hayvonlar va ayollardan asseptika qoidalariga rioya qilgan holda olinadi. Arp-iion suyuqligi rezina tiqinli flokonlarda sovutkichlarda saqlanadi. "■
Embrional ekstraktlar asosan 10-12 kunlik tovuq yoki hayvonlar embrionidan tayyorlanadi. Embrion tanasi qondan tozalanib, maydalaniladi va teng hajmda biror tuzli eritma (ko‘pincha Xenks) qokshiladi 30 daqiqa sentrifuga (3000 aylanma/daqiqa.) qilinadi. Olingan cho‘kma usti suyuqligi pipetkalar yordamida ajratib olinib muzlatkichlarda saqlanadi.
Fermentativ gidrolizat saqlovchi oziq muhitlar. Ko‘proq sut laktoalbuminining gidrolizati, kazein va shoxli hayvonlarni oqsil gidrolizatlari ishlatiladi. Bu gidrolizatlardan oziq muhit tayyorlashda ularga tuzli eritmalar va 2, 4 va 10% gacha zardoblar qo‘shiladi.
Sun’iy muhitlar. Bular ma’lum kimyoviy moddalardan tayyorlaniladi, shuning uchun ular doimiy va aniq tarkibga ega bo‘ladi. Ular tabiiy moddalarga o‘xshab ballast (begona oqsillar) tutmaydi. Bu muhitlar ancha


53




murakkab tarkibga (aminokislotalar. vitaminlar. pirimidin. uglevodlar. mineral tuzlar va boshqa moddalar) ega bo'ladi. Bularga 199, Igla muhitlari kiradi.

Hujayra kulturalari. Hujayra kulturasi odam, hayvonlar, yoki parrandalar va boshqa biologik obyektlar to'qimasidan tavyorlanadi. Hujayra kulturasini tayyorlash quyidagi bir necha ketma-ket bosqichdan iborat:
-to‘qimani olish, qondan, keraksizto'qimalardan tozalash va maydalash;
-tripsin ta’sir ettirib. hujayralami bir-biridan ajratish:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling