Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet148/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

OP krit.=OPK-(o‘r.)+0,2
Vizual baholashda substrat aralashma bilan inkubatsiyalanish vaqtida chuqurchadagi eritmaning bo'yalishi kuzatiladi. Bo‘yalishning intensivlik darajasi bog'langan belgili antitelalar miqdorigaga to‘g‘ri proporsional.
Shuni aytib o'tish zarurki. immunoferment va immunobloting usullari o‘zining o‘ta sezgirligi va maxsuligi bilan ajralib turadi va ularning natijasi 4—6 soatda aniqlanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda virus AT larini aniqlash OIV infeksiyali chaqaloqlarda umuman ijobiy natija bermaydi, chunki kasal onadan yoidosh orqali o‘tgan IgG chaqaloq qon zardobida 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Shuning uchun chaqaloqlarning OIV virusi bilan zaralanganini faqat altemativ usullarda aniqlanadi, ya’ni virusni ajratib olish in vitro yoki virus genomi materialini PZR yordamida aniqlashga asoslangan. Bu usullarda virus bilan zaralangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1-haftasida 35-55% natija musbat bo'lsa, 3-6 oyliklarda 90-100% bo‘ladi.
OITS kasalligida yuqorida keltirilgan asosiy usullardan tashqari immun tizimga ham baho beriladi. OITS kasalligida periferik qondagi T-xelper hujayralarning nisbiy va absolyut miqdorlari normadan ishonarli kamayib ketadi va limfotsitlaming funksional xususiyatlarida ham chuqur o‘zgarishlar kuzatiladi.
OITS kasalligida qo‘Ilanadigan davolash preparatlari. Hozirgi kungacha OITV ga qarshi etiotrop davolash va profilaktik vaksinalar ishlab chiqilmagan. Hozirda qo‘llanilayotgan preparatlar (immunomodulyator va IFN lar, zidovulin, azidotimidin, zalsitabin, didanozin, stavudin va b.) bemorning umrini cho‘zishga qaratilgan bo‘lib, dori preparatlari buyurilganda bemordagi kasallik bosqichi, virus miqdori va boshqa ko'rsatkichlarga asoslanib belgilanadi.
Amaliy mashg‘ulot

  1. amaliy ish

Retroviruslar diagnostikasida IFA reaksiyasini qo‘yish.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling