Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet70/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Turga
124


  1. viruslarga qarshi;

  2. zamburug4larga qarshi;

  3. sodda jonivorlarga qarshi (antiprotozoy).

Infeksion immunitet ikki xil ko'rinishda bo‘lishi mumkin
1 .Steril immunitet (qo'zg'atuvchi organizimda yo‘q. lekin, unga qarshi immunitet bor.

  1. Nosteril immunitet (qo'zg'atuvchi organizimda bo'ladi).

Organizimning himoyalanish turlari

  1. Organizimning maxsus himoyalanishi (immunitet).

  2. Organizimning nomaxsus himoyalanishi.

Organizimning maxsus himoyalanishi (immunitet) -tug‘ma va hayot davomida orttirilgan bo'ladi.
Tug‘ma immunitet - yuqumli kasalliklarga tug'ma berilmaslik holati. turga xos va individual bo'lishi mumkin. Turga xos immunitet—bir turga mansub bo‘lgan hayvon yoki odamning, boshqa tur vakillarida yuqumli kasallik keltirib chiqaruvchi qo'zg'atuvchilarga berilmaslik holati tushiniladi. Turga xos immunitet odamning tur belgisi hisoblanadi va avloddan - avlodga o'tadi. Shuning uchun odam ba’zi bir hayvonlar og'riydigan yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi (tovuq vabosi). Turga xos immunitet har doim aktiv bo‘ladi. Individual tug'ma immunitet esa passiv bo'lib, onadan immunoglobulinlar ko‘rinishida yo‘ldoshdan homilaga o'tishi (IgG - platsentar immunitet) mumkin. Shuning uchun yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bir necha oy yuqumli kasalliklardan himoyalangan bo‘ladi.
Hayot davomida orttirilgan immunitet-himoyalanishni bu turi o'ta maxsus boTib har bir individ o'zining hayoti davomida yuqumli kasallik qo'zg'atuvchilariga berilmaslik xususiyatlarini shakllantiradi va tabiiy hamda sun'iv bo'ladi. Hayot davomida orttirilgan tabiiy immunitet o‘z navbatida faol va passiv shakllanishi mumkin.
Hayot davomida orttirilgan tabiiy faol immunitet yuqumli kasallik bilan og'rib o'tilgandan keyin. uzoq vaqtga yoki bir umrga shakllanadi (qizamiq, ko‘k yo‘tal. bo'g'ma kasalliklariga qarshi).
Hayot davomida ortirilgan tabiiy passiv immunitet-ona suti orqali chaqaloqga immunoglobulin, limfotsit, leykotsitlar va boshq. omillar ko'rinishida o'tkaziladi.
Hayot davomida orttirilgan sun’iy immunitet ham o‘z navbatida ikki ko'rinishda faol va passiv shakllanadi. Hayot davomida ortirilgan sun’iy


125




immunitet aktiv shakli turli antigen preparat-vaksina va anatoksinlarni yuborish orqali shakllantiriladi. passiv shakli esa tayyor immun zardoblar va immunoglobulinlar yuborish bilan hosil qilinadi. Hayot davomida orttirilgan sun'iy immunitetni shakllantirish orqali yuqumli kasalliklarning oldi olinadi.
Organizimning nomaxsus himoyalanishi - himoyalanishni bu turi evolyutsion jarayonda yuqumli kasalliklarga qarshi shakllangan bo'lib quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

  • mexanik to‘siqlar (barerlar);

  • fizik-kimyoviy;

  • immunobiologik

Bu omillarga quyidagilar kiradi: 1) teri va shilliq qavatlarni himoya omili;

  1. iimfatik tugunlar, og'iz bo’shlig'i va oshqozon ichak tizimida;

  2. lizotsim va boshqa fermentlar og'iz bo'shlig'i. oshqozon ichak tizimi va siydik tanosil a'zolarida; 4) normal mikroflora: 5) vallig'lanish omillari:

  1. fagotsitlovchi hujayralar; 7) tabiiy killer hujayralari; 8) komplement sistemasi; 9) interferonlar;

Teri va shilliq qavatlar. Bu ommillar mexanik va fizik-kimyoviy rezistentliklarga kiradi. Mikroblar asosan organizmga teri va shilliq qavatlar orqali kiradi. Yuqori qavat epiteliy hujayralarining doimo yangilanishi. teri va yog4 bezlari ajratmalari, shilliq qavat suyuqliklari mikroblarining kirishiga to‘sqinlik qilib, teri va shilliq qavatlarni tozalab turadi. Teri faqat mexanik to'siq vazifasini o‘tab qolmay. bakteritsid (mikroblarni o'ldiruvchi) ta’sirga ham ega. Bu teri muhitining kislotali ekanligi (pH-5.5) (sut, sirka va yog' kislotalari hisobiga) va teri bezlari ishlab chiqaradigan har xil omillarga bog'liq. Bundan tashqari, shilliq qavatlar ham ma’lum to‘siq vazifasini o'taydi.
Maxsus bo'lmagan himoyalanishga qon va boshqa suyuqliklardagi biologik aktiv moddalar (lizotsim fermenti. komplement. properdin va lizinlar, eritrin. leykinlar, S-reaktiv oqsil va oshqozon suyuqligi kiradi.
Lizotsim fermenti—kimyoviy jihatdan atsetilmuramidaza bo’lib. asosan organizmda suyuqliklarda uchrab, ko'z yoshida. so’lak tarkibida. balg‘amda. qonda. ko'krak sutida ko'p miqdorda bo'ladi. Lizotsim grammusbat bakteriyalarni devoridagi peptidoglikan polisaxaridini disaxaridlargacha parchalab. bakteriyalarning hujayra devorini eritib yuboradi. Grammanfiy bakteriyalarning hujayra devoridagi peptidoglikan


126




polisaxaridi hujayra devorining ichki qobig'ida joylashganligi uchun, lizotsim fermenti bu bakteriyalarga kuchli ta*sir eta olmaydi. Lizotsimga viruslar ham inert hisoblanadi.
Komplement - odam va hay von qon zardobining tarkibida uchraydi. Oqsil birikmalaridan tarkib topgan. Qonda 20 ta dan ortiq oqsil fraksiyasi uchraydi. shulardan 9 tasi yaxshi o'rganilgan Cl, C2,...C9. Komplement issiqqa chidamsiz bo'lib. 56 °C da 30 daqiqa qizdirilganda. o‘zining ak- tivHgini yo‘qotadi. Komplement sistemasidagi uning qator komponentlari «С» harfi bilan va son tartib belgisi bilan belgilanadi. Bu tartib sonlar kom- plementning aktivlashish tartibi asosida belgilangan emas. Komplement organizimdagi turli omillar ta’sirida aktivlashadi. aktivlashgan bir fraksiyasi ikkinchi fraksiyani aktivlashtiruvchi omil bo'ladi va oxirgi fraksiyani aktivlashuvi natijasida membranaga hujum qiluvchi omil (MHO) hosil bo'ladi (38-rasm). bu esa komplementni aktiviashuviga sabab bo'lgan omilni (hujayra. eritrotsit. bakteriya va boshq.) halok qiladi. Qon zardobida komplemenming eng ko'p miqdorli komponenti C3 (1,2 mg/ ml) hisoblanadi. Komplement organizimda maxsus va maxsus bo‘lmagan himoyalanishlardaqatnashadi. Komplementning organizimda hosil bo‘lgan maxsus (AT+AG) kompleksi aktivlashtirishi mumkin. Komplementni bu aktivlashuvini klassik aktivlashuv deyiladi va organizmning maxsus himoyalanishida qatnashadi. ya’ni bu aktivlashuv organizimga patogen mikroorganizimlarni kirishi unga qarshi antitelalar hosil bo'lishi bilan bog'liq. Komplementni ikkinchi aktivlashuvi altemativ deb ataladi, chunki komplementning bu aktivlashuvi klassikdan keyin kashf qilingan. lekin bu aktivlashuv klassik aktivlashuvdan ancha ilgari shakllangan.
Shuning uchun ham ko‘plab mikroorganizmlar komplementni AT+AG kompleksi bo‘lmasa ham aktivlashtirishi mumkin, bunda ham yuqoridagi aktivlashuv singari bo‘ladi, lekin uning intensivligi ancha past bo‘lib, birinchi maxsus bo‘lmagan himoya omillariga kiradi.
Organizm suyuqliklarida lizotsim va komplement moddalardan tashqari, sekretor immunoglobulin A va interferonlar ham bo‘lib, mahalliy immunitetni ta’minlashda bu moddalarning ahamiyati katta. Sekretor IgA bakteriya va viruslarga yopishib, ularni epitelial hujayralarning yuza qismiga yopishishini (adgeziyani) kamaytiradi. Organizmda mexanik to‘siq vazifasini IgA dan tashqari qo'shuvchi to‘qimalar tarkibidagi gialuron va neyramin kislotalari ham bajaradi. Mikroblaming biriktiruvchi to4qima


127





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling