Mikrobiologiya va


Undan buyum oynachasida surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi. fiksatsiya qilinadi va metilen ko'ki eritmasi bilan 3-4 daqiqa davomida bo'yaladi


Download 1.89 Mb.
bet73/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Undan buyum oynachasida surtma tayyorlanadi, havoda quritiladi. fiksatsiya qilinadi va metilen ko'ki eritmasi bilan 3-4 daqiqa davomida bo'yaladi.
Surtmalar mikroskop ostida ko'rilganda stafilokokklarni qamrab olgan mikrofaglar (polimorf-yadro hujayralari) va makro faglar (mononuklearlar. och-havo rangli fagotsitlar sitoplazmasi fonida to'q ko'k rangga bo'yalgan holda ko'rinadi. Preparatda fagotsitozning ayrim bosqichlari yopishish, qamrab olish. qisman hazm qilishni ko'rish mumkin.
Opsonfagotsitar reaksiyasini qo‘yish. Probirkaga, bir hajmli sterillangan 2 foizli natriy sitrat eritmasi ustiga ikki hajmli yangi olingan qon va bir hajmli 1 ml rd/ml mikrob hujayrasiga ega bo'lgan. 80°C da bir soat davomida o'ldirilgan bakteriya suspenziyasi quyiladi.
Probirkadagi suyuqliklar aralashtiriladi. 37°C da 30 daqiqa davomida termostatda saqlanadi. keyin Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo'yaladi.
Surtmada 25 ta neytrofillarning har biri qamrab olgan bakteriyalar soni xhisoblanadi.
Olingan natijalarga ko'ra quvidagi fagotsitar ko'rsatkichlar topi ladi: fagotsitar ko'rsatkich (indeks) — fagotsitlovchi neytrofillar foizi, fagotsit soni bir neytrofilga fagotsitlangan bakteriyalarning o;rtacha soniga to'g'ri keladi. Opsonfagotsitar reaksiyasining ko'rsatkichi (OFRK) quyidagi for­mula bilan aniqlanadi:
OOPK—3a + 2b + lc+Od.
bunda a -tarkibida 41 dan ko'p bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; b - 21-40 bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; с —I dan 20 ga­cha bakteriyalar soniga ega bo'lgan neytrofillar soni; d -tarkibida bakteri- valari bo'lmagan neytrofillar soni. Bu sistemada hisoblanganda eng yuqori ko'rsatkich 75 ni tashkil etadi.
Taxminan. ko'rsatkich 10-24 ni tashkil etsa - reaksiya kuchsiz musbat. 25-49 bo'lsa-aniq. 50-75 bo'lsa - kuchli musbat reaksiya hisoblanadi. Aniq. sezilarli va kuchli musbat reaksiyalar bemor zardobidagi opsoninlar va fagotsitlar faoliyatining aktivligini belgilaydi.


133



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling