Mikrobiologiya va


Download 1.89 Mb.
bet76/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

Namoyish qilish

  1. KBR ishlatiladigan ingridiyentlar. reaksiyani qo'yishini aks etirilgan rangli rasm sxemalar.

  2. Musbat va manfiy natijali gemagglyutinatsiya reaksiyasi.

  3. Kengaytirilib qo‘yilgan agglyutinatsiya reaksiyasi.

  4. PR ishlatiladigan ingrediyentlar. reaksiyani qo'yishini aks ettirilgan rangli rasm, sxemalar.

  5. IFA reaksiyalarining qo‘yilishi aks ettirilgan rangli rasm. sxemalar.

  6. Immunobloting reaksiyasi. reaksiyani qo’yish aks ettirilgan rangli rasm va sxemalar.

Antigenlar
Organizmning hayot faoliyati davomida orttirilgan immunitet asosida, immun sistemaning shu organizmga begona irsiy molekulalar tuzilishini tanib, ajratib olib, ularga qarshi maxsus javob bera olish yotadi. Mana


136




shu javob berishda antigenlar ishtirok etadi. Antigeniar - tabiiy va sun’iy. sintetik (oqsil. polisaxai id va b.) moddalar bo' lib, organizmga vuborilganda immunokompitent limfoid hujayralarning aktivlisini oshirib. maxsus immun javobni yoki tolerantlik holatini keltirib chiqaradi (berilmaslik). Antigenlar о zining tuzilishida irsiy begonalik xususiyatini tashib vuradi (anti-qarshi. gen-tur). Antigenlar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

  1. Antigenlik - va'ni antigenning sifat ko'rsaikichi. Masalan, ko‘proq yoki kamroq antitelalar. sezuvchanligi oshgan limfotsitlar hosil qila olishi.

  2. lmmunogenlik — antigenning immunitet hosil qilish xususiyati. yoki kuchi. Antigenning bu xususiyati ko'proq mikroorganizmlarning antigeni- ga taalluqlidir. chunki mikroorganizmlarning a.ntigenlari organizmning ka- sallikka berilmasligini shakllantiradi. Masalan. ichburug' qo*zg4atuvchisi. yuqori darajadagi antigenlik xususiyatiga ega, lekin, immunogenlik xususiyati sust. shuning uchun uzoq ko'rinishdagi immunitetni hosil qila olmaydi, aksincha. qorin tifi esa yuqori darajali antigenlik va immunogen­lik xususiyatiga ega. shuning uchun vaksinatsivada qo'llaniladi.

  3. Maxsusligi - antigenning asosiy xususiyati bo-lib, shu xususiyatlari bilan antigenlar bir - birlaridan farqlanadi. Antigenlarning maxsus ko‘rinishlariga quyidagilar kiradi: tur maxsusligi; guruh maxsusligi; tipga xos maxsuslik: geteromaxsuslik; a'zo maxsusligi: funksional maxsuslik; bosqichli maxsuslik; gapten maxsusligi; patologik maxsuslik; antigen mimikriya.

  4. Antigenning kolloid xususiyati - (tai*kibi, erishi) antigenlar kolloid holida organizmga vuborilganda yaxshi so*riladi.

Antigenlik xususiyati bor moddalarga oqsillar, mikroorganizmlar. ularning maxsulotlari (zaharlari). ilon, chavon zaharlari. o'simliklarda uchravdigan moddalar. hujayra va to'qima elementlari yot zarralar va h.k. kiradi. Antigenlar to4 la qimmatli va to'la qimmatsizlarga bo'linadi. To‘la qimmatli antigenlar - (oqsillar, polisaxaridlar. lipoproteinlar, kompleks moddalar), organizmga vuborilganda maxsus antitelalarni hosil qilib im- munkompitent limfoid hujayralarning aktivligini oshiradi. ya'ni shular bi­lan nuiayyan tarzda o‘ziga xos birika oladi.
To'la qimmatsiz antigenlar - gaptenlar bo'lib, organizmga yuborilgan- da organizmda maxsus antitelalar va sezgirligi oshgan limfotsitlar hosil qila olmaydi. Gaptenlarga yog'lar, kichik molekulali organik moddalar kiradi. lekin shu gaptenlarning tarkibiga oqsil biriktirilsa yoki organizm- dagi oqsillar. fermentlar bilan biriksa. bu taqdirda gaptenlar to'la qimmatli


137




antigenlarga aylanadi. Immun javob gaptenga qarshi hosil bo'ladi (gapten maxsuslik). Gapten bilan birikkan oqsil molekulasi kuzatuvchilik (tashib yuruvchi) vazifasini bajaradi va «shlepper» deb ataladi (nemischada “Schlepper” o‘tkazuvchi, kuzatuvchi ma’nosini anglatadi).
Antigen maxsusligi, antigen tarkibidagi oqsillarning birlamchi tuzilishi. ya’ni aminokislotalamingxilmaxiIIigi,ketma-ketkelishi. aminokislotalarni yon zanjir va ustki qismida joylashgan determinant guruhlarning soniga bog‘liqdir.Oqsil aminokislotalarining ustki qismida joylashgan bu determinant guruhlar oqsilga ma'lum bir shakl (konfiguratsiya) fazoviv qovushqoqlik va qutblilik xususiyatlarini beradi. Bitta elektron zarvadini o‘zidatashibyuradi.Determinantlarsoni shu oqsilning valentligini, sifatini (antigenligini), kuchini (immunogenligini) bildiradi. Masalan. odam qon zardobidagi albumin oqsili o'z tarkibida 6 ta determinant guruhini tuta­di. Globulin oqsilining tarkibida esa 8 ta determinant guruhi bor. Shuning uchun ham globulin oqsili albumin oqsiliga nisbatan kuchli antigenlik va immunogenlik xususiyatiga egadir.
Bakteriyalarning antigenlari. Mikroorganizmlarning antigenlari ularning kimyoviy va strukturial tuzilishiga qarab turlicha bo’ladi. Bakteriyalarda xivchin antigeni (H-antigen). tana (somatik) O-antigeni, kapsulali bakteriyalarda kapsula (K-antigen) antigeni tafovut qilinadi. Bundan tashqari, ba’zi bir patogen bakteriyalarga xos bo'lgan Vi, M. W

  • antigenlar ham uchraydi. Mikrob antigenlaridan yana bir antigenni aytib o‘tish, diqqatga sazovordir, masalan, kuydirgi qo‘zgatuvchisidan birinchi marotaba ajratib olingan «protektiv» (himoya) antigeni, bu antigen eng yuqori immunogenlik xususiyatiga egadir. Viruslarning antigenlari ham ularning strukturasi va kimyoviy tarkibiga bog‘liq. Ko‘pchilik viruslarda kapsid, nukleokapsid va superkapsid antigenlari tafovut qilinadi.

Mikroorganizmlarda umumiy avlod. oila va maxsus tur hamda tipga xos antigenlar tafovut qilinadi.
Bakteriyalarningekzotoksinlari va endotoksinlari ham kuchli antigenlik xususiyatiga egadir. Mikroorganizmlarning antigenlik xususiyatini o‘rganish mikrobiologiya amaliyotida muhim ahamiyatga egadir, ya‘ni yuqumli kasalliklarni diagnostikasida va davolashda qo'llaniladi.
Antigenlar organizm uchun genetik begona moddalar boMgani uchun organizmga tushganda, uning ichki turg‘unlik holatini buzib. quyidagi immun reaksiyalarini keltirib chiqaradi.

  1. Antitela ishlab chiqarish va organizmni gumoral immunitet bilan ta’minlash.


138




  1. Darhol yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar.

  2. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar. 4.Immunologik tolerantlik.

5.Immunologik xotira.



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling