Mikrobiologiya va


Antitela IgM (a) va antitela IgG (b) bflan agglutinntsmj


Download 1.89 Mb.
bet80/163
Sana24.06.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1653806
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
Bog'liq
Mikrobiologiya va immunologiya. S. Kurbanovа

142




Antitela IgM (a) va antitela IgG (b) bflan agglutinntsmj rcnkshnsi


Agglyutinntsiyn Agghmtinntsh-a musbat manfiy


Buyum ovnusHian taxminiy agghnti- natsiva neaksrvasi





40-rasm. Agglyutinantsiya reaksiyalari, mehanizmiva natijalari


Shunday holatlarda Kastellaning agtlyutininlami adsorbsiya qilish reaksiyasi o‘tkaziladi. Bunda bir biriga yaqin geterogen bakteriyalar im­mun zardobidan guruh. antitelalami o'zlariga biriktirib oladilar, zardobda esa turga xos antitelalar qoladi. Bitta antigen retseptoriga antitelalar tutuv­chi bundan zardoblar '‘monoretseptor*’ zardoblar deb ataladi. Ular bakteii- ya serovarlarini aniqlashda ishlatiladi.
Agglyutinatsiya reaksiyasi amaliyotda asosan yuqumli kasalliklarga se­rologik tashxis (qorin tifi, paratif A-В, brutsellyoz, tulyaremiya, rikketsioz kasalliklarida) qo‘yishda va ajratib olingan mikrob kulturalarini seiologik identifikatsiya qilishda qo'llaniladi.
Birinchi holatda izlanuvchi uchun antigen (diagnostikum) ma lum. shuning uchun bemor qonidan noma’lum antitela izlaniladi (kengaytiril- gan agglyutinatsiya reaksiyasi) va izlanilayotgan antitelaning titri aniqla­nadi. Yuqumli kasalliklarga bu usulda tashxis qo4yishda albatta qo sh zaid-
ob qo’llaniladi.
Bir marta qo‘yilgandan so‘ng ikkinchi marotaba 1—1,5 haftadan keyin qo‘yiladi, agar bemorda izlanib topilgan AT titri, birinchi haftadagi titrdan

  1. va undan ko’p barobar oshgan bo’lsa, titmi oshishiga qarab bemorga tashxis qo'yiladi. agar titr oshmasa (ko‘pchilik hollarda emlanganlarda,


143




kasaJ bo'lib o'tganlarda) tashxis qo’yilmavdi. Ajratib olingan kulturalarni serologik identifikatsiya qilishda polivalentli va monovalentli agglyutinat- siyaga uchratuvchi qon zardoblar qo'llaniladi va reaksiyalar buyum oyna- chasida qo'yiladi (40-rasm).
Uslubiy ko‘rsatmalar
Kengaytirilgan agglyutinatsiya reaksiyasini qo‘yish. Bemorning qon zardobidan izlanilayotgan AT titrini aniqlash uchun qo'yilgan reaksiyaning sxemasi 8-jadvaIda keltirilgan. Dasllab zardohning asosiy eritmasi tayyorlanadi, bunda zardob titriga ko'ra: 1:100. 1:200. 1:400. 1: 800 nisbatda suyultiriladi, buning uchun 1 ml asosiy eritmadan olinib birinchiga, birinchi probirkadan-ikkinchisiga. ikkinchidan uchunchisiga va h.k qator eritmasi suyultirilib tayyorlaniladi (9-jadval).
Hamma probirkalar teng hajmda bo'lishi uchun oxirgi probirkadan 1 ml suyultirilgan zardob olinib dezinfeksiyalovchi eritmaga quyiladi. Nazorat probirkaga (antigen nazorati) natriy xloridning 1 ml izotonik eritmasi quyiladi.
Suyultirilgan zardobli har bir probikaga va nazorat probirkaga pipetka bilan 2-3 tomchidan (0,15 ml) 1 ml da 3 mlrd. mikrob tanasi boMgan bakteriya (diagnostikum) suspenziyasi tomiziladi. Probirkalar y axshilab silkitilib 37°C da 2 soat termostatga qo'yiladi, so'ng uy haroratida bir sutka davomida saqlanadi.
Shundan so‘ng hivchinli antigen bilan qo'vilgan reaksiyaning natijasi ko‘riladi. 18-48 soatdan so'ng somatik antigen bilan qo'yilgan reaksiyalar natijasi aniqlanadi. Reaksiya natijasi qurollanmagan ko‘z orqali yoki agglyutinoskop bilan tekshiriladi. Bunda probirkalar asta-sekin silkitilib ko'riladi. Agar natija musbat bo’lsa, cho'kmaga tushgan birikma ipir- ipir bo‘lib turadi (H-agglyutinatsiya), dona-dona bo'lishi mumkin (O-agglyutinatsiya).
Agglyutinatsiya reaksiyasining qanday miqdorda borayotganini y'oki darajasini aniqlash uchun to‘rt (4) musbat belgi qo'yish bilan olib boriladi. To'rt musbat (+-*-++) belgili reaksiyada hamma antigenlar cho‘kmaga tushib, suyuqlik tiniq bo'lib qoladi. Uch musbat (++->-) belgili reaksiyada suyuqlik ozgina loyqalanib qoiishi mumkin. cho'kma aniq ko'rinib turadi. Ikki musbat (++) reaksiyada esa antigenlarning yarmi cho'kmaga tushadi. suyuqlik yarim loyqalangan holda bo’ladi. To'rtta va uchta belgili reaksi­yada musbat natija qayd qilinadi.


144







Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling