Mikroevolutsiya deyiladi. Turdan yuqori bo‘lgan sistematik guruhlarning paydo bo‘lish jarayoni makroevolutsiya


Filogenetik guruhlar evolyutsiyasi. Filogenez shakllari va evolyutsiyasi


Download 32 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi32 Kb.
#1520222
1   2   3   4   5
Bog'liq
Evalutsiya nazariyasi m talim.pdf

Filogenetik guruhlar evolyutsiyasi. Filogenez shakllari va evolyutsiyasi.
Turdan yuqori- makroevolyutsiya darajasidagi hodisalarda mikroevolyutsion jarayonda hosil bo’luvchi farqlarning ’’tekislanishi’’ to’xtatiladi. Birlamchi populyatsiyalarning divergensiyasi va oqibatda tur hosil bo’lishiga olib keladigan mikroevolyutsiya jarayoni to’xtovsiz ravishda makroevolyutsion darajada yangidan paydo bo’gan formalar ichida davom ettiriladi. Bunda faqat yangi paydo bo’lgan turlar orasidagi duragaylanish hususiyati buziladi. Ular endi turlararo munosabatlar darajasiga o’tishi mumkin bo’lganligidan, mazkur yangi munosabatlar elementar evolyutsion omillar ta’sirining bosim yo’nalishini mikroevolyutsion daraja o’zgartirishi orqali ta’sir etadi. Makroevolyutsion hodisalarning ulkan ko’lamlari ularni bevosita ekperimental usulda tadqiq etish imkoniyatini bermaydi; buning sababi- yangi oila va turkumlar o’n million yillar davomida paydo bo’ladi. Mikroevolyutsiya muammolarni hal qilishda paleontologiya, biogeografiya, morfofiziologiya fanlarining tasnifiy usullaridan hamda DNK strukturasining yoki gemoglabin molekulasining taqqoslash usulidan foydalaniladi. Bu xildagi tadqiqotlarning natijalarini faqat mikroevolyutsiya nuqtai nazardan qaralganda tushunish mumkin.
Garchi tabiatda organik olam vakillari faqat turlardan iborat bo’lsa ham, klassifikatsiyalashtirish asosida turlardan tashqari yuqori sistematik birliklarni tasavvur etish mumkin. Morfologik tuzilishi yaqin va kelib chiqishi bo’yicha qarindosh turlarning guruhlari urug’larga, ularni birlashtirish asosida oilalarga, oilaguruhlarini turkumlarga, keyingilarini birlashtirish asosida sinflarga, sinflar guruhlarini tiplarga ajratiladi. Keltirilgan mazkur yondoshish sun’iy. Aslida, tabiatda turlardan, ayrim xolatlarda kenja turlardan tashqari boshqa sistematik guruxlar mavjud emas. Shunga qaramasdan, turga nisbatan yuqoriroq darajada boruvchi evolyusion jarayon ajratiladi. Bu xol mikroevolyutsiya, ya’ni yaqin turlar guruhlari- urug’larni paydo qiluvchi, urug’lardan oilalarni hosil bo’lishiga olib keluvchi va xokazo- biologik evolyutsiyaning o’ziga xos ko’rinishidir. Shunday qilib, agarda, mikroevolyutsion jarayon tur hosil bo’lishi bilan bog’liq muammolarning yug’inini o’z ichiga olsa, makroevolyutsiya turga nisbatan yirik guruxlarning kelib chiqish sabablarin tushuntirishga qaratilgan eevolyutsiyaning o.ziga xos shaklidir. Yuqorida ko’rib o’tilgandek, evolyutsion o’zgarishlarni belgilab beruvchi mexanizmlarning evolyutsiyalanayotgan turlar ichida sodir bo’lishi aniqlangan. U yoki bu guruhlarni evolyutsiyalanishi davomida hosil bo’luvchi aynan shu xildagi o’zgarishlar evolyutsiyaning strategic yo’nalishlarini bosh ’’karvonboshi’’si hisoblanishi darkor.
Har-xil guruhlarda tashqi muhitning bir xil bo’lmagan sharoitlarida, turli biotik va abiotik qurshovda evolyutsion jarayonning borishini taqqoslanishi tarixiy rivojlanishi ko’p guruxlariga xos umumiy xususyatlarni ajratib olishga imkoniyat beradi. Bu xildagi tadqiqotlar filogenezning mazmuni va shakllarini o’rganilmasdan o’tkazilishi mumkin emas.
Filogenetik guruhlar organik olam vakillarining evolyutsion jihatdan taraqqiy etgan yirik yig’indilaridir. Ularning tarixiy kelib chiqishi (filogenezi) evolyutsiyaning birlamchi filetik va divergent shakllarini ajratishga imkoniyat beradi; shu bilan birgalikda, konvergensiya va paralellik kabi filogenezning ikkilamchi formalari ham o’rganilgan.
Evolyutsiyaning birlamchi shakllaridan biri filetik evolyutsiya hisoblanib, u faqat bir filogenetik ustun ichida (divergent shoxlanishlardan tashqari)sodir bo’luvchi o’zgarishlardan iborat. Shuning uchun ham, filetik evolyutsiyani evolyutsion jarayonning elementar shakllaridan biri debhisoblasa bo’ladi. Paleontologik jihatdan tadqiq etilgan shu xildagiustunlar tiriklikevolyutsiyasining asosan shu xilda borishini ko’rsatadi. Masalan ,rus paleontologi V.Kovalevskiy tuzgan otlarning paleontologik qatoridaotlar ajdodlarining taraqqiyoti fenokodus- eoxippus-mioxippus-plioxippus- hozirgi zamon oti yo’nalishi bo’yicha borgan ( u sxematik ravishda to’g’ri chiziqni hosil qiladi).
Filetik evolyutsiya tirik shajaraning istalgan shoxi chegarasida sodir bo’ladi. Har qanday tur vaqt davomida rivojlana boradi. Bir necha ming avlodlar bilan ajratilgan tur individlari bir biriga o’xshamasin, tur shu vaqt davomida o’zgarishi kerak.
Otlar ajdodlarida evolyutsion taraqqiyot oyoq suyaklari hamda tiplar rekontruksiyasida tana yiriklashishida qator o’zgarishlarni keltirib chiqargan. Bu mikroevolutsiyon darajadagi filetik evolutsiyaning, yani turlarning qarindosh guruhini vaqt davomida o’zgarishining yaqqol misolidir. Morfologiya, paleontologiya, hayot siklini o’rganish ayrim organizm guruhlari mustaqil guruh bo’lishi kerakligini ko’rsatmoqda. Masalan, kemiruvchilar turkumi ikkita: quyonsimonlar va kurak tishlilar kenja turkumlariga bo’linar edi. Hozir esas bu ikki guruh tashqi tomondan kemiruvchilarga o’xshashligi ma’lum bo’ldi.. natijada bu turkumlar Lagomorpha va Radentia ajratildi. Yaqin vaqtgacha kelib chiqishi har xil bo’lgan lochinlar va boyqushlar yirtqich qushlar turkumiga kiritilar edi. Ular ham endilikda ikki turkumga bo’lindi. Monofiletik evolyutsiya bilan bir qatorda polifiletik evolyutsiya ham mavjud. Polifiletik evolyutsiya deyilganda, bir ajdoddan rivojlanayotgan avlod turlarida, ajdod belgilariga nisbatan ilgari bo’lmagan belgilar taraqqiy eta boshlashi yoki belgilarning bir biriga nisbatan uzoqlashishi. Masalan, gulsapsar, tamaki, shuvoq, qo’ng’irbosh, g’o’za va bug’doyning ayrim turlari duragaylash va xromosomalari sonining ikki hissa ortishi hisobiga kelib chiqqanligi ma’lum. Bu hodisa polifiletik evolyutsiya mikroevolyutsiya darajasida ham ro’y berishini isbotlovchi dalildir. Duragaylash yo’li bilan yangi avlod olish mumkinligi, yani polifletik kelib chiqish tajribada ko’p marta isbotlangan. Tabiiy sharoitda yashayotgan bir qancha avlodlar shunday yo’l bilan hosil qilingan. Ular orasidan arpa bilan elimus, tog’olcha bilan o’rik chatishidan hosil bo’lgan avlodlar bunga misol bo’ladi. Ba’zi taksonlarning polifiletik yo’l bilan kelib chiqqanligi haqidagi mulohazalar evolyutsiyaning umumiy monofiletik yo’nalishini inkor etmaydi.

Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling