V. YAGONA SOLIQNI HISOBLASh TARTIBI
VA TO`LASh MUDDATLARI
1. Yagona soliq to`lovchilar tomonidan mustaqil ravishda soliq solinadigan oborot va tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi.
2. Yagona soliq bo`yicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati organlariga yil choragilik va yillik hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim yetiladi.
3. Yagona soliq byudjetga yilning har choragida o`sib boruvchi yakun bo`yicha hisob-kitobni taqdim yetish muddatidan kechiktirmasdan to`lanadi.
VI. TO`LOVCHILARNING JAVOBGARLIGI
To`lovchilar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
VII. DAVLAT SOLIQ XIZMATI
ORGANLARINING NAZORATI
Ushbu Tartibning to`g`ri qo`llanilishi ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O`zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to`g`risida"gi Qonuni va O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |