Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to'lovini xisoblash va byudjetga to'lash tartibi Reja


SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN


Download 30.19 Kb.
bet2/4
Sana20.06.2023
Hajmi30.19 Kb.
#1632385
1   2   3   4
Bog'liq
32 Mikrofirma va kichik korxonalardan yagona soliq to

SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMI SUB’EKTLARI

1. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi qonunlarda belgilangan mezonlarga binoan mikrofirmalar va kichik korxonalarga kiradigan yuridik shaxslarga tegishli bo`ladi.


2. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi uchun faoliyat turi O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi belgilagan kod bo`yicha aniqlanadi.
3. Mikrofirmalar va kichik korxonalar xodimlarining o`rtacha yillik sonini belgilashda unitar (sho`’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlaydiganlar soni ham hisobga olinadi.
4. Soliq solishning soddalashtirilgan tizimini qo`llovchi va nogironlarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg`armasi va "O`zbekiston chernobilchilari" uyushmasining mulki bo`lgan, ishlovchilar umumiy sonining kamida yellik foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mexnat fronti faxriylari tashkil yetgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to`lashdan ozod yetiladi.
Mazkur imtiyoz savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalarga joriy yetilmaydi.
5. Bir necha faoliyat turlarini amalga oshiradigan yagona soliqni to`lovchilar faoliyatning har bir turi bo`yicha soliqqa tortish ob’ektining alohida hisobini yuritishi va muayyan faoliyat turining soliq solinadigan ob’ekti va unga muvofiq keladigan yagona soliq stavkasi asosida yagona soliqning hisob-kitobini amalga oshirishi kerak.

6. Aksiz solig`i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib oluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar O`zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda aksiz solig`ini va yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashgan taqdirda yagona soliq to`lashga o`tishlari mumkin.



SOLIQQA TORTISHNING SODDALASHTIRILGAN
TIZIMIDA SOLIQQA TORTISh OB’EKTLARI

1. Quyidagilar yagona soliqqa tortish ob’ektlari (soliq solinadigan oborot) hisoblanadi:


xarid, ta’minot-sotish korxonalari, vositachilik haqi shartnomasi bo`yicha xizmatlar ko`rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar uchun - yalpi daromad;
xalq xo`jaligining qolgan tarmoqlari korxonalari uchun - yalpi tushum.
Bunda, qurilish, qurilish-montaj, tuzatish-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yalpi tushum soliq solish ob’ekti hisoblanadi.
2. Yalpi tushum tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan tushum summasi;
- boshqa sotishlardan olingan daromadlar kiradi;
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Agar manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi.
- O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar.
3. Yalpi daromad tarkibiga quyidagilar kiradi:
- tovarning xarid va sotish qiymatlari o`rtasidagi farq;
- moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar. Bunda balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan daromad bo`lib, musbat va manfiy kurs farqlari o`rtasidagi saldo hisoblanadi. Manfiy kurs farqining summasi musbat farqnikidan oshib ketsa, oshib ketgan summa yagona soliqni hisoblab chiqarayotganda soliq solinadigan bazani kamaytirmaydi;
- boshqa sotishdan olingan daromadlar;
- O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq belgilanadigan boshqa daromadlar.
4. Yagona soliq solish ob’ektiga quyidagilar kiritilmaydi:
- davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog`ozlari bo`yicha daromadlar;
- dividendlar va foizlar, to`lov manbaida soliq to`langanligi to`g`risida tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo`lganda;
- dividendlar tarzida olingan va ular olingan yuridik shaxsning ustav kapitali (fondi)ga yo`naltirilgan daromadlar.


Download 30.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling