Noratsional talab – bu rejalashtirilmagan talab bo’lib, shaxsning hozirgi hoxishi, kayfiyati, injiqligi o’zgarishi bilan vujudga keladigan vaqtinchalik talab.
Befarqlik chizig’i – bir xil darajadagi naflik beruvchi ne’matlar miqdorlari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
O’rindosh ne’matlarning chekli almashtirish normasi (marginal rate of substitution) – umumiy naflik darajasi o’zgarmaganda iste’molchi bir birlik birinchi ne’matni qancha birlik ikkinchi ne’mat bilan almashtirishini ko’rsatadi:
Bu erda: MRS – birinchi ne’mat bilan ikkinchi ne’matni chekli almashtirish normasi;
MU1 va MU2 – mos holda birinchi va ikkinchi ne’matning chekli nafliklari.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oralig’ida oladigan barcha daromadlari yig’indisi.
Byudjet chizig’i – byudjetni to’liq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq. Byudjet chegara si tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Bu erda: R – daromad;
P1,P2 – 1-2-tovarlar narxi;
X1, X2 – sotib olinadigan 1-2-tovarlar miqdori.
Byudjet chizig’ini befarqlik chizig’i bilan urinish nuqtasi iste’molchining muvozanat holatini bildiradi.
Grafikdagi ko’rinishi quyidagicha:
Ne’matlarning bir-birini o’rnini bosishi-- ne’matlarning bir-birini o’rnini bosish zonasi deb - bir ne’mat bilan ikkinchi ne’matni samarali almashtirish mumkin bo’lgan oraliqga aytiladi
O’rindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida iste’mol tarkibining o’zgarishi.
Daromad samarasi – iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan real daromad hisobidan iste’mol tarkibini o’zgarishi.
Almashtirish va daromad samarasi
(X1-X2) – almashtirish samarasi
(X3-X2) – daromad samarasi
(X3-X1) – umumiy samara
(X3-X1) (X2 – X1) (X3 – X2)
Do'stlaringiz bilan baham: |