Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar 1.
Robinzon bir soat kokos yig’ishdan voz kechsa u 10 ta kokos yong’og’idan voz kechgan bo’ladi, lekin u qo’shimcha 5 kg baliq ovlaydi. Demak, 10 ta kokos yong’og’ining al’ternativ qiymati 5 kg baliqqa teng. Robinzonning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i formulasini aniqlaymiz. Robinzon bir kunda L soat ishlaydi deylik. SHundan Lb soatni baliq ovlashga, Lk soatni kokos yong’og’i yig’ishga sarflaydi. Demak, Lb+ Lk=8 (1). Robinzonning kokos yong’og’i va baliq ishlab chiqarish funktsiyalarini yozamiz: K=10× Lk B=5×Lb (2) Bu erda: K – kokos miqdori (donada); B – baliq miqdori (kg.da) (2)-chi formulalardan Lk va Lb larni aniqlaymiz (3) ni (1)ga qo’yamiz: (4) – funktsiya orqali Robinzonni ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini va 8 soatlik ish kunida kokos va baliq ishlab chiqarishning barcha kombinatsiyalarini aniqlash mumkin. 3. Fermerda ball boniteti har-xil bo’lgan uchta ekin maydoni bor. U bu maydonlarga bug’doy yoki paxta ekishi mumkin. 1-maydondan 160 t kartoshka yoki 50 t bug’doy, 2-maydondan 300 t kartoshka yoki 100 t bug’doy, 3-maydondan esa 140 t kartoshka yoki 60 t bug’doy olishi mumkin. Fermerning hosil imkoniyati chizig’ini grafikda tasvirlang. Mustaqil ishlash uchun masala va topshiriqlar 1. Ikkita orol bo’lib, ularning biri robinzonlar oroli, ikkinchisi hindular oroli. Ikkita orol ham go’sht va bug’doy ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Robinzonlar orolida bir ishchi bir yilda 1 tonna go’sht yoki 20 tsentner bug’doy ishlab chiqaradi. Xindular orolida esa bir ishchi 2 tonna go’sht yoki 10 tsentner bug’doy ishlab chiqaradi. Robinzonlar orolida 400 kishi, hindular orolida 100 kishi mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. 1) Orollarning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i chizilsin. 2) Go’shtning va bug’doyning al’ternativ xarajatlari hisoblansin. 3) Ikki orol hamkorlikda ishlashga qaror qilishdi. U holda, mehnat taqsimoti natijasida ularning birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i qanday ko’rinishda bo’ladi; qaysi orol qancha go’sht va bug’doy ishlab chiqaradi? 2. Ozod va Omon stul bilan stol ishlab chiqaradi. Ozod 1dona stul ishlab chiqarishga 1 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 2 soat vaqt sarflaydi. Omon esa 1 dona stul ishlab chiqarishga 2 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 1 soat vaqt sarflaydi. a) Agar ular bir kunda 10 soat ishlasalar Ozod va Omonning ishlab chiqarish imkoniyatlari topilsin. b) Ularning birgalikda ishlaganlaridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari aniqlansin. v) Omon yangi texnologiyadan foydalana boshladi. Natijada u 2 ta stul ishlab chiqarishga 1 soat, 3 ta stol ishlab chiqarish uchun ham 1 soat vaqt sarflaydigan bo’ldi. Omonning yangi texnologiyadan foydalangandagi hamda ularning hamkorlikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i grafikda aks ettiring. 3.Ma’lum bo’lishicha, “ABS” neft kompaniyasi kuniga 150 tonna mahsulotni iste’molchilarga etkazib beradi. Kompaniya faqat 2 turdagi mahsulotlar benzin va dizel yoqilg’isini ishlab chiqaradi. Dizel yoqilg’isining benzinga nisbatan chekli transformatsiya koeffitsenti - 0.5 ga teng. a) Benzin va dizel yoqilg’isi uchun kompaniyaning 1 oylik ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin. b) Yangi texnologiya kelishi bilan ishlab chiqarish hajmi 20% ga va benzin olish imkoniyati oldingiga nisbatan 30% ga ortdi. Kompaniyaning yangi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i oldingisidan qanday farq qilishini izohlang? v) Agar, benzin ishlab chiqarishni grafikning X o’qiga joylashtiradigan bo’lsak, ishlab chiqarish imkoniyati chizig’ining yotiqlik koeffitsenti oldingi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i yotiqlik koeffitsentidan necha foizga farq qiladi? 4. “Ko’shim bobo” fermer xo’jaligida turli ball bonetitiga ega bo’lgan uchta ekin maydoni bor. U bu maydonlarga bug’doy yoki paxta ekishi mumkin. U 1-maydondan 100 t kartoshka yoki 50 t bug’doy, 2-maydondan 80 t kartoshka yoki 30 t bug’doy, 3-maydondan esa 40 t kartoshka yoki 20 t bug’doy olishi mumkin. “Kushim bobo” fermer xo’jaligining hosil imkoniyati chizig’ini grafikda tasvirlang. 5. Qozog’istonda bitta dehqon 1 yilda 2000 kg oq uzum yoki 3000 kg qizil uzum yetishtira oladi. Azarbayjonda esa bitta dehqon 1 yilda 1 kishi 4000 kg oq uzum 1000 kg qizil uzum yetishtira olish imkoniyatiga ega. Qozog’istonda uzum yetishtirishda 400 ming kishi, Azarbayjonda esa 100 ming kishi band. Qozog’iston prezidenti Nazarboyev Azarbayjon prezidenti Aliyev bilan uzum ishlab chiqarishda o’zaro hamkorlik qilishni taklif qildi. Agar ushbu taklif amalga oshsa, hamkorlikdagi uzum yetishtirish imkoniyatlari chizig’i grafikda aks ettiring. 6. Ozod Zoyirov va Ali Nabiyev pishloq va kolbasa ishlab chiqaradilar. Ozod Zoyirovning Ali Nabiyevga nisbatan pishloq ishlab chiqarishi 2 barobar ortiq, ya’ni 1 soatda 40 kg ga teng pishloq ishlab chiqaradi. Ali Nabiyev mashhur chorvador bo’lganligi bois soatiga 20 kg kalbasa ishlab chiqaradi. Bu Ozod Zoyirovnikidan 2 barobar ko’pdir. a) Ozod Zoyirov 300 kg pishloqni Ali Nabiyev 700 kg kolbasasiga almashishni taklif qildi. Bu taklif Ali Nabiyev uchun foydalimi? b) Qanday holatda almashinuv ikki taraf uchun ham foydali bo’ladi? 7. AQSHda 1 t makkajo’xori yetishtirishning al’ternativ xarajati 0.2 t bug’doyga teng va AQSH maksimal darajada 100 mln tonna bug’doy yetishtira oladi. Kanadada 1 t bug’doyning al’ternativ xarajati esa 2 t makkajo’xoriga teng va Kanada davlati maksimal 50 mln tonna makkajo’xori yetishtira oladi. a) Kanada AQSH yordami bilan o’z ehtiyojini 60 mln tonna makkajo’xori bilan ta’minlay oladimi? b) Ikki davlat o’rtasida erkin savdo yo’lga qo’yilsa, AQSH maksimal qancha mahsulot eksport qila oladi? 8. Fermerda 3 ta bir xil o’lchamdagi lekin har xil unumdorlikka ega er maydoni bor. Fermer bu erlarda kartoshka, sholg’om va bug’doy yetishtirmoqchi. U birinchi maydondan 20 t kartoshka yoki 8 t sholg’om yoki 4 t bug’doy olishi mumkin, ikkinchi maydondan esa mos ravishda 15 t, 9 t va 2 t, uchinchisidan esa 12 t, 7 t va 3 t. Agar fermerda A t (A<15) sholg’om etkazib berish majburiyati bo’lsa, fermerning ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i aks ettirilsin. 9. Fermerda 2 ta har xil unumdorlikka ega yer maydoni mavjud. Bu maydonlarda u sabzi, turp va pomidor yetishtirmoqchi. Fermer birinchi maydondan 50 t sabzi yoki 20 t turp yoki 10 t pomidor yetishtira oladi, ikkinchi maydondan esa esa mos ravishda 20 t sabzi, 10 t turp, 8 t pomidor yetishtirishi mumkin. a) Agar fermer uchun 10 t turp yetishtirish shart bo’lsa, uning ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin. b) Fermer bir vaqtning o’zida 10 t sholg’om, 7 t pomidor va 25 t sabzi yetishtira oladimi? 10. Sirg’ali tumanida 2 ta fermer xo’jaligi kartoshka va sabzi yetishtirish bilan shug’ullanadi. Birinchi fermer o’zining 100 gektarlik yeridan 3000 t kartoshka yoki 2000 t sabzi olishi mumkin, ikinchi fermer o’zining 150 gektarlik yer maydonidan 4800 t kartoshka yoki 2400 t sabzi olishi mumkin. a) Umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin. b) Agar fermer xo’jaliklari o’rtasida erkin savdo yo’lga qo’yilsa, umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i qanday o’zgaradi? 11. Robinzon va Jumavoy kokos yong’og’ini terish va baliqchilik bilan shug’ullanishadilar. Robinzon bir kunda 5 ta baliq tuta oladi yoki 15 kg yong’oq tera oladi. Jumavoy esa 15 ta baliq yoki 5 kg yong’oq tera oladi. Ikkalisining birgalikdagi ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin. 12. Komilovlar va Alimovlar oilasi soat va telefon ishlab chiqarishadi. 1 ta soat va 1 ta telefon ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt soat hisobida jadvalda aks ettirilgan
Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling