Mahsulot turi
|
Komilovlar
|
Alimovlar
|
Soat
|
8
|
15
|
Telefon
|
10
|
12
|
Agar bir oydagi ish soati har bir oila uchun 240 soatni tashkil etsa, ularning alohida va umumiy ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.
13. Quyida Qozog’iston va Turkmaniston davlatlarining ishlab chiqarish quvvatlari haqidagi ma’lumot keltirilgan:
Davlatlar
|
1 tonna mahsulotga ketgan vaqt
|
Yillik vaqt fondi, soatda
|
Bug’doy
|
Paxta
|
Qozog’iston
|
24
|
30
|
2400
|
Turkmaniston
|
15
|
10
|
1500
|
a)Absolyut va nisbiy ustunlik haqida nima deyish mumkin?
b) Davlatlarning o’zaro savdosida bezarar savdo nisbatlari aniqlansin.
c)Qanday almashinuv ikki tomon uchun maksimal foyda beradi?
14. “Neft-benzin” ishlab chiqarish quvvatlari jadvalini qaraymiz. 4 ta chorak bo’yicha ham ishlab chiqarish sarflari o’zgarmas va mahsulot ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo’lgan:
CHorak
|
Neft, mln t
|
Benzin, mln t
|
Birinchi
|
14
|
4.0
|
Ikkinchi
|
10
|
5.0
|
Uchinchi
|
7
|
5.7
|
To’rtinchi
|
5
|
6.1
|
Kelgusi chorakda 8 mln tonnadan kam bo’lmagan neft va 5.55 mln tonnadan kam bo’lmagan benzin mahsulotlarini resurslar xarajatini o’zgartirmagan holda ishlab chiqarish mumkinmi?
15. Firma faqat 2 turdagi mahsulot soat va sumka ishlab chiqaradi. Agar u bor imkoniyatini soat ishlab chiqarishga qaratsa 1 oyda 5000 ta soat ishlab chiqadi. Agar firma faqat sumka ishlab chiqarsa 2000 ta sumka ishlab chiqara oladi. Ikkala mahsulotdan bir vaqtda ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvalda aks ettirilgan:
Jadval ma’lumotlaridan foydalanib ishlab chiqarish imkoniyati chizig’i chizilsin.
16. Xitoylik bir ishchi Fransiyaga bormoqchi. Xitoydan Fransiyagacha samolyot va poezd reyslari har kuni bo’lib, bu masofani samolyot 10 soatda, poezd esa 8 kunda bosib o’tadi. Ishchining ish kuni dushanbadan shanbagacha bo’lib, va har bir ish kuni uchun u 60 ming so’m ish haqi oladi. Samolyot chiptasi 900 ming so’m, poezdniki esa 450 ming so’m bo’lsa ishchi qaysi transport vositasini tanlasa unga arzonroq tushishi asoslansin.
Testlar
1.Iqtisodiyotda omillarning kamayib borish qonuni mavjuddir. Qanday qilib, ushbu holatda iqtisodiy o’sishga erishish mumkin?
a)iqtisodiy omillar juda kam talab qilinadi;
b) qo’shimcha omillarning o’sishi yalpi mahsulot hajmini oshirmaydi, balki qisqartiradi;
v) resurslarni oshirish zarur, ammo qo’shimcha birlik kiritilgan resursning narxi oshib boradi;
g)yana va yana ko’plab resurslar talab etiladi;
d) to’g’ri javob yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |