Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Agar dividend, kapital ortimi miqdori 20% ga ortsa va sotib olingan aktiv narxi 20% ga kamaysa, qaytim normasi necha foizga o’zgaradi?


Download 0.61 Mb.
bet69/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

15. Agar dividend, kapital ortimi miqdori 20% ga ortsa va sotib olingan aktiv narxi 20% ga kamaysa, qaytim normasi necha foizga o’zgaradi?
a)50% ga ortadi;
b) 40% ga kamayadi;
v) 50% ga kamayadi;
g)40% ga ortadi;
d) to’g’ri javob yo’q.
16.  Korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aktsiyaga 50 ming so’m olishi mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, har bir aktsiya uchun 6 ming so’m oladi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0.3 ga teng bo’lsa, kutilayotgan dividend qiymati qanchani tashkil etadi?
a)20 200 so’m;
b) 22 400 so’m;
v) 19 200 so’m;
g)18 200 so’m;
d) to’g’ri javob yo’q.
IX BOB. DAVLATNING BOZORGA TA’SIRINI BAHOLASH VA RAQOBATLASHGAN BOZOR SAMARADORLIGI
Asosiy tushunchalar


Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi, ya’ni iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi - ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.
Tovarga davlat tomonidan maksimal narx o’rnatilsa, ya’ni
(muvozanat narx)
Iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin.
,
bu erda, - iste’molchi ortiqchaligining sof o’zgarishi
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining umumiy o’zgarishi teng: , bu erda, i/ch - ishlab chiqaruvchi ortiqchaligining sof o’zgarishi.
Ortiqchaliklarning umumiy o’zgarishini aniqlash uchun biz iste’mochi ortiqchaligi o’zgarishi ist. va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi o’zgarishi i/ch ni qo’shamiz.
Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko’tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin.
Ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o’sishiga olib keladi. Birinchidan, iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning harakati natijasida vujudga keladigan yutuq yoki yo’qotish bozor narxida o’z ifodasini topmasa, Ikkinchidan «bozor qiyinchiligi»- bu erda mahsulotning sifati, kim tomonidan, qachon ishlab chiqarilganligi to’g’risida axborotning to’liq bo’lmasligi, iste’molchilarni ortiqcha yo’qotishlarga olib kelishi mumkin, ya’ni iste’molchi naflikni maksimallashtiradigan tovarlarni sotib olish bo’yicha to’g’ri qaror qilolmasligi mumkin. Bunday holda davlatning aralashuvini (tovarlar yorlig’ida tovar to’g’risida to’liq axborot bo’lishni davlat tomonidan talab qilinishi) samarali deb qarash mumkin.
Raqobatlashgan bozorning muvozanat holatda ishlashi iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini maksimal bo’lishini ta’minlaydi va muvozanat holatda iste’molchilar o’z talabini mavjud ishlab chiqarish xarajatlarida mumkin bo’lgan eng past narxda qondiradi.
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashgan bozorning muvozanat holati sharti quyidagicha tenglik bilan ifodalanadi: .

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling