Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Monopsoniya - haridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor. Lernerning monopol ko’rsatkichi


Download 0.61 Mb.
bet77/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

Monopsoniya - haridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor.
Lernerning monopol ko’rsatkichi: , bu erda: - monopol hokimiyatning Lerner indeksi; - monopol narx;  - chekli xarajat; - talabning narxga ko’ra elastikligi.
Monopol hokimiyatni harakterlash uchun bozorni markazlashuv darajasi ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. Bu ko’rsatkich birinchi bo’lib Xerfindal-Xirshman tomonidan tavsiya etilgani uchun, u Xerfindal-Xirshman indeksi deb yuritiladi.
Bu indeks korxonalarning bozordagi ulushlari yig’indisi sifatida qaraladi va qaysi firmaning bozordagi ulushi yuqori bo’lsa, u firma bozorda monopol hokimiyatiga ega bo’lishi mumkin yoki shunday imkoniyat mavjud deb qaraladi. Firmalar bozordagi ulushiga ko’ra tartiblashtiriladi. ,
bu erda: I - Xerfindal-Xirshman indeksi; - bozorda eng katta ulushga ega bo’lgan firma; - undan keyingi kattalikdagi ulushga ega firma va hokazo;-eng kichik ulushga ega bo’lgan firma.
Agar tarmoqda yagona firma bo’lib, uning mahsuloti tarmoq mahsulotini tashkil qilsa, S 100% bo’ladi va bunday hol sof monopoliya bo’ladi, ya’ni Xerfindal-Xirshman indeksi ga tengdir.
Masalan, AQSH da Xerfindal-Xirshman indeksi dan oshgan tarmoqlar, monopol tarmoqlarga kiradi. Yuqoridagi indeksdan monopoliyaga qarshi olib boriladigan faoliyatda foydalaniladi. Bozorning katta qismini bir necha firmalar tomonidan egallab olinish holatiga bozorning markazlashuvi deyiladi.
1. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi berilgan S=60-P. Monopolistning xarajatlar funktsiyasi TC=40+5S2 ga teng. Monopolistning maksimal foyda olishini ta’minlovchi monopol ishlab chiqarish hajmi va monopol narx topilsin.
Echimi:
S=60-P bundan narxni topsak P=60-S (1), daromad TR=60S-S2 bundan birinchi darajali hosila olib chekli daromad MR=60-2S ni topamiz.
Umimiy xarajatlar funktsiyasi TC=40+5S2 dan ham birinchi darajali hosila olib chekli xarajatni MC=10S ni aniqlaymiz. Maksimal foyda chekli daromad chekli xarajatga teng bo’lganda ta’minlanadi MR=60-2S=MC=10S bundan S=5 birlikni topamiz buni (1) ga qo’ysak P=60-5=55 birlik. Foyda π=TR-TC=P×S-(40+5S2)=275-165=110

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling