10. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi S=220-4P va chekli xarajat funktsiyasi MC=10+4S ko’rinishida berilgan. Monopolistning maksimal foydasi 125 ga teng bo’lsa, o’zgarmas xarajatlar miqdori topilsin.
11. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi S=100-4P va chekli xarajat funktsiyasi MC=33-5.5S+0.5S2 ko’rinishida brilgan. Monopolistning maksimal foydasi 4.66 ga teng bo’lsa, o’zgarmas xarajatlar miqdori topilsin.
12. Monopolist X tovardan maksimal foydani olyapti. Agar umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=20S100 ko’rinishida va narxga bog’liq talab elastikligi -2 ga teng bo’lsa, X tovarning narxi aniqlansin.
13. Monopolist mahsulotining narxi 75 $ ga va umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=25S+453 ga teng. Monopolistning foydani maksimallashtirayotgandagi narxga bog’liq talab elastikligi aniqlansin.
14. Monopolistning umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=6×S1/2+4.5×S-5 va uning tovariga bo’lgan talab funktsiyasi S=32-4×P ko’rinishida berilgan. Maksimal foyda olishi uchun monopolist necha birlik mahsulot ishlab chiqarishi kerak va maksimal foyda necha pul birligini tashkil etadi?
15. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi S=40-P va umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=100-12×S+S2 ko’rinishida berilgan. Foyda miqdori 166 pul birligidan kam bo’masligi shart qilib belgilab qo’yilsa, maksimal mahsulot sotish hajmi aniqlansin.
16. Monopolist mahsulotiga talab funktsiyasi S=24-0.5×P va umumiy xarajatlar funktsiyasi TC=250-2×S+S2 ko’rinishida berilgan. Agar foyda miqdori 50 pul birligidan kam bo’masligi shart qilib belgilab qo’yilsa, maksimal mahsulot sotish hajmi aniqlansin.
17. Monopolistik firmaning o’zgaruvchan xarajatlar funktsiyasi mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lib VC=S va o’zgaruvchan xarajatlar 100 pul birligiga teng. CHekli daromad funktsiyasi ham mahsulot hajmiga bog’liq bo’lib MR=49-P ko’rinishida berilgan. Monopol narx va Lerner indeksi aniqlansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |