Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Iste’molchi ortiqchaligini egallash


Download 0.61 Mb.
bet85/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

Iste’molchi ortiqchaligini egallash. Faraz qilaylik, firma barcha ishlab chiqargan mahsulotlarini bir narxda sotsin (11.1-rasm).
U foydasini maksimallashtirish uchun narx ni unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi ni chekli xarajat chizig’i bilan chekli daromad chizig’i kesishgan nuqtaga ko’ra belgilaydi. Firma ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to’g’risida o’ylaydi. Iste’molchi ortiqchaligi sohasida ko’rish mumkinki (NM oraliqda) ba’zi bir iste’molchilar tovarni narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin, narx dan yuqori qilib qo’yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste’molchilar yo’qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol bo’lganda ham iste’molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx dan kichik (ammo chekli xarajatdan yuqori bo’lgan) bo’lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday haridorlar ME sohaga qarashli bo’lib, ularning ortiqchaligi DME soha yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli haridorlarga ham tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib ketadi.
Firma NM oraliqqa qarashli iste’molchilar ortiqchaligini (PmMN yuzaga teng ortiqchalikni) va ME oraliqdagi iste’molchilar ortiqchaligini (DME yuzaga teng ortiqchalikni) qo’lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste’molchilarning talab chizig’ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko’rdikki, bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas.
Ko’pchilik adabiyotlarda monopoliyaga qarshi qonunga klassik misol sifatida AQSHning trestlarga qarshi qonuni keltiriladi. 1890 yilda birinchi bo’lib SHerman qonuni deb ataluvchi qonun qabul qilingan bo’lib, u asosan savdoni va tijoratni monopollashtirishga qarshi qaratilgan edi. Ushbu qonun savdo erkinligini cheklovchi har qanday kelishuvni taqiqlar edi va raqobatchilarni adolatsiz yo’l bilan yo’qotishni jinoyat deb qarar edi. Ushbu qonunni buzganlar jarima to’lashdan tortib, firmani tarqatib yuborishgacha va hatto jinoiy javobgarlikka tortishgacha jazolanishni nazarda tutar edi.
1914 yilda Kleyton va federal savdo komissiyasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun SHerman qonuniga qaraganda ancha mukammallashgan qonun bo’lib, u qonunni bajarilishini nazorat qilishni federal savdo komissiyasi zimmasiga yuklagan edi. Bundan tashqari ushbu qonunda monopoliyani vujudga kelishini oldini olish bo’yicha qilinadigan chora-tadbirlar belgilandi.
1938 yildagi Uiler qonuni iste’molchilar huquqini himoya qilishga qaratildi (tovar to’g’risida noto’g’ri axborot berish va noto’g’ri reklama berishga qarshi).
1. Istiqlol san’at saroyida bo’lib o’tadigan kontsertga 3 000 ta chipta sotuvga chiqarilgan. CHiptalar narxi 2 turga bo’lingan bo’lib: kattalar va bolalar uchun har xil. Bolalar chiptasiga talab funktsiyasi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling