Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


O’yin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish). Nol so’m yutuqqa ega bo’lgan


Download 0.61 Mb.
bet93/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

O’yin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy sub’ektlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
Nol so’m yutuqqa ega bo’lgan o’yin– o’yinda bir kishining yutug`i boshqa o’yinchilarning yutqazgan summalari yig`indisiga teng.
Nolga teng bo’lmagan so`mga ega bo’lgan o’yin– bu o’yinda bir guruh o’yinchilar yo yutadi yoki boy beradi.
Kooperativ o’yin– o’yinda bir nechta o’yinchilar o’zaro kelishib, birgalikda o`ynaydi (iqtisodiyotda kooperativ o’yinga misol sifatida karterni qarash mumkin).
Nokooperativ o’yin bu o’yinda qatnashchilar mustaqil ravishda qaror qabul qiladi (Iqtisodiyotda misol sifatida oligopolik bozorda harakat qiluvchi firmalar o’rtasidagi «narxlar jangini» keltirish mumkin).
To’lov funktsiyasi – o’yin natijasi bo’lib o’yinchining yutug’ini yoki yoqotishini bildiradi.
Bertran muvozanatibozor duopolik bo’lganda firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng bo’lganda muvozanat holat barqarorlashadi.
«Coca-Cola» muvozanati – duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. «Coca-Cola» muvozanati firmalarning aks ta’sir qiluvchi funktsiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
SHtakelberg muvozanati – bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat ko’rsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
Firmaning bozordagi strategik harakati – bunda firma o’zining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga ko’ra ishlab chiqadi.
O’yinlar nazariyasi – fan yo’nalishii bo’lib u o’yin qatnashuvchilarining vaziyat bo’yicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida o’rganadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling