Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


Download 0.61 Mb.
bet94/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob
Narxlar janggi - bu raqobatlashadigan firmalar tomonidan oligopolik bozorda narxlarni bosqichma-bosqich tushirishidir.
Narx belgilashda liderlik-lider-firma narxni birinchi bo’lib, belgilaydi, qolganlar uning narxiga qarab o’z narxlarini belgilaydilar. Lider o’z foydasini maksimallashtiradigan narxni o’rnatadi, ergashuvchilar esa ushbu narxda qancha xohlasa, shuncha ishlab chiqarishi mumkin bo’ladi.
1. Oligapolist bir oyda 3 ming dona tovar ishlab chiqarar edi, ammo kelasi oydan 4 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Agar uning mahsulotlariga oylik talab funktsiyasi S=7000-P ko’rinishida bo’lsa, kelgusi oyda uning foydasi qanday o’zgaradi?
Echimi:
Mahsulotga talab funktsiyasi S=7000-P dan narxni topsak P=7000-S bo’ladi.
S=3000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=7000-3000=4000 bo’ladi daromad esa TR=P×S=3000×4000=12 mln ga teng.
S=4000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=7000-4000=3000 bo’ladi, daromad esa TR=P×S=4000×3000=12 mln ga teng bo’ladi.
Ikkalasada ham bir xil daromad miqdori, lekin mahsulot hajmi ortganda uning xarajatlari ham ortadi. SHuning uchun mahsulot hajmi 4000 dona bo’lgandan keyin oligapolist foydasi kamayadi.
Javob: Kamayadi.
2. Monopolist mahsulot ishlab chiqarish hajmini kelasi oydan kamaytirmoqchi. Hozir u oyiga 2 ming dona mahsulot ishlab chiqaradi keyingi oydan esa ishlab chiqarish hajmini 50% ga qisqartirmoqchi. Uning foydasi qanday o’zgaradi, agarda monopolist mahsulotiga bo’lgan bozor talabi funktsiyasi 3000-2×P ko’rinishida bo’lsa?
Echimi:
Mahsulotga talab funktsiyasi S=3000-2×P dan narxni topsak, P=1500-0.5S teng bo’ladi.
S=2000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=1500-1000=500 bo’ladi, daromad esa TR=P×S=2000×500=1 mln ga teng.
Kelasi oydan mahsulot hajmi 50 % ga kamaysa 2000×0.5=1000 dona mahsulot ishlab chiqariladi.
S=1000 dona bo’lganda mahsulot narxi P=1500-500=1000 bo’ladi, daromad esa TR=P×S=1000×1000=1 mln ga teng bo’ladi.
Ikkalasada ham bir xil daromad miqdori. Mahsulot hajmi ko’paysa uning xarajatlari ham ortadi, shuning uchun mahsulot hajmi 1000 dona bo’lgandan keyin monopolistning foydasi ortadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling