Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Duopol bozorda talab funktsiyasi hamda birinchi va ikkinchi firmalarning xarajat funktsiyalari berilgan bo’lsin: SD=1500-P
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
- Bu sahifa navigatsiya:
- S=200-5×P
5. Duopol bozorda talab funktsiyasi hamda birinchi va ikkinchi firmalarning xarajat funktsiyalari berilgan bo’lsin:
SD=1500-P TC1=0.5S12 , TC2=150S2. Firmalar raqobat echimi strategiyasini tanlasalar, har bir firma qancha birlik mahsulot ishlab chiqaradi, qancha foyda oladi va muvozanat narx qanday bo’ladi? Echimi: Firmalar raqobatlashsa narx P bozordagi talab va taklifga ko’ra shakllanadi(P=const) SD=S1+S2 , MC1=S1 P=1500- SD , MC2=150. Bu yerda S1 va S2 mos ravishda birinchi va ikkinchi firmalarning ishlab chiqarish hajmlari. Raqobat bozorda har bir firma ishlab chiqarish hajmini chekli xarajatni narxga tenglashtiradigan hajmda belgilaydi: P=MC1=1500-(S1+S2)=S1, (2) P=MC2=1500-(S1+S2)=150. (3) (2) va (3) tenglamalarning chap tomoni teng bo’lgani uchun, ularni o’ng tomonlarini tenglashtirib quyidagini olamiz: S1=150. Buni (2) ga qo’ysak S2=1200 ni topamiz va bozordagi umumiy taklif SD= S1+S2=150+1200=1350. Bozordagi muvozanat narx : P=1500-(S1+S2)=1500-1350=150. Firmalarning foydalari quyidagiga teng bo’ladi: π1=TR1-TC1=P×S1-0.5S12=150×150-0.5×1502=11250 π2=TR2-TC2=P×S2-150×S2=150×1200-150×1200=0 Javob: Birinchi firma 150 birlik, ikkinchi firma 1200 birlik mahsulot ishlab chiqaradi. Birinchi firma 11250 birlik, ikkinchi firma esa foyda olmaydi va bozor narxi 150 birlikni tashkil qiladi. 6. Toshkent ichimlik zavodi franchayzing asosida «Coca-Cola» ishlab chiqarib, 2 ta bozorga, ya’ni Toshkent shahar va viloyatlar bozorlariga ichimlik etkazib beradi. Bu bozorlarga bir qancha mayda korxonalar tomonidan ham «Coca-Cola» ga yaqin ichimliklar etkazib beriladi, ya’ni Toshkent shahriga (4×P-30), viloyatlarga (2×P-10) million litr miqdorida. Bu yerda P-bir dona “Coka-Cola”ga yaqin ichimlik narxi. «Coca-Cola» va unga o’rinbosar tovarlarga bo’lgan talab funktsiyasi Toshkent shahrida S=200-5×P, viloyatlarda esa S=100-3×P ko’rinishga ega. Agar bir dona «Coca-Cola» ning chekli xarajati 10 birlik bo’lsa, Toshkent zavodi har bir bozorga qancha mahsulot va qanday narxda etkazib beradi? Echimi: Toshkent shahrida «Coca-Cola» ichimligiga talab funktsiyasi quyidagicha bo’ladi: S1= (200-5×P1)-(4×P1-30)=230-9×P1 (1) Bu yerda, S1-Toshkent shahardagi Coca-Colaga talab hajmi; P1-Toshkent shahridagi coca-colanarxi. (1) dan P1 ni topsak P1=-bo’ladi, bundan TR=(-)×S1; TR dan birinchi tartibli hosila olib chekli daromadni topsak MR=-teng bo’ladi. Buni chekli xarajatga tenglashtiramiz -=10 bundan S1=70 va P1=17.(7) ni topamiz. Xuddi shunday viloyatlardagi coca-colaichimligiga talab funktsiya sini aniqlaymiz: S2= (100-3×P2)- (2×P2-10)=110-5×P2 (2) Bu yerda S1-viloyatlardagi coca-colaga talab hajmi; P1-viloyatlardagi coca-colanarxi. (2) dan P2 ni topsak P2=22-bo’ladi bundan TR=(22-)×S2; TR dan birinchi tartibli hosila olib chekli daromadni topsak MR=22-bo’ladi, buni chekli xarajatga tenglashtiramiz 22-=10 bundan S2=30 va P2=16 ni topamiz. Javob: Toshkent zavodi Toshkent shahri bozoriga 70 mln litr coca-cola ni 17.(7) birlik narxda etkazib beradi. Viloyatlarga esa 30 mln litr coca-cola ni 16 birlik narxda etkazib beradi. 7. Firma faqat musbat foyda olib ishlaydi. Firma ishlab chiqarish hajmini yiliga 100 birlikdan 200 birlikka qadar oshirsa, o’rtacha xarajat miqdori oldingisiga nisbatan 50 $ ga, mahsulot narxi esa 20 $ ga kamayadi. Foyda miqdori qanday o’zgaradi? Echimi: Mahsulot miqdori 100 birlik bo’lgandagi tovar narxini P(100), o’rtacha xarajatni AC(100) va mahsulot hajmi 200 birlik bo’lgandagi mahsulot narxini P(200) va o’rtacha xarajatni AC(200) deb belgilab olsak, ular o’rtasidagi bog’lanish quyidagicha bo’ladi: P(100)= P(200)+20 va AC(100)=AC(200)+50P S=100 bo’lganda foyda π(100)=(P(100)-AC(100))×100 bo’ladi, S=200 bo’lganda esa foyda π(200)=(P(200)-AC(200))×200. P(200)-AC(200)=X deb belgilab olsak X>0 bo’ladi chunki firma faqat musbat foyda bilan ishlaydi. X=P(200)-AC(200)=P(100)-20-(AC(100)-50)=P(100)-AC(100)+30 bundan P(100)-AC(100)=X-30 ga erishamiz Endi π(100)=(X-30)×100 va π(200)=X×200 bo’ladi ikkalasini taqqoslaydigan bo’lsak, π(200)> π(100) bo’ladi chunki 200×X>100×X-3000 ya’ni 100×X>-3000, X musbat bo’lgani uchun bu tengsizlik o’rinli bo’ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling