Lorents chizig’i – biror bir ko’rsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorents (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad solig`i olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorents chizig’ining botiqligi kamayadi.
Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investitsiya qo`yish natijasida ish haqining har xil darajada bo’lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.
Inson kapitaliga investitsiya – insonning qobiliyatgni, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog’likni tiklashga sarflar).
1. Mahalliy bozordagi ish kuchiga talab funktsiyasi LD=1000 -20×W taklif funktsiyasi esa LS= -600+60×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda, W - kunlik ish haqi dollar hisobida, L – ishchilar soni.
a) agar minimal ish haqi miqdori kunlik 25 $ qilib belgilab qo’yilsa qancha ishchi kuchi ishsiz bo’lib qoladi?
b) minimal ish haqi stavkasi belgilangandan keyin ishchilarning umumiy daromadi qanchaga o’zgaradi?
Echimi:
a) Dastlab bozorning muvozanat parametrlarini topib olamiz:
LD=1000 -20×W= LS= -600+60×W
80×W=1600
W=20 $
LD=LS=-600+60×W=600 kishi minimal ish haqi 25 $ qilib belgilangandan so’ng ishchilar taklifi LS=-600+60×W=-600+1500=900 kishini ularga talab esa
LD=1000 -20×W=1000-500=500 kishini tashkil qiladi. Ushbu qaror natijasida
900-500=400 kishi ishsiz qoladi.
b) minimal ish haqi normasi o’rnatilishidan oldin umumiy kunlik ishchilarning daromadi L×W=20×600=12 000 $ ga teng edi keyin bo’lsa 25×500=12 500 $ ni tashkil qilib 12 500-12 000=500 $ ga ortdi.
Javob: a) 400 kishi ishsiz qoladi. b) 500 $ ga ortadi.
2. Musulmon mamlakatlarining birida ish boshqaruvchi kadrlarga talab funktsiyasi LD=900-4×W taklif esa LS=-300+8×W ko’rinishida berilgan. Bu yerda,
Do'stlaringiz bilan baham: |