Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
Download 0.61 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoplash
Loyiha deganda, ma’lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resurslar investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya - daromad olish uchun qo’yiladigan kapital mablag’. Investitsiyalash - bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to’ldirish jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi. Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o’sishidir. Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish. Sof investitsiya - yalpi investisiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag’ni ajratgandan keyingi qolgan qismi. Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash. CHekli qoplash normasi koeffisienti . Joriy diskontirlashtirilgan qiymat (Present Discount Value), ya’ni boshlang’ich yilga keltirilgan qiymat - bu ma’lum muddat o’tgandan keyin to’lanadigan bir so’mning bugungi qiymati (narxi). Agar muddat yilga teng bo’lsa, ga teng bo’ladi. Investitsiyani narxlashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga ko’ra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori bo’lsa, investitsiya amalga oshiriladi. Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlang’ich ishlab chiqarish yili uchun ga teng; - kutiladigan -yildagi daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng: bu yerda, - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka bo’lishi mumkin. - loyihani faoliyat ko’rsatish muddati. Investitsion loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yig’indisini investitsiya qiymatiga teng bo’lishini ta’minlovchi minimal vaqt oralig’i. Vaqt bo’yicha ustun ko’rish – joriy iste’molga sarflash bilan kelajakda iste’mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizig’i asosida tanlash. Vaqt bo’yicha ustun ko’rishni cheklash normasi – umumiy turmush darajasi o’zgarmaganda joriy iste’moldan bir birlik kechishni to’liq qoplaydigan kelajakdagi qo’shimcha iste’mol qiymati. Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste’mol qilish o’rtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat Vaqtlararo byudjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun ko’rish kartasidagi chiziqning holati. Sof iqtisodiy renta (pure economic rent) – narx bo’yicha absolyut elastik bo’lmagan taklifga ega bo’lgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad. Differentsial renta – boshqa resurslarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan resurs egasi tomonidan olinadigan renta. Ijara haqi (to’lovi) – yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga to’lanadigan pul miqdori. Er narxi – cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yig’indisining keltirilgan (boshlang’ich yilga) qiymati. R – yillik renta; i – foiz stavkasi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling