Mikroiqtisodiyot: amaliy mashg`ulot ishlanmasi I


d) to’g’ri javob yo’q. 5. Quyidagilardan qaysi biri monopoliyaga olib kelmaydi?


Download 0.61 Mb.
bet92/117
Sana23.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1795095
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot amaliy mashg`ulot ishlanmasi I

d) to’g’ri javob yo’q.
5. Quyidagilardan qaysi biri monopoliyaga olib kelmaydi?
a) Litsenziya;
b) Mualliflik huquqi;
c) Bitta resurs zaxirasi ustudan mutloq egalik qilish;
d) Tovar ishlab chiqarish va sotish bo’yicha bir qancha al’ternativ firmalarning mavjudligi;
e) to’g’ri javob yo’q.
6. Agarda bozorda firmalar soni cheksiz bo’lsa, u holda Xerfindal-Xirshman indeksi:
a) Manfiy;
b) Nolga intiladi;
c) Birga teng;
d) CHeksizlikka intiladi;
e) to’g’ri javob yo’q.
XII BOB. RAQOBATLASHGAN MONOPOL BOZOR VA UNING SAMARADORLIGI
Asosisiy tushunchalar
Monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differentsiyallashgan, ya’ni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni xar bir firma o’ziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi, obro’yi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differentsiyallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Xar bir firma o’zining tovar markasini ishlab chiqarish bo’yicha monopol hisoblanadi va u bozorda ma’lum darajada monopol xokimiyatga ega bo’ladi.
Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning ko’pligi ularni o’zaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni bo’yniga olgan holda o’zi harakat qiladi va o’zining narx siyosatini belgilashda boshqa firmalarning harakatini e’tiborga olmay
Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: Birinchidan, firmalar differentsiyallashgan, ikkinchidan, bozorga yangi firmalarni o’z markasi bilan kirishi va undan faoliyat ko’rsatayotgan firmalarni chiqishi cheklanmagan, uchinchidan, bozorda nisbatan Raqobatlashgan (a) va monopol raqobatlashgan (b) bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari.
katta miqdordagi firmalar faoliyat ko’rsatadi va ularning xar biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga bo’lgan bozor talabining ma’lum darajadagi ulushini qanoatlantiradi, to’rtinchidan, firmalar o’z mahsulotlariga narx belgilashda va sotish xajmini aniqlashda raqiblarining aks xarakatlarini e’tiborga olmaydilar.
Monopol raqobatlashgan bozorning samarali yoki samarasiz ekanligini tahlil qilish uchun raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlarini taqqoslaymiz. Raqobatlashgan va monopol raqobatlashgan bozorlarning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatlari rasmda keltirilgan.
Raqobatlashgan bozorda bo’lsa, monopol raqobatlashgan bozordagi narx chekli xarajatdan yuqori , demak, iste’molchi qo’shimcha bir birlik mahsulot uchun to’laydigan narx, bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatidan yuqori.
Raqobatlashgan bozorda muvozanat holat nuqtada (a -rasm) erishilsa, monopol raqobatlashgan bozorda nuqtada (b -rasm) erishiladi. Raqobatlashgan bozorda talab chizig’i gorizontal bo’lib, firmaning foydasini nolga teng bo’lish nuqtasi o’rtacha xarajatning minimal qiymatiga to’g’ri keladi.
Oligopoliya - bu shunday bozor turiki, undagi tovar taklifining hammasi, yoki deyarli hammasi bir necha ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan bo’lib olingan va bu bozorga yangi firmalarning kirishi katta to’siq orqali cheklangan bo’ladi.
Oligopolik bozorda firma tomonidan qabul qilingan har qanday iqtisodiy siyosat - narxlarni o’zgartirish, ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish, reklamani kuchaytirish - raqobotlashuvchi firmalarning ushbu siyosatga bo’lgan munosabatini bilishni va uni prognoz qilishni talab qiladi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling